Odamning umurtqa pog‘onasi lotincha S harfi shaklida egilgan bo‘lib, o‘tirganda,
yurganda va chopganda, sakraganda
zarbani kamaytirish vazifasini, odam tik
yurishi natijasida uning ichki organlari chanoq suyagini bosadi. Shuning uchun
maymunlarning chanoq suyagiga nisbatan odamning chanoq suyagi keng.
Odamda ko‘krak qafasining shakli ham o‘zgargan. Agar gorizontal holatda
yuruvchi hayvonlarda ko‘krak qafasi ikki yon tomondan siqilgan va oldinga bo‘rtib
chiqqan bo‘lsa, odamda aksincha, yon tomondan keng, old tomondan bosiq holda
bo‘ladi. Maymunlarda jag‘ suyaklari yaxshi, odamda kuchsiz rivojlangan, Odamda
kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan ancha katta, maymunlarda esa
aksincha, kichikdir. Agar kalla suyagining miya qismini 100% deb olsak, u holda
yuz qismi odamda 36-38%, shimpanzeda 90-96%, orangutanda 102%
ni tashkil
etadi. Odam miyasining hajmi va vazni odamsimon maymunlarnikiga qaraganda,
5-3 marta ortiq.
Odam bosh miya qutisining hajmi 1600 sm
3
, odamsimon maymunlarniki 600
sm
3
. Odamning bo‘g‘zi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ma’noli nutq organiga aylangan.
Natijada faqat insonga xos bo‘lgan ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Tirik
mavjudotlarning rivojlanishida, belgi va xususiyatlari shakllanishida hujayra
yadrosidagi xromosomalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, odam
bilan maymunlarning xromosomalari qanday, ular odam paydo bo‘lishi masalasiga
biror yangilik kirita oladimi, degan masala olimlar diqqatini o‘ziga tortdi. Bu
sohada olib borilgan tadqiqotlarning ba’zi yakunlari 1966 yili Italiya olimi Kiarelli
tomonidan e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, martishkasimon maymunlarning
ayrim turlariga mansub organizmlar hujayrasida 54 ta, boshqalarida 72 ta,
odamsimon maymunlardan gibbonlarda 44 ta, gorilla, shimpanze, orangutanda 48
ta, odamda 46 ta xromosoma bor ekan. Odam xromosomalari tashqi ko‘rinishidan
odamsimon maymunlarning xromosomalariga o‘xshashligi kuzatilgan.
Odam paydo bo‘lishini isbotlovchi paleontologik omillar. Qazilma hol- dagi
maymunlar. Turlarning ma’lum davr ichida kelib
chiqishini isbotlashda esa
paleontologik qazilmalar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Qazilma holdagi
maymunlarni o‘rganish odamga xos bo‘lgan xususiyatlar qanday qilib paydo
bo‘lganligini, rivojlanganligini tushunishga imkon beradi. Primatlar turkumining
dastlabki vakillari, aftidan, mezozoy erasining yuqori bo‘r
davridagi sut
emizuvchilarning tuban hasharotxo‘r vakillaridan kelib chiqqan. Dastlab Janubiy -
Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan maymunlar asta-sekin yer yuzasining
Avstraliyadan boshqa barcha territoriyasiga tarqalgan. Daraxtlarda hayot kechirish,
bora-bora besh panja, oyoqlarning harakatchan bo‘lishi eshitish va ko‘rish
organlari rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan.
Primatlar turkumida tuzilishi eng murakkab hisoblangan odamsimon
maymunlar tarixiy rivojlanish jarayonida tor burunli maymunlarning bir
tarmog‘idan kelib chiqqan. Shu tarmoqqa
kiruvchi maymunlar - parapitek,
propliopiteklarning pastki jag‘ suyaklari 1911 yili Misrning oligotsen
qatlamlaridan topilgan. Parapiteklar odamsimon maymunlarning eng qadimgi
tuban vakili hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, bu maymunlar hozirgi odamsimon
maymunlardan kichik, mushukdek kattalikda bo‘lgan. Parapiteklardan keyin paydo
bo‘lgan propliopiteklar suyagining qoldiqlari
ham Misrdagi oligotsen
qatlamlaridan topilgan. U anchagina yirik bo‘lib, to‘rt oyoqlab yurishdan ozmi-
ko‘pmi tik yurishga o‘tgan.
Qadimgi odamsimon maymunlar tanasini nisbatan tik tutishi tufayli og‘irligi
keyingi oyoqlariga tushib, tanasidagi organlarning o‘zaro munosabati o‘zgargan.
Umurtqa pog‘onasi barcha to‘rt oyoqli hayvonlarga xos duksimon shaklini
yo‘qotgan. Ko‘krak qafasi keng va qisqa bo‘lgan. Oldingi oyoqlari erkin va xilma-
xil harakat qilgan. Natijada ular oziq izlab topishi ancha osonlashgan. Tabiiy
tanlanish tufayli bunday formalarning saqlanib qolishi qadimgi odam ajdodlarining
tik turadigan vakillari kelib chiqishi uchun evolutsion zamin bo‘lib xizmat qilgan.
Harakatlanish usulining o‘zgarishi hamda muhit sharoitning qulay (maydonlar
keng, tropik o‘rmonlar mavjud, iqlim yumshoq) bo‘lishi miotsenda primatlarning
biologik jihatdan ravnaq topishiga imkon yaratgan.
Oqibatda primatlar turkumiga mansub organizmlar
muhitning xilma-xil
sharoitiga moslashib, ular o‘rtasidagi differensiyalanish yanada avj olgan. Ba’zi
turlar o‘z haYotini erda va daraxtlarda, boshqalari faqat daraxtlarda, uchinchilari,
aksincha, ko‘proq erda o‘tkazadi. Pliotsenga kelib, odam va odamsimon
maymunlarning rivojlanish Yo‘nalishi har xil ekanligi aniq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: