Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
51
doimiy bo‗lib turadi, barcha axborotni kiritish-chiqarish ishlari uzilish bo‗yicha 
bajarilishini aytishning o‗zi yetarlidir. Masalan, IBM PC kompyuterlarida 
taymerdan uzilishlar sekundiga 18 tagacha bo‗ladi va ularga xizmat ko‗rsatiladi (u 
jarayonlar juda tez kechganligi uchun foydalanuvchiga sezilarli emas, albatta).
ShK konstruksiyasining elementlari. Konstruksiyasi jihatidan ShK markaziy 
tizimli blok shaklida bajarilgan bo‗lib, unga razyom orqali tashqi qurilmalar 
ulanadi: qo‗shimcha xotira bloklari, klaviatura, displey, printer va boshqalar. 
Tizimli blok odatda o‗z tarkibiga tizimli plata, manba bloki, diskli 
jamlovchilar, qo‗shimcha qurilmalarga razyomlar va tashqi qurilma adapterlarini 
oladi. 
Tizimli platada (ko‗pincha ularni ona plata deb ataydilar-motherboard) o‗z 
navbatida quyidagilar joylashgan:
-
mikroprotsessor;
-
tizimli mikrosxemalar (chipsetlar); 
-
takt impulslar generatori; 
-
OXQ va DXQ modullari (mikrosxemalari); 
-
CMOS-xotira mikrosxemasi; 
-
klaviatura, QMDJ adapterlari; 
-
uzilishlar kontrolleri; 
-
taymer va hokazolar. 
Ularning ko‗pchiligi tizimli plataga razyom orqali ulanadi. 
Kompyuterning 
funksional 
ko‗rsatkichlari. Kompyuterning asosiy 
funksional ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 
1. 
Tizimli 
plataning 
unumdorligi, 
tezligi, 
takt 
chastotasi 
va 
mikroprotsessorning takt chastotasi. 
2. Mikroprotsessorning va interfeysning kod shinalari. 
3. Tizimli, mahalliy va tashqi interfeyslarning turlari. 
4. Operativ xotiraning sig‗imi va turi. 


 
52
5. Kesh-xotiraning mavjudligi, sig‗imi va turi. 
6. Qattiq diskli jamlovchining sig‗imi va turi. 
7. CD va DVD jamlovchilarning sig‗imi va turi. 
8. Videomonitor va videoadapter turi. 
9. Printerning mavjudligi va turi. 
10. Modemning mavjudligi va turi. 
11. Multimediali audio va video vositalarning mavjudligi va turi. 
12. Operatsion tizim turi va mavjud dasturiy ta‘minoti.
13. Kompyuterning boshqa turlari bilan apparat va dasturiy mosligi. 
14. Hisoblash tarmog‗ida ishlash imkoniyati. 
15. Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati. 
16. Ishonchliligi. 
17. Narxi. 
18. O‗lchami va og‗irligi. 
Keltirilgan funksional ko‗rsatkichlardan ba‘zilarini sharhlash kerak 
bo‗lganligi uchun ularni kengroq bayon qilish lozim deb topildi. 
Unumdorlik, 
tezlik, 
takt 
chastota. 
Zamonaviy 
kompyuterlarning 
unumdorligi, odatda, sekundiga millionlab operatsiyani bajarishi bo‗yicha 
o‗lchanadi. O‗lchov birligi bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi: 
MIPS (MIPS–Millions Instruction Per Second)–qayd qilingan vergul (nuqta) 
shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun; 
Mflops (MFLOPS–Millions of Floating point Operation Per Second)-
suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun.
Kompyuter unumdorligini hisoblashda kamroq quyidagi o‗lchov 
birliklaridan foydalaniladi:
Kflops (KFLOPS-KILOFLOPS)-unumdorligi past kompyuterlar uchun 
qandaydir o‗rtacha mingta sonlar ustidagi operatsiyalarni bjarish; 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin