58
Birinchi mikroprotsessorlar MP 4004 1971-yili Intel (AQSH) kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ko‗p firmalar (AMD, VIA Apollo,
IBM va boshqalar) tomonidan o‗nlab mikroprotsessor turlari ishlab chiqarilmoqda,
lekin eng ko‗p tarqalgan va taniqlilari Intel kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqarilgan MP lar va Intelga mos mikroprotsessorlardir.
Barcha mikroprotsessorlarni guruhlarga ajratish mumkin:
CISC (Complex Instruction Set Command) to‗liq buyruqlar tizimining
to‗plami bilan;
RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar
tizimining to‗plami bilan;
VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‗zi juda uzun bo‗lgan;
MISC (Minimum Instruction Set Command) buyruqlar tizimini minimal
to‗plamli va juda yuqori tezlikli.
CISC turiga mansub mikroprotsessorlar
. Ko‗p zamonaviy IBM PC
turidagi ShK lar CISC turiga mansub ko‗p firmalar tomonidan (Intel, AMD, Cyrix,
IBM va boshqalar) ishlab chiqariladigan mikroprotsessorlarni ishlatadilar. Ko‗p
yillardan beri Intel firmasi ―Modani o‗rnatuvchi‖ bo‗lib kelmoqda, oxirgi yillarda
AMD firmasining mikroprotsessorlari ba‘zi ko‗rsatkichlari bo‗yicha ―intel‖dan
o‗tib ketmoqda. Ular ko‗rsatkichlarining ba‘zilari 2.1.-jadvalda keltirilgan.
Quyidagilarni bilish foydadan xoli emas:
80386 (386), 80486 (486) mikroprotsessorlarida SX, DX, SL va boshqa
harflar bilan belgilangan rivojlantirilgan modellari mavjud, asos modeldan
shinasining razryadligi, takt chastotasi, ishonchliligi, o‗lchamlari, iste‘mol
energiyasi va boshqa ko‗rsatkichlari bilan farqlanadi;
Pentium–Pentium 4 mikroprotsessorining turli rivojlantirilgan modellari
mavjud, ularni quyida ba‘zilari ko‗rib chiqiladi;
59
elementlar soni–bu mikroprotsessor sxemasida joylashtirilgan oddiy
yarimo‗tkazgichli o‗tishlar soni. Odatda, texnologiyada element o‗lchami mikron
bo‗lgan ko‗rsatkich bilan xarakterlanadi (mikronli texnologiya).
486DX va undan keyingi mikroprotsessor modellari o‗z tarkibiga
joylashtirilgan soprotsessorga ega, ular
ichki chastotani ko„paytirish
ish tartibida
ishlashlari mumkin. Ko‗paytirilgan chastota bilan faqat MP ning
ichki
sxemalari
ishlaydi, MP ga nisbatan barcha tashqi sxemalar, shu jumladan, tizimli plataga
joylashgan sxemalar ham odatiy chastota bilan ishlaydilar;
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida buyruqlarga
konveyerli ishlov beriladi. 286 MP larda umumiy o‗lchami 6 baytli buyruqlar
navbati uchun registrlar inobatga olingan, 486 MP da 16 bayt va hokazo.
Buyruqlarga konveyerli ishlov berish
–bu buyruqlar ketma-ketligining turli
taktlarini MP ning turli qismlarida bir vaqtda bajarilishi va natijalarni MP ning bir
qismidan boshqasiga bevosita uzatish. Buyruqlarni konveyerli bajarilishi ShK ning
samarali tezligini 2–5 martagacha oshiradi.
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida hisoblash tarmog‗ida
ishlash imkoniyati mavjud;
80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida ko‗p masalali ishlash
(ko‗p dasturli) imkoniyati mavjud va unga hamroh bo‗lgan xotira himoyasiga ega.
Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish tartibiga ega:
real
(bir masalali, Real Address Mode), unda faqat bitta dastur bajarilishi
mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat (1024=64) Kbayti bevosita
manzillanishi mumkin, xotiraning qolgan qismiga (kengaytirilgan) maxsus
drayverlarni ulanganda egalik qilish mumkin.
himoyalangan
(ko‗p masalali, Protected Virtual Address Mode), bir vaqt
davomida bir necha dasturning bajarilishini, kengaytirilgan asosiy xotiraga
bevosita manzillashni va bevosita ega bo‗lishni (qo‗shimcha drayverlarsiz)
taʻminlaydi. 16 Mbayt xotiraga ega bo‗lish 286 MP ga havola qilinadi; 4 Gbayt
|