JURI HAQIDA / LOYIHANI TEKSHIRISH Dizayn studiyalari - bu o'qituvchilar va talabalar o'rtasida bilim va g'oyalar almashinadigan joy. Dizayn muhokamalari dizayn studiyalarida talabalar ishini baholashning asosiy tarkibiy qismidir. Talabalar loyihalari - talabalar va o'qituvchilar ochiq muhokama qiladigan umumiy platformadir.
Barcha professor-o'qituvchilar va mehmon taqrizchilar talabalar ishini ko'rib chiqishda konstruktiv tanqid qilishlari tavsiya etiladi. Maqsad - talabalarga o'z ishlarini yaxshilashga yordam beradigan mazmunli fikr-mulohazalar berishdan iborat. Studiyaning barcha ishtirokchilari birgalikda fikr- mulohazalar va tajriba almashish uchun taklif etiladi.
Loyiha muhokamalari talabalarga vizual taqdimot ko'nikmalarini, shuningdek, og'zaki taqdimot ko'nikmalarini namoyish etish va yaxshilash imkoniyatini beradi. Ushbu muhokamalar talabalarning o'quv jarayonining davomi hisoblanadi. Ular talabalarga turli, ko'pincha kutilmagan nuqtai nazarlarni bilish va ularni baholash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Loyiha muhokamalari odatda ko'rish maydonida yoki devor yuzasida amalga oshiriladi. Muhokamada tashqi tanqidchilar ham ishtirok etishi mumkin. Maqsad - muayyan loyiha bilan bog'liq har qanday muammolarni muhokama qilish.
Professor-o'qituvchilar jamoatchilik uchun ochiq bo'lgan rasmiy muhokamalarni o'tkazishlari shart. Ushbu rasmiy Loyiha muhokamalarda akademik fakultet a'zolari, shuningdek, kollej, institut, kasb va jamiyatning boshqa a'zolari ishtirok etadilar. Talabalar o'qituvchilari tomonidan tashkil etilgan barcha loyiha ko'rib chiqishlarida qatnashishlari, taqdim etishlari va ishtirok etishlari shart.
Loyihaning muhokama qilish umumiy ko'rinishini sxemasi
Jarayon Dizaynni ko'rib chiqish o‘qituvchilardan biri tomonidan loyiha mavzusi va loyiha joyining taqdimoti bilan boshlanadi. Mehmon taqrizchilarning savollaridan so'ng talabalar birin-ketin taqdimotlarini boshlaydilar. Talaba qisqacha ma'lumot va g'oyalarni ko'rgazmali material va kurs dasturida o'tilgan mavzular bo'yicha maket yordamida taqdim etadi. Talabaning taqdimotidan so‘ng har bir hakamlar hay’ati a’zosi o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi va talabaga savollar beradi. Har bir talaba ishi uchun maksimal vaqt 15 daqiqa.