MAVZU: ANTROPOGENEZ. IRQLAR VA ULARNING BIRLIGI.
Reja:
1. Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar.
2. Odam bilan odamsimon maymunlarning o‘xshashligi va farqi.
3. Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar.
4. Odamning dastlabki vatani.
5. Irqlarning paydo bo‘lishi.
6. Odamning kelgusi taraqqiyoti.
Odam paydo bo‘lishi masalasi nihoyatda murakkab muammolardan biri
hisoblanadi. Bu muammo uzoq davrlardan beri turli xil munozaralarga, baxslarga
sabab bo‘lmoqda. Turli dinlar odamni xudo yaratganligi to‘g‘risida muqaddas
kitoblar Tavrot, Injil, Qur’oni karimdan qayd etilgan fikrlarini da’vat qilib
kelmoqdalar. Musulmonlarning muqaddas kitobi hisoblangan Qur’oni karimning
yettita surasida odamning loydan, tuproqdan, suvdan, nutfa, maniydan, bir parcha
go‘shtdan, qondan yaratilganligi haqida ta’kidlab o‘tiladi. Jonsiz- tuproq, loy,
suvdan yaratilgan odamga xudoning inoyati bilan jon kiritilgan deyiladi. Ilm-fan
esa odamning yer yuzida paydo bo‘lganligini ashyoviy dalillar asosida yechishga
harakat qiladi. Biologiyaning alohida sohasi bo‘lmish antropologiya inson
tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo bo‘lganligi, takomillashib
borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari bilan hayvonot dunyosiga
yaqinligini konkret dalillar –faktlar yordamida tushuntiradi.
Odatda odamning hayvonot olamidan kelib chiqqanligi uning ayniqsa
odamsimon maymunlar to‘g‘risida gap ketganda ko‘pchilik ingliz tabiatshunosi,
hozirgi zamon ilmiy biologiyasiga asos solgan Ch. Darvinni ayblaydilar. Shuni
ta’kidlash kerakki odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi to‘g‘risida
fikr-mulohazalar Darvindan ancha ilgari yashagan olimlar tomonidan ta’kidlab
o‘tilgan.
Vatandoshimiz buyuk olim Abu Nasr Forobiy odam zotini aqlli jonivor deb
atagan. Hayvon turlari o‘rtasida va bir tur ichida kurash qonuniyati borligini
Forobiy birinchi bo‘lib anglagan. Hayvonot olamida amal qilinadigan bu qonun
odamlarda vaxshiylik sifatlarini tug‘dirib, turganiga e’tiborni qaratgan. Shunga
o‘xshash fikr keyinchalik boshqa tabiatshunos olimlar, ayniqsa, J.B. Lamarkda
ham uchraydi.
Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini faqat tabiatshunos
olimlargina emas, balki islom dini peshvolarining biri bo‘lgan Aziziddin Nasafiy
ham o‘zining «Zubdat ul haqoyiq – haqiqatlar qaymog‘i» nomli risolasida tirik
tabiat o‘lik tabiatdan paydo bo‘lganligini, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar bir
tarmoqdan rivojlanganligini qayd etadi va ochiqdan- ochiq «inson hayvon
turlaridan biridir. Aynan hayvon ruxi tarbiya topib ta’lim va tahsil ko‘rib, bilish,
takrorlash, taqvo va zikr tufayli darajalar bo‘ylab rivojlanadi va har bir daraja –
martabada yangi ismga molik bo‘ladi» deydi.
Odam tabiiy ravishda paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oya antik dunyoda
yaratilgan. Chunonchi, eramizgacha VI asrda yashagan Anaksimandr «barcha tirik
mavjudotlar dastlab Quyosh nurlari isitgan loydan kelib chiqqan, so‘ngra ularning
ba’zilari quruqlikka tarqalib, o‘zgargan. Odam ham shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan»
degan edi. Qadimgi yunonlarning odam paydo bo‘lishi haqidagi fikrlari tub
mohiyati bilan to‘g‘ri bo‘lsa ham, ular hech qanday dalillarga asoslanmagan edi.
Biroq tabiatshunoslar qadimgi vaqtlardaYoq odam bilan odamsimon maymunlar
orasida o‘xshashlik borligini e’tirof etdilar va odamsimon maymunlarni «o‘rmon
odamlari» deb atadilar. XVIII asrga kelib, maymunlarning to‘liq anatomik
tuzilishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi.
O‘simliklar bilan hayvonlarning dastlabki sun’iy sistemasini tuzgan Linney
odamni xudo yaratgan, degan diniy tasavvurlarga ishonsada, biroq odamning tana
tuzilishi hayvonlarnikiga o‘xshash ekanligini e’tiborga olib, uni primatlar
turkumiga kiritgan. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida odam paydo bo‘lishi haqida
dastlabki evolutsion tasavvurlar vujudga keldi. Lamark birinchilar qatori odam
paydo bo‘lishini evolutsiyaning umumiy g‘oyasi bilan bog‘lagan. U odam o‘z tana
tuzilishi bilan sut emizuvchi hayvonlarga o‘xshash, biroq tik yurish, orqa, oldingi
oYoqlarining tuzilishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi.
Odam paydo bo‘lishini organik olam evolutsiyasidan ajralgan holda
tushunish mumkin emas. Darvin o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» degan
asarida odam paydo bo‘lishi ustida alohida to‘xtalmay, faqat uning nazariyasiga
mazkur masalani yoritishda aniqlik kiritishni ta’kidladi, xolos. Darvinning qayd
qilingan asari chop etilgandan so‘ng Geksli va Gekkellar evolutsion ta’limotni
birinchi bo‘lib odam paydo bo‘lishi masalasiga tadbiq qildilar.
Geksli qiyosiy anatomiya dalillaridan mohirlik bilan foydalangan holda
odam odamsimon maymunlarga yaqin ekanligini ko‘rsatib berdi. Gekkel esa
embriologiya ma’lumotlariga asoslanib, odam primatlardan kelib chiqqanligini
qayd qildi. U sut emizuvchilarning shajarasini tuzib genealogik chiziq chala
maymunlardan maymunlarga, ulardan odamga borib taqalishini e’tirof etdi. Gekkel
uchlamchi davrning oxirida antropoidlar bilan odam o‘rtasida qandaydir oraliq
mavjudotlar yashagan, deb taxmin qildi va ularni «pitekantrop», ya’ni maymun
odam deb nomladi. Keyinchalik olimning bu taxmini to‘g‘ri ekanligi paleontologik
topilmalar orqali isbotlandi.
Odam bilan hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashliklar. Odamning qo‘l-oyoq
suyaklari quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqali hayvonlarning oldingi va orqa
oyoq suyaklari tuzilishiga o‘xshashdir. Chunonchi, odamning qo‘li, qushlarning
qanoti, sudralib yuruvchilarning, suvda va quruqda yashovchilarning oldingi oyoq
suyaklari — elka, bilak, tirsak, kaft oldi, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil
topgan. Orqa oyoqlar taqqoslanganda ham shunday o‘xshashliklarni ko‘rish
mumkin. Odam organizmining tuzilishi, ayniqsa, sut emizuvchi hayvonlarning
organizmi tuzilishiga juda yaqin. Barcha sutemizuvchi hayvonlarga xos bo‘lgan
organlar, xususiyatlar, chunonchi, sut bezlari, junlilik, issiqqonlilik, quloq
supralari, jag‘dagi uch xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlar odamda ham uchraydi. Ichki
organlar tuzilishida ham o‘zaro o‘xshashlik bor. Har ikkala holda ham tana ko‘krak
va qorin bo‘shliqlariga bo‘linadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida yurak, o‘pka, qizilo‘ngach,
qorin bo‘shlig‘ida esa jigar, taloq, ichaklar, buyrak va hokazolar joylashgan.
Odamning hayvonlarga qon-qarindosh ekanligini isbotlovchi muhim dalillardan
yana biri rudiment organlaridir.
Odamdagi rudiment organlar deyilganda, uning ajdodlarida yaxshi
takomillashgan, lekin odam paydo bo‘lishi natijasida asta-sekin o‘z vazifasini
yo‘qotib, qoldiq holatga o‘tgan organlar tushuniladi. Odamda 90 dan ortiq
rudiment organ bor. Masalan, ko‘richak ning chuvalchangsimon o‘simtasi —
appendiksni olaylik. Odamlarda bu o‘simtaning uzunligi 2—3 sm bo‘lib, uning
yallig‘lanishi appenditsit degan og‘ir kasallikka olib keladi. U anchagina xavfli
bo‘lganligi sababli vrachlar uni operatsiya Yo‘li bilan kesib tashlaydilar. Dag‘al
oziq-o‘tlar bilan oziqlanuvchi barcha hayvonlarda ko‘richak va uning
chuvalchangsimon o‘simtasi juda yaxshi rivojlangan. Chunki me’dada hazm
bo‘lmagan oziq shu chuvalchangsimon o‘simtada hazm bo‘ladi. Umurtqali
hayvonlarning ko‘pchiligida dum bo‘ladi va u tegishli vazifani bajaradi.
Katta Yoshdagi odamlar umurtqa pog‘onasining pastki qismida to‘liq
rivojlanmagan 4—5 ta umurtqa bor. U dum suyagini tashkil qiladi. Dum suyagi bir
juft nerv va qisqarish faoliyatini Yo‘qotgan dum muskullariga ega. Odam hayotida
dum qoldig‘i hech qanday vazifa bajarmaydi va rudiment holatda bo‘ladi.
Ma’lumki, sut emizuvchi hayvonlarning quloq suprasi tez-harakat qiladi.
Shu sababli ular shitirlagan tovushnigina emas, balki ovozning qayoqdan
kelayotganini ham bilib oladi. Quloq suprasini harakatlantiruvchi maxsus
muskullar bor. Odamning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va tabiat ustidan
hukmronlik qila boshlashi tufayli quloq suprasi rudiment holga kelgan. Odam
ko‘zining ichki burchagidagi yarim oysimon parda biror vazifa bajarmaydi. U
hayvonlar ko‘zidagi uchinchi qovoq (pirpiratadigan parda) ning rudimentidir.
Yarim oysimon parda qushlar hamda sudralib yuruvchilarda yaxshi rivojlangan.
Qushlar uxlaganda oq pardani ko‘rish mumkin. Odam tanasidagi mayin jun (tuk)
ham rudiment organga misol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |