235 mavjudligi bilan ta‘minlanadi. Bu qulaylik operatsion tizim tomonidan
ta‘minlanadi.
Disk bilan ishlashda dasturchiga har bir nomga ega bo‗lgan fayllar to‗plami
ko‗rinishida dasturni taqdim etish yetarli bo‗ldi. Foydalanuvchiga faylni ochishni
bilish, ishlov berish operatsiyasini, o‗qishni yoki yozishni bajarish yetarli bo‗ladi,
barcha qolgan ishlar: disklardan bo‗sh joylarni qidirish, bloklarni manzillashtirish,
disklar yo‗laklaridagi sektorlarni nomerlash, joylashtirish va o‗qish tartibini
operatsion tizimning o‗zi bajaradi. Operatsion tizim kompyuterning apparat
qurilmalari-printerlar, skanerlar, barcha turdagi OXQ, DXQ XQ ichki xotiralari,
kesh-xotira bilan ishlashni o‗z zimmasiga oladi. Ma‘lumotlarni kiritish va
chiqarish, joylashtirish, saqlash va o‗z vaqtida ma‘lumotlarni o‗qish ham
operatsion tizimning vazifasi hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuterlarda operatsion tizim multidasturli ish tartib, virtual
xotira bilan ishlash, real vaqt tartibida ishlash, konveyrli va superskalyar ishlov
berish kabi murakkab ishlov berish amallarini bajaradi.
Operatsion tizimning yuqorida ko‗rsatilgan barcha vazifalarini ham
foydalanuvchi, ham kompyuterning qurilmalari maksimal imkoniyatlaridan
foydalanish uchun qulay interfeys sifatida ta‘minlanadigan dasturlar to‗plami
yordamida ishlatiladi.
Operatsion tizimning boshqa muhim vazifalari kompyuter o‗zining
resurslarini boshqarishi hisoblanadi. Bu resurslar xotira, to‗plagichlar, kiritish-
chiqarish qurilmalari ishlatilishi jarayonida hisoblash jarayonlari orasida
taqsimlanishi kerak. Jarayon-bu ma‘lumotlarga ishlov berish dasturini ishga
tushirish yordamida bajarilishidir. Boshqacha aytganda, bu foydalanuvchi
tomonidan yozilgan dasturni dinamik ishlatish jarayoni hisoblanadi. Resurslarni
boshqarish quyidagi umumiy masalalarni yechishni o‗z ichiga oladi:
-
kerakli vaqt momentida, kerakli hajmda, kerakli jarayonda yechiladigan
resurslar (jarayonlar) masalalari uchun ajratiladigan resurslarni rejalashtirish;