hajmi odamsimon maymunlar miyasining hajmidan anchagina katta. Masalan,
gorilla miyasining hajmi 460 g bo‘lsa, avstralopiteklarniki 550 g ga teng. Qazilma
holdagi suyaklarni o‘rganish natijasida avstralopiteklarning 5-6 turi mavjud bo‘lib,
ular bundan taxminan 9000000-750000 yil oldin yashaganligi aniqlangan.
Avstralopitek
Sharqiy Afrikaning Tanganika atrofida tadqiqot ishlari olib borgan ingliz
olimi Luis Liki 1959 yilda Oldovay g‘oridan qadimgi odamsimon maymunlarning
kalla suyagi, tishlari, boldir suyaklari qoldiqlari va tosh qurollar topgan. Ularni
tekshirish natijasida Liki bu maymunlar
tosh qurollar yasay olgan, deb taxmin
qilgan va ularni zinjantrop deb atagan. Zinjantroplar morfologik tomondan
avstralopiteklardan yuqori turmaydi. Miya qutisining hajmi 530 sm2 ga teng.
Chakka suyagining yonoq bo‘limi yaxshi rivojlangan, boldirining yo‘g‘on suyagi
odamnikiga qisman o‘xshash.
1960 yildan keyin Angliya olimlari L. Liki va M. Liki Oldovay g‘oridan
tuzilishi avstralopitekka nisbatan murakkab bo‘lgan organizmning kalla suyagi
qoldig‘i va tosh qurollar topganlar.
Uning bosh miyasining hajmi
avstralopiteklarnikidan
kattaroq,
650
g
atrofida bo‘lgan. Odamsimon
maymunlardan farq qilib, oYog‘ining bosh barmog‘i chetga qayrilmagan. Bu
hodisa unda tik yurish bilan bog‘liq morfologik o‘zgarishlar yakunlanganligini
ko‘rsatadi. Suyak qoldiqlari bilan birgalikda qo‘pol holda yasalgan ko‘pgina tosh,
suyak qurollar topilgan. Dastlab mehnat qurollarini yasash
Homo habilis - uquvli
odamdan boshlanib, keyinchalik takomillasha borgan.
Eng qadimgi odamlar - arxantroplar. Arxantrop yig‘ma tushuncha bo‘lib
unga qadimgi odamlar pitekantroplar, sinantroplar va Homo erectus kiradi. Ko‘p
turga ega bo‘lgan avstralopiteklarning bir tarmog‘i keyinchalik progressiv
rivojlanib, qurol yasash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu hodisa tik yurish,
miyaning
yanada rivojlanishi natijasida amalga oshgan. Chamasi, bu davrda o‘tdan ham
foydalanilgan. Bundan taxminan 2000000-1500000 yil muqaddam bunday
progressiv formalar Afrika, Janubi-Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab
tarqalib, ularning alohidalashgan bir qancha guruhlari paydo bo‘lgan.
1960 yillargacha hozirgi odam bilan avstralopiteklar o‘rtasida turuvchi 10 ga
yaqin xilma-xil qazilma holdagi oraliq formalar topilgan. Bu formalarning
hammasi eng qadimgi odamlar - arxantroplar nomini olgan.
Eng qadimgi
odamlarga xos suyak qoldiqlari nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularni
birlashtiruvchi umumiy belgi qurol yasashning rivojlanishi bilan ifodalanadi.
Tabiatda uchraydigan turli buyumlarni ishlatishdan ongli ravishda qurol
tayyorlashga o‘tish - rivojlanishning maymun darajasidan odam darajasiga o‘tish
demakdir. Arxantroplar qirrali toshlar tayyorlab, ular yordamida yovvoyi o‘simlik