299
Agarda tarmoq bir necha bo‗lakdan tashkil topsa va ularda repiter hamda
konsentratorlardan foydalanilsa, u holda hisobga olish kerakki ba‘zi bir
konsentratorlar tarkibida joylashgan 50 Omli terminatorlar ham bo‗ladi (bu
hollarda o‗chirib qo‗yilgan), bu esa moslash muammosini hal qilishni
osonlashtiradi. Agarda bunday terminatorlar bo‗lmasa, u holda tashqi
terminatorlardan foydalanish kerak. Bu qurilma segmentning ikki uchiga
o‗rnatilganligi uchun, har bir segmentlar uchlariga bunday qurilma kerak bo‗ladi.
Yaqin vaqtgacha 10 BASE2 uskunasi eng taniqli va keng tarqalgan edi.
Kabellar, razyomlar, adapterlar ular uchun juda ko‗p ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ishlab chiqarilar edi, bu hol u uskunalarni doimiy narxi tushib turishini
ta‘minlardi. Hozirda esa 10 BASE-T uskunasi uni siqib chiqarmoqda, ko‗pchilik
hollarda bu esa asoslanmagan ravishda ro‗y bermoqda. Katta bo‗lmagan tarmoqlar
uchun 10 BASE2 uskunalari eng qulay va arzon yechimku axir.
Qachonki ―shina‖ qulay bo‗lib, ―passiv yulduz‖ qulay bo‗lmagan
vaziyatlarda, 10BASE2 uskuna qisimlarini bir necha konsentratorlar ishlatilgan
murakkab tarmoq tarkibiga ham qo‗shish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: