233 Bozorning katta qismini Nowell kompaniyasining Netware operatsion tizimi
egalladi. Bu operatsion tizim o‗rnatilgan tarmoq o‗z vazifalariga ega bo‗ldi,
mahalliy tarmoqlarning yuqori unumdorligi va himoyasini ta‘minladi. Bu
imkoniyatlarni Netware operatsion tizimi o‗rnatilgan tarmoq serverlari yordamida
amalga oshirildi.
Faqat shaxsiy kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilgan MS DOS, OS/2
Netware operatsion tizimlari qo‗llanilgan emas, lekin mavjud bo‗lgan Unix
platformasidagi operatsion tizimlar ham modernizatsiyalashtirildi. Bu davrda
Ethernet, Token Ring, FDDI mahalliy tarmoqlari uchun kommunikatsion
texnologiyalarga standartlar qabul qilindi. Bu OSI modelining pastki
pog‗onalaridagi operatsion tizimlarni moslashtirilishini tarmoq adapterlar
interfeyslari bilan standartlashtirishga imkon berdi.
90-yillarda barcha tarmoq vazifalari operatsion tizim yadrosiga o‗rnatildi va
ularning ajralmas qismi bo‗lib qoldi. Operatsion tizimlari barcha lokal (Ethernet,
Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, Token Ring, FDI ATM) va global (X.25, Frame
Relay, ISDN, ATM) tarmoqlar, shuningdek, tarkibiy tarmoqlar texnologiyalari
bilan ishlash imkoniyatini berdi. Bu davrning oxirida Internet bilan ishlashni
quvvatlashga katta e‗tibor qaratildi, TCP/IP protokollar steki ommalashdi. Bu stek
Unix oilasidagi operatsion tizimlardan tashqari boshqa tizimlarni ham
quvvatlaydigan bo‗ldi. TCP/IP dan tashqari, Telnet, FTP, e-mail servislar ishlatadigan
utilitlar paydo bo‗ldi. Kompyuter va tarmoq resurslariga ruxsat etish qurilmasidan
tashqari kommunikatsiya vositasi ham bo‗lib qoldi.
Operatsion tizimning muhim vazifalaridan biri axborot xavfsizligini
ta‘minlashdan iborat. Ayniqsa, bu muammo o‗z ma‘lumotlar bazasiga ega quvvatli
serverlar asosidagi korporativ tizimlarning paydo bo‗lishi bilan dolzarb bo‗ldi.
Axborot resurslarni va sirli axborotlarni himoyalash zarurati operatsion
tizimlarning takomillashishi va rivojlashishiga yangi turtki berdi. Korporativ
operatsion tizimlar katta ishlab chiqarish va moliya tuzilmalarida ishlashi kerak