45 Tizimli shina. Tizimli shina–kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‗lib, u
barcha qurilmalarning o‗zaro ulanishi va aloqasini taʻminlaydi. Tizimli shinaning
tarkibi quyidagilardan iborat:
- axborotlarning kodli shinasi (AKSh), operandani sonli kodlar
razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
- manzillarning kodli shinasi (MKSh), tashqi qurilmaning kiritish-chiqarish
portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini
parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
- ko‗rsatmalarning kodli shinasi (KKSh), mashinaning barcha bloklariga
ko‗rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va
sxemalardan iborat;
- manba shinasi, ShK bloklarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash tizimiga
ulash uchun simlar va sxemalardan iborat.
Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‗nalishini ta‘minlaydi:
mikroprotsessor va asosiy xotira o‗rtasida;
mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida;
asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida
(xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibida).
Barcha
bloklar,
aniqrog‗i,
ularning
kiritish-chiqarish
portlari
unifikatsiyalashtirilgan mos razyomlar orqali shinaga bir xil ulanadilar: bevosita
yoki kontroller (adapterlar) orqali. Tizimli shinani boshqarishni mikroprotsessor
tomonidan bevosita yoki ko‗pincha qo‗shimcha mikrosxema shina kontrolleri
orqali ulanadi, u asosiy boshqarish signallarini hosil qiladi.
Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni operativ saqlash va
mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mo‗ljallangan. Asosiy
xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va
operativ xotira qurilmasi (OXQ).