Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari


Uskunalarning asosiy sinflari va ularning tarkibi



Yüklə 40,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü40,11 Kb.
#119702
1   2   3
Neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash qurilmalari va jarayonlari

1.2.Uskunalarning asosiy sinflari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish sanoatida jihozlarni 5 ta asosiy sinflarga ajratish mumkin. 
1. Mashina dvigatellari va energiya hosil qiluvchi mashinalar va qurilmalar;
2. Ko‘tarish va tashish mashinalari va uskunalari;
3. Texnologik jihozlar;
4. Analitik hisoblash mashinalari va EHM;
5. Boshqaruvchi mashinalar.
Texnologik jihozlar mahsulotga ta’sir qilish xarakteriga ko‘ra shartli ravishda
apparat va mashinalarga bo‘linadi.
Apparatlarda asosan issiqlik almashinuv, fizik-kimeviy jarayonlar olib boriladi.
Apparatni xarakterlovchi asosiy qismlaridan biri ishlov yoki jarayon olib boruvchi si-
g‘im hisoblanadi. Unda mahsulotning kimyoviy yoki fizikaviy xossalari o‘zgaradi.
Mashinalarda mahsulotga mexanikaviy ta’sir ko‘rsatib ularning shakl ko‘rinishi,
o‘lchamlari va ba’zi bir fizikaviy parametrlari o‘zgartiriladi. Mashinalarda
mahsulotga ishlov beruvchi qismi ta’sir ko‘rsatuvchi hisoblanadi.
Texnologik jihozlarning qismlari:
1. Elektrodvigatel;
2. Ishlov beruvchi qurilma;
3. Bajaruvchi mexanizm-ishlov beruvchi qurilmani berilgan qonun bilan
harakatga keltiruvchi qismi;
4. Transmission uzatmalar;
5. Jarayonni boshqarish (nazorat va rostlash) qurilmalari.
1.3.Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan asosiy talabalar
Ishlab chiqarish jihozlari va apparatlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:


a) Ishlab chiqarish jihozlari va apparatlari yuqori texnikaviy iqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Masalan: og‘irligi, gabarit o‘lchamlari, jihoz
egallaydigan yuza sirti, elektr energiya, suv va bug‘ sarfi, ishlatish va ta’mirlash bilan
bog‘liq xarajatlar, jihozning bahosi va boshqa ko‘rsatkichlar ratsional bo‘lishi lozim;
b) Jihozlar progressiv texnologiya talablarini qondirishi kerak. Bu jihozlarda
xom-ashyoning isrof miqdori juda kam bo‘lishiga intilish kerak;
v) Mashinalarning konstruksiyalari mexanikaviy tomondan ishonchli bo‘lishi
kerak, mustahkam, barqaror va uzoq muddat ishlaydigan bo‘lishi lozim;
g) Ishlov beruvchi qismlarining qaysi materialdan tayyorlanishi muhim
ahamiyatga ega. Tanlangan material ishlov berayotgan mahsulot va muhit ta’siri
ostida chidamli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ishchi qismlar tayyorlangan
materialning yemirilish darajasi juda kichik bo‘lishi kerak, hamda mahsulotning
sifatiga ta’sir qilmasligi lozim;
d) Jihozlar konstruksiyasi optimal texnologik jarayon talablarini hisobga olib
tayyorlanishi kerak. Buning uchun yangi mashina va jihozlarni yaratishda asosan
ikkita muhim masala hisobga olinishi lozim: yuqori ish unumdorligini va uzoq
muddat ishlashini ta’minlash; tayyorlash, ta’mirlash va ishlatishda maksimal
iqtisodiy tejamkorlikka erishish;
ye) Ishlab chiqarishda ba’zi bir jarayonlarni jadallashtirish jihozlarning ishlov
beruvchi qismlarning katta tezlikda harakatlanishini talab qiladi. Shuning uchun,
aylanma harakatda bo‘ladigan qismlar statik va dinamik tomondan mukammal
bo‘lishi kerak. Tez aylanuvchi qism va detallar mukammal bo‘lmasa, tayanchlar va
inshootlarda tebranish hosil bo‘ladi, podshipniklarda yeyilish tezlashadi, energiya
harajatlari oshadi, ish unumdorligi pasayadi, ta’mirlash ishlari ko‘payadi;
z) Jihoz konstruksiyasi quyidagi talablarga javob berishi lozim: kinematik
uzatish zanjirlari kam bo‘lishi; avtomatlashtirish qulayligi; texnika xavfsizligi va
atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish; yuqori ishlab chiqarish
suratiga ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil ishlash uchun savollar
1. Mashina va apparatning farqi nimadan iborat?
2. Mashinalar sinflarini tushuntirib bering.
3. Jihozlarga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
4. Texnologik jarayon deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
5. Texnologik operatsiya deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

Document Outline


Yüklə 40,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin