Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
231
Tarmoqqa ega bo‗lishni marker usuli nafaqat halqada (masalan, IBM 
tarmog‗i Token Ring yoki FDDI), va shuningdek, shinada (masalan, Arcnet –BUS 
tarmog‗ida) hamda passiv yulduzda (masalan, Arcnet –STAR tarmog‗i) ishlatiladi. 
Bu hollarda jismoniy halqa emas, mantiqiy halqa hosil qilinadi, ya‘ni hamma 
abonentlar ketma-ket markerni bir-biriga uzatadilar va bu markerni uzatish zanjiri 
halqaga olingan. Bu holda «shina» topologiyasining jismoniy afzalligi bilan 
boshqarishning marker usulining afzalliklari birgalikda foydalaniladi.
 


 
232
3.3§ Tarmoqning dasturiy ta‘minoti 
 
3.3.1. Operatsion tizimlarning vazifasi 
Kompyuterlarning 
operatsion 
tizimlari 
kompyuterlarning 
apparat 
vositalarining rivojlanishi bilan rivojlanadi va takomillashadi. Xotira hajmlarining, 
so‗z uzunligining ortishi, arxitekturaning takomillashishi bilan birga 
kompyuterlarning imkoniyatlari kengaydi, bu yangi, takomillashgan ishlov berish 
ish tartiblarining paydo bo‗lishiga, foydalanuvchi va kompyuter orasida 
interfeysning rivojlanishiga, ma‘lumotlarni ishlov berish samaradorligining 
oshishiga sabab bo‗ldi. 
Operatsion tizimlarning rivojlanishida muhim bosqich bo‗lib, Unix 
operatsion tizimini yaratilishi bo‗ldi. Uning
 
uchun dasturiy kod yuqori darajadagi S 
tilda yoziladi. Bu operatsion tizimni turli turdagi kompyuterlarga oson o‗tkazish 
imkoniyatini berdi va yaxshi funksional imkoniyatlariga ega bo‗lgan ixcham tizim 
shakliga keldi. Barcha keyingi Sun OS, HP-Ux, AIX, QNX va boshqa ko‗plab 
operatsion tizimlar uning versiyalari bo‗ldi. Firma-ishlab chiqaruvchilar Unix 
xossalarini o‗z apparatlari uchun moslashtirdilar. 
Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‗lishi va mahalliy tarmoqlarning 
yaratilishi bilan operatsion tizim tomonidan tarmoq vazifalarini qo‗llab-quvvatlash 
zarurati tug‗ildi. 80-yillarda ishlagan ko‗plab mashinalarda MS DOC operatsion 
tizimi faqat fayllarni boshqarish va navbatma-navbat dasturlarni ishga tushirishga 
qodir bo‗lgan. Keyingi operatsion tizimlarda foydalanuvchiga qulay bo‗lgan grafik 
interfeys, ishlov berishning ko‗p foydalanuvchili ish tartibi, sichqoncha yordamida 
ishlov berishni boshqarish imkoniyatlari paydo bo‗ldi. Operatsion tizimlarning 
muhim natijasi shaxsiy kompyuterlar asosida mahalliy tarmoqlarni qurish uchun 
yaxshi platforma bo‗lgan OS/2 ning paydo bo‗lishi bo‗ldi. Mahalliy tarmoqlarning 
paydo bo‗lishi bilan ajratiladigan resurslar tushunchasi paydo bo‗ldi, operatsion 
tizim tashqi dasturlarni -tarmoq qobiqlari bilan to‗ldirdi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin