274
15.1 – rasm. Tarmoqning turli qismlarini o„zaro ulash uchun repiter va
passiv konsentratorlardan foydalanish.
Ethernet tarmog‗idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester – II
ishlatiladi. Bu holda signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega,
ya‘ni signalni doimiy tashkil qiluvchi qiymati nolga teng emas. Galvanik ajratish
adapter, repiter va konsentrator qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa qurilmalardan galvanik
ajralishi transformator orqali va alohida elektr manbai yordamida amalga
oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‗g‗ri ulangan.
Ethernet tarmog‗iga axborot uzatish uchun ega bo‗lish abonentlarga to‗liq
tenglik huquqini beruvchi CSMA/CD tasodifiy usul yordamida amalga oshiriladi.
Repiter
Repiter
Repiter
Konsentrator
Segment
Segment