247
kommunikatsion vositalarning qismi hisoblanadi. Bu kommunikatsion vositalar
kompyuterlardan tashqari, marshrutizatorlar va kommunikatorlar kabi oraliq
bog‗lamalarni o‗z ichiga oladi. Tarmoqning marshrutizatorlari va kommutatorlari
o‗z dasturiy ta‘minoti boshqaruvi asosida ishlaydi.
Kompyuterlar operatsion tizimlar va oraliq bog‗lamalarning tarmoq vositalari
tarmoqda foydalanuvchilar va amaliy masalalarning axborot aloqalarini
ta‘minlaydigan yagona dasturiy kommunikatsion tizimni tashkil etadi.
Zamonaviy kompyuter tarmoqlari kompyuter trafigining samarali uzatilishini
ta‘minlaydigan paketlar kommutatsiya texnologiyasi asosida ishlaydi. Paketlar
kommutatsiya texnologiyasi, paketlarning tuzilmasi va buferlashtirish, paketlarni
harakatlantirish usullari, nazorat yig‗indisining vazifasi oldingi bo‗limlarda ko‗rib
chiqilgan. Bundan tashqari, tarmoq bog‗lamalarining o‗zaro ishlash modeli bo‗lgan
OSI modeli ko‗rib chiqilgan. Bu modelga muvofiq tarmoq resurslariga ruxsat
etishni ta‘minlaydigan tarmoq xizmatlari, operatsion tizimlarning dasturiy
komponentlari bilan ishlatilishi modelning yuqori pog‗onasiga mos kelishi kerak.
Xabarlarni shakllantirish, manzillarni o‗zgartirish va yo‗nalishni aniqlash
vazifalarini bajaradigan tarmoq operatsion tizimlarning transport vositalari OSI
modelining pastki pog‗onalariga joylashadi.
Pastki to‗rtta pog‗onalar protokollari (kanalli, jismoniy, tarmoq, transport)
transport kichik tizimi deyiladi, chunki ular ixtiyoriy topologiyali va turli
texnologiyalar tarkibli tarmoqlarida xabarlarni uzatish masalasini to‗liq yechadi.
Qolgan uchta yuqori pog‗onalar (amaliy, taqdimot, seans) transport kichik tizimidan
foydalanib amaliy servislarni taqdim etish masalasini yechadi.
Tarmoqning ikki kompyuterlari o‗zaro ishlashgandagi holati uchun
Dostları ilə paylaş: