Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari



Yüklə 40,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü40,11 Kb.
#119702
  1   2   3
Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari



Ma’ruza №1
Mavzu: Kirish. Umumiy qonun-qoidalar, “Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash
qurilmalari va jarayonlari” fanining mazmuni va maqsadi.
REJA:
1.1.Mashina va apparatlar haqida umumiy tushunchalar
1.2.Uskunalarning asosiy sinflari va ularning tarkibi
1.3.Ishlab chiqarish uskunalariga qо‘yiladigan asosiy talabalar
Neft va gazni qayta ishlash zavodlarida neft va gaz xom-ashyosidan turli xildagi
mahsulotlar, ya’ni benzin, gaz, kerosin dizel yokilg‘isi, moylar, parafin, bitum, mazut,
naften kislotalar, sulfokislotalar, deemulgatorlar, koks va hokazolar qayta ishlab
olinadi. Buning asosida esa turli fizik va kimyoviy jarayonlar yotadi. Bunday
jarayonlarga misol qilib gazlar, suyuqlik va qattiq jismlarning transportirovkasi,
mahsulotlarni isitish, sovitish, aralashtirish, quritish, bir jinsli bo‘lmagan suyuq-gaz
aralashmasini ajratish, qattiq moddalar ustida olib boriladigan turli mexanik va fizik-
kimyoviy jarayonlarni aytishimiz mumkin. Keyingi yillarda neftni qayta ishlash
sanoatida kimyoviy jarayonlardan neft xom-ashyosini qayta ishlashning asosi sifatida
keng qo‘llanilmokda. Umumiy holda neftni qayta ishlash va kimyo sanoatida borish
qonuniyatlariga ko‘ra 5 turdagi jarayonlardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:
1. Gidromexanik jarayonlar (gaz va suyuqliklarni aralashtirish, ularni siqish,
uzatish, turli jinsli sistemalarni ajratish);
2. Issiqlik almashinish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘latish,
kondensatsiyalash);
3. Modda almashinish jarayonlari (suyuqliklarni haydash, rektifikatsiya,
absorbsiya, adsorbsiya, ekstraksiya, kristallizatsiya va quritish);
4. Mexanik jarayonlar (qattiq jismlarni maydalash, tashish, ezish, elash,
aralashtirish);
5. Kimyoviy jarayonlar (kimyoviy reaksiyalar).
Gidromexanik jarayonlarni amalga oshirish uchun quyidagi apparat va
mashinalar ishlatiladi: nasoslar, kompressorlar, filtrlar, tindirgichlar, aralashtirgichlar,
sentrifugalar va boshqa apparatlar.
Issiqlik almashinish jarayonlari uchun: quvurli pechlar, barcha issiqlik
almashinish apparatlari.
Modda almashinish jarayonlari uchun: kolonnali apparatlar – rektifikatsiyalovchi
kolonnalar, absorberlar, adsorberlar, desorberlar, ekstraktorlar, kristalizatorlar,
quritgichlar va xokazolar.
Mexanik jarayonlar uchun: maydalash tegirmonlari, presslar, elaklar,
aralashtirgichlar va boshqalar.
Kimyoviy jarayonlar turli reaksion apparatlar, ya’ni reaktorlarda olib boriladi.
Barcha apparatlar jarayonni tashkil qilish usuliga ko‘ra davriy ishlovchi va uzluksiz
ishlovchi apparatlarga bo‘linadi. Davriy ishlaydigan apparatlarda ma’lum ajratilgan
vaqt mobaynida muayyan miqdordagi xom-ashyo va materiallarga ishlov beriladi.
Jarayon amalga oshirilgach, apparat ishdan to‘xtatilib, hosil bo‘lgan mahsulotlar
chiqariladi. Apparatga xom-ashyoning navbatdagi miqdori kiritiladi. Davriy
ishlaydigan apparatlar mana shu siklda ishlaydi.


Uzluksiz ishlaydigan apparatlarga doimiy ravishda xom-ashyo kirib, hosil
bo‘lgan mahsulotlar chiqarilib turiladi. Bu turdagi apparatlarda jarayon uzluksiz
ravishda amalga oshiriladi. 
Mazkur fanda neft va gazni qayta ishlash korxonalari asosiy uskunalarining
tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni hisoblash va loyihalashning usullari o‘rganiladi.

Yüklə 40,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin