4.1§ Mahalliy tarmoqlar
4.1.1. Mahalliy tarmoq xususiyatlari.
Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‗lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil
tarmoq texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar
bir nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‗llab-quvvatlashlariga va
yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima
sabab bo‗ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini ko‗p ishlab chiqarilishi va
ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta‘minladi.
Dasturiy ta‘minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan
qurilma va vositalarga mo‗ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning
uchun standart tarmoqni tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni bir-biri
bilan mos tushishiga to‗liq kafolat va ishonchga ega bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi
kuchaymoqda. Sabablardan biri shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot
uzatish tezligini 100 va hatto 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun eng yangi
texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‗p mablag‗ talab qiladigan ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni faqat katta firmalar
amalga oshira oladilar va ular o‗zi ishlab chiqaradigan standart tarmoqlarni
qo‗llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‗pchilik foydalanuvchilarda qaysidir
tarmoqlar o‗rnatilgan va bu qurilmalarni birdaniga, batamom boshqa tarmoq
258
qurilmalariga almashtirishni xohlamaydilar. Shuning uchun yaqin kelajakda butkul
yangi standartlar qabul qilinishi kutilmaydi albatta.
Bozorda standart mahalliy tarmoqlarning turli topologiyali, turli
ko‗rsatkichlari juda ko‗p, foydalanuvchiga tanlash imkoniyati keng miqyosda
mavjud. Lekin u yoki bu tarmoqni tanlash muammosi baribir qolgan. Dasturiy
vositalarni o‗zgartirishga qaraganda (ularni almashtirish juda oson) tanlangan
qurilmalar ko‗p yil xizmat qilishi kerak, chunki ularni almashtirish nafaqat ko‗p
mablag‗ ta‘lab qilishdan tashqari, kabellar yotqizilish va kompyuterlarni
o‗zgartirish, natijada butun tarmoq tizimini o‗zgartirishga to‗g‗ri kelishi mumkin.
Shuning uchun tarmoq qurilmasini tanlashda yo‗l qo‘yilgan xatolik, dasturiy
ta‘minotni tanlashda yo‗l qo‗yilgan xatolikka nisbatan ancha qimmatga tushadi.
1985-yili IBM firmasi tomonidan Token–Ring tarmog‗i taklif qilindi
(birinchi variantlari 1980-yillarda savdoga chiqarilgan). Token–Ring tarmog‗ining
vazifasi IBM firmasi ishlab chiqarayotgan hamma turdagi kompyuterlarni (oddiy
shaxsiy kompyuterlardan to katta EXM gacha) birlashtirish edi. Kompyuter
texnikasini Dunyo miqyosida eng ko‗p ishlab chiqaruvchi va eng obro‗li IBM
firmasi tomonidan taklif qilingan Token–Ring tarmog‗iga etibor qilmaslikning sira
ham iloji yo‗q albatta. Muhimi shundaki, hozirgi vaqtda Token–Ring xalqaro
standart IEEE 802.5 sifatida mavjud. Bu holat Token–Ring tarmog‗ini Ethernet
tarmoq mavqei bilan bir o‗ringa qo‗yadi, albatta.
IBM firmasi o‗z tarmog‗ini keng tarqalishi uchun hamma tadbir va
choralarni amalga oshirdi: tarmoq xujjatlari batafsil tayyorlab tarqatildi, hatto
adapterlarni prinsipial sxemasigacha bu xujjat tarkibiga kiritildi. Natijada ko‗p
firmalar, masalan 3 SOM, Novell, Western Digital, Proteon kabi formalar
adapterlarni ishlab chiqarishga kirishdilar. Aytgancha, maxsus shu tarmoq uchun
va shuningdek, IBM PC Network boshqa tarmoqlari uchun Net BIOS konsepsiyasi
ishlab chiqilgan. Avval ishlab chiqilgan PC Network tarmog‗ida Net BIOS
dasturida adapterda joylashgan doimiy xotirada saqlangan bo‗lsa, Token – Ring
|