295 Hozirgi vaqtda 10BASE –5 uskunasi deyarli ishlatilmaydi, lekin ba‘zi
hollarda uni asosiy tarmoq (Backbone) tashkil qilish uchun ishlatiladi. AUI
razyomli tarmoq adapterlarining ulushi hozir 5 % dan oshmaydi.
10BASE2 uskunasi. Ingichka koaksial
kabeli yo‗g‗on kabel turidan farqi ikki hissa ingichka
(diametri 5 mm atrofida), ancha egiluvchan, montajni amalga oshirish ancha oson,
narxi arzon (taxminan uch hissa). Uning asosidagi tarmoqlar ko‗p tarqalganligi
taajjubli emas albatta. Ingichka kabelning ham to‗lqin qarshiligi 50 Om va 50 Omli
moslashishni ta‘lab qiladi. Agarda yo‗g‗on kabelni albatta devorga yoki polga
puxta mahkamlash kerak bo‗lsa, ingichka kabelni osma montaj qilish mumkin,
sababi bir xona chegarasida kompyuterlar joyini bemalol o‗zgartirish imkonini
beradi.
Ingichka kabelning eng katta kamchiligi tarmoq qismining (segment) kam
uzunligidir (185 metrgachan). Ba‘zi hollarda tarmoq adapterini ishlab
chiqaruvchilari segment uzunligini 200 m yoki 300 metr qilib ko‗rsatadilar.
Bunday tarmoq adapterlarini boshqa turdagi tarmoq adapterlari bilan ulab
bo‗lmaydi, sababi bu vaziyatda standart bo‗lmagan signallar ishlatiladi. RG-58A/U
– ingichka koaksial kabel turi eng ko‗p tarqalgandir.
Ingichka kabelda ishlatiladigan uskunalar (4.22 - rasm) yo‗g‗on kabel
uskunalariga nisbatan ancha sodda. Tarmoq adapteridan tashqari, kerakli
uzunlikdagi kabel, razyomlar, T-konnektorlar va terminatorlardan (bittasi yerga
ulanadigan turi) iborat. Har bir juft abonent o‗rtasida ikki uchida BNC turdagi
razyomli alohida kabel bo‗lagi o‗tkaziladi. Bu kabel bo‗lagining eng kam uzunligi
(abonentlar o‗rtasidagi minimal masofa) – 0,5 metr. Kabel bo‗laklarini o‗zaro
ulash uchun ruxsat etilmasa ham BNCI – konnektori (Barrel-konnektor) yordamida
ulashni amalga oshiradi. Razyomlarni kabelga kavsharlash usuli bilan ham ulanadi,
lekin ko‗pincha maxsus siqish orqali ulaydigan asbob yordamida kabelni razyomga
ulash amalga oshiriladi, ammo eʻtibor qilish kerakki siqish asbobi razyom turiga
mos ravishda tanlanashi kerak.