4.1.2. Ajratiladigan muhitda mahalliy tarmoq
Biz yuqorida kompyuter texnologiyasining ko'p jabhalarini o'rgandik.
Go'yo bizga boshqa imkoniyatlar kerak emasdek. Haqiqatdan ham dastlab cho'tda
yoki arifmometrda hisoblaganimizda, mashinkada materiallarni chop etganimizda,
ulardan ko'nglimiz to'q edi. Keyin DOS Norton Commander bilan kompyuterlar
hayotimizga kirib keldi. Ammo biz shu darajada to'xtab qolmadik-biz Windowsni
yaratdik. Alohida (individual) kompyuterning o'zi endi bizga kamlik qilib qoldi.
Biz tarmoqli informatsion tizim yaratish yo'lidamiz. Bu kabi tizimni uchta asosiy
elementlar:
-texnik vositalar;
-tarmoq operatsion sistemasi;
-amaliy dasturlar majmui tashkil yetadi.
Texnik vositalar majmuini serverlar, mijozning ishchi stansiyalari,
kommutasion aloqa vositalari tashkil etadi. Tarmoq operasion sistemasi
tarmoqdagi axborotlar majmuidan barcha ishchi stansiyalari - mijoz kompyuterlari
tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Amaliy dasturlar, avvalgi
mavzularimizda tanishganimizdek, foydalanuvchining masalasini yechish uchun
xizmat qiladi.
Xo'sh, bu o'rinda qanday muammo bor?
261
Mavjud axborot sistemalari turg'un ishlamayapti. Gap shundaki,
foydalanuvchi kompyuteridagi dastur avtonom bo'lib, unga ma'lumotlar serverdan
to'liq informatsion fayl sifatida o'qib olinadi. Ammo foydalanuvchi dasturi uchun
shu ma'lumotlarning bir qismigina kerak xolos. Undan tashqari, turli dasturlar
serverdan ma'lumotlarni faqat o'zi o'zgartira olishi ko'rinishida o'rnatilgan bo'lib,
mazkur dasturlar o'zlaridagi ko'rsatma, buyruqlar asosida ma'lumotlarni o'zlariga
kerakli ko'rinishga o'zgartiradilar. Demak, bir axborot bir necha foydalanuvchilar
tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Bu esa axborotlarning obyektiv bo'lishini
ta'minlamaydi. Umuman olganda, bu juda dolzarb masala. Lokal tarmoqni eng
zamonaviy texnika va texnologiya asosida yaratish, unda eng tajribali
dasturchilarni ishlatish mumkin. Lekin yuqoridagidek holat bo'lsa, informatsion
tizimning ishonchliligi susayib, butun sistemaning ishdan chiqishi hali vujudga
kelishi mumkin. Mazkur holdan chiqishning uslubi yaqinda yaratilgan bo'lib, u
"mijoz - server" deb nomlanadi. Uning asosiy g'oyasi shundan iboratki, serverning
va mijoz kompyuteridagi dasturning ma'suliyati ajratildi, endi mijoz
kompyuteridagi amaliy dastur serverdagi dasturdan farqli o'laroq axborot va
ma'lumotlar tizimini o'zgartira olmaydi. U server tomonidan berilgan natijaviy
axborotni kerakli ko'rinishga o'tkazish uchungina xizmat qiladi. "Mijoz - server"
texnologiyasi ma'lum talablarga javob beruvchi dasturlar majmuini yaratishni
taqazo etadi. Bu talablar quyidagilardan iborat:
-ishonchlilik, ma'lumotlarning to'liqligi va xavfsizligi;
-dasturlar va ma'lumotlar omborini o'zgartirmasdan texnik vositalari
almashtirish imkoniyati;
-o'rnatish va foydalanishning soddaligi;
-turli amaliy dasturlarni qo'llashning soddaligi;
-ma'lumotlar omboriga murojaat qilish va undagi axborotlardan
foydalanishda qulaylik;
|