236 -
so‗raladigan resurslarga so‗rovni qoniqtirish;
-
ajratiladigan resursdan foydalanishni nazorat qilish:
- resurslarni ishlatishda jarayonlar orasidagi vaziyatlarni hal etish.
Operatsion tizim, turli algoritmlarning kelish tartibi, ustunliklarni o‗rnatish
asosi, doirali xizmat ko‗rsatish bo‗yicha resurslarga xizmat ko‗rsatishni
tashkillashtiradi. Bunda resurslarni boshqarishning ko‗plab vazifalari operatsion
tizim tomonidan avtomatik ravishda bajariladi, foydalanuvchi bu harakatlar haqida
xabardor ham bo‗lmaydi.
3.3.2.Tarmoq operatsion tizimlari Yuqorida keltirilganidek, tarmoqning kompyuterli qismi ishchi stansiyalar,
serverlar, shaxsiy kompyuterlarni o‗z ichiga oladi. Tarmoqning kommunikatsion
qismiga kompyuterlar orasida ma‘lumotlarning uzatilishini ta‘minlaydigan kabellar,
passiv va aktiv tarmoq qurilmalari kiradi. Dasturiy ta‘minotning asosini tarmoq
operatsion tizimi tashkil etadi. U foydalanuvchiga o‗z kompyuteri bilan avtomat ish
tartibida hamda tarmoqning boshqa kompyuterlari axborot va apparat resurslariga
ruxsat etilgan ish tartibida ishlash imkoniyatini beradi.
Ham avtomat ishlov berish ish tartibida, ham tarmoq orqali o‗zaro ishlash ish
tartibida
foydalanuvchi
kompyuter
tarmog‗ining
OSI
modelining
pastki
pog‗onalariga ma‘lumotlarni uzatish va o‗zgartirishni ta‘minlaydigan tizim apparat-
dasturiy usullarini bilmaydi. Bu ishni tarmoq operatsion tizimi o‗z zimmasiga
oladi. U barcha protokollar xossalarini, tarmoq manzillar kodlarini, kompyuterlar
orasida tarmoq orqali almashish ish tartiblarini, drayverlar va portlarning shakllanish
tartiblarini bilish zaruriyatidan ozod qiladi. Tarmoq operatsion tizimlarining asosiy
vazifasi foydalanuvchiga tarmoq resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini,
o‗z kompyuterida ishlash bilan bu umumiy resurslarga erkin murojaat qilishni
ta‘minlash hisoblanadi. Foydalanuvchiga resurs manbai, belgili manzilini bilish, bu