53 Gflops
(GFLOPS-GIGAFLOPS)–suriluvchi
vergul
(nuqta)
shaklida
ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyani bajarish.
Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir
umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq operatsiya turiga mo‗ljallanadi. Amalda turli
masalalarni hal qilishda turli operatsiyalar to‗plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli
masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‗rtacha operatsiyalar
to‗plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‗yicha
keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning o‗rtacha tezligini aniqlash mumkin.
Ancha yangi testlar ham mavjud–ishlab chiqaruvchi firmalarning o‗z mahsulotlari
tezligini aniqlash uchun test to‗plamlari mavjud: iCOMP–Intel Comparative
Microprocessor
Performance
(1992)
ko‗rsatkich
Intel
firmasining
mikroprotsessorlari uchun (iCOMP2.0–test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim
va multimediali texnologiyalarga mo‗ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq
sohasiga yo‗naltirilgan testlar–Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun
mo‗ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mo‗ljallangan variantlari WinBench 97.
Turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu
baholashlar juda ham aniq bo‗lmaydi. Shuning uchun ShK ko‗rsatkichi uchun
unumdrlik ko‗rsatkichi o‗rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt
chastotasi ko‗rsatiladi, chunki har bir operatsiya o‗zining bajarilishi uchun aniq
taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina
operatsiyasining bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‗ladi.
Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bo‗lmagan taqdirda va
mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori
sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarning bajarilishini taʻminlaydi (oddiy
qo‗shish va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa–
sekundiga 200 million operatsiyani bajaradi.
Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi. Razryadlar soni–
bu ikkilik sonining maksimal razryadlar soni, ular ustida bir vaqtda mashina