225 barcha obyektlar teng huquqli va ulardan hech biri ko‗p vaqtga boshqa obyektlarga
paket uzatishni to‗xtatib qo‗ymaydi (xuddi tartib o‗rnatilgani kabi).
Tushunarliki barcha shu kabi usullar tarmoq orqali uncha ko‗p bo‗lmagan
axborot almashinuvi bo‗lgan holda yaxshi ishlaydi. Ishlatsa bo‗ladigan darajadagi
sifatli aloqa vaqti faqat 30 – 40 % dan ortiq bo‗lgan yuklama bo‗lsagina
ta‘minlanadi deb hisoblanadi (ya‘ni tarmoq barcha vaqtning 30 – 40% dan ko‗p
band bo‗lganda). Katta yuklama bo‗lganda qayta to‗qnashuvlar tez ro‗y berib
turish natijasida kollaps holati (tarmoq faloqati) yuz beradi, ya‘ni ish unumdorligi
keskin kamayib ketish holati keladi. Barcha shu kabi usullarni yana bir kamchiligi
quyidagilardan iboratki, tarmoqqa qancha vaqtdan so‗ng ega bo‗lishga kafolat
berilmaydi, bu vaqt paketlarni tarmoqqa umumiy yuklanganligidan iborat bo‗ladi.
Har qanday axborot almashinuvini boshqarishni tasodifiy usulida quyidagi
savol tug‗iladi, paketni minimal uzunligi qancha bo‗lishi kerakki kolliziya holati
yuzaga kelganligidan hamma axborot uzatishni boshlagan abonentlar xabardor
bo‗lsin. Signal har qanday jismoniy muhitdan shu onda tarqalmaydi, tarmoq katta
o‗lchamli bo‗lganida (va yana katta diametrli tarmoq ham deb ataladi)
tarqalishning ushlanishi o‗nlab va yuzlab mikrosekundlarni tashkil qilishi mumkin
va bir vaqtning o‗zida ro‗y berayotgan voqealar haqidagi axborotni turli abonentlar
bir vaqtda olmaydilar. Bu savolga javob berish uchun 11.4 – rasmga murojaat
qilamiz. L – tarmoqning to‗liq uzunligi, V – tarmoqda ishlatilgan kabel turida
signalning tarqalish tezligi bo‗lsin. Faraz qilaylik, 1 – abonent o‗z axborotini
uzatishni tugalladi, lekin 2 va 3 abonentlar 1 – abonent axborot uzatayotgan vaqtda
axborot uzatishni xohlab qolsin. Tarmoq bo‗shagandan so‗ng 3 – abonent bu
voqeadan xabar topadi va axborot uzatishni signal tarmoqni butun uzunligiga
yetadigan vaqtdan so‗ng uzatishni boshlaydi, ya‘ni L/V vaqtdan so‗ng, 2 – abonent
tarmoq bo‗shashi bilan axborot uzatishni boshlaydi. 3 – abonent paketi 2 –
abonentga 3 – abonent uzatishni boshlagandan keyingi oralig‗ida yetib keladi. Bu