44 Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy
operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo‗ljallangan
(kompyuterlarda operatsiyalarning bajarilishini tezlatish uchun AMQ ga
qo‗shimcha matematik soprotsessor ulanadi).
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa
vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mo‗ljallangan; kompyuterni
yuqori tezlik bilan ta‘minlash uchun MPX registrlarda qurilgan, tezkor
mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur
bo‗lgan axborotni yozish, qidirish va o‗qish tezligini ta‘minlab bera olmaydi.
Registrlar–xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (OX yacheykasidan
farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va tezligi ancha kam).
Mikroprotsessorning interfeys tizimi ShK ni boshqa qurilmalari bilan ulash
va aloqasini tashkil etish uchun mo‗ljallangan; o‗z tarkibiga MP ning ichki
interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish
sxemalarini hamda tizimli shinani oladi.
Interfeys (interface)–kompyuter qurilmalarining samarali muloqotini
ta‘minlab beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi.
Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports)–ShK interfeys tizimining elementlari,
ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi.
Takt impulslar generatori elektor impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi,
uning
chastotasi
tizimli
shinaning
takt
chastotasini
aniqlab
beradi.
Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori, u shinaning takt chastotasini N
marta oshirilganiga teng (N chastota ko‗paytiruvchisidir). Ikkita impuls
oralig‗idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani
ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy
kompyuterning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ko‗pincha uning ishlash
tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya maʻlum
taktlar sonida bajariladi.