Na’muna bilan taqqoslash operatorlari Na’muna bilan taqqoslash operatorlari so‘rovlarda yozuvlarni tanlash uchun ifodalar yozishni soddalashtiradi. Bu operator operatorning spesifikasiyasi tanlangan maydondagi qiymatlarga mos ravishda True yoki False natijalarni qaytaradi. Qiymatlarning shartlarida bu operatorlarning kelishi qaytarilayotgan mantiqiy ifodaning qiymati True bo‘lsa yozuvni so‘rovga kiritadi, agar False bo‘lsa bekor qiladi.
Null bilan birga ishlatilganda qiymat Null yoki Not Null bo‘lishligini aniqlaydi
In
In ("Москва", "Киев", "Санкт-Петербург")
Satriy qiymat qiymatlar ro‘yxatining elementi bo‘lishligini aniqlaydi
Like
Like "Ив*" Like "db??"
Satriy kattaliklar ko‘rsatilgan belgilar bilan boshlanishini aniqlaydi(Like ning to‘g‘ri ishlashi uchun "*" shablon belgisini yoki bitta yoki bir nechta "?" belgisini qo‘shish zarur)
"*" belgisi ixtiyoriy sonli belgilarni bildiradi, "?" shablon belgisi esa faqat bitta belgini bildiradi. Shuning uchun ham Like "Ив*" operatori "Иванов", "Иващенко", "Иволгин" qiymatlari uchun rost qiymatini beradi. "dbl" yoki "dbl00" qiymatlar uchun Like "db??" operatori False natija beradi, ammo shu operator "dbl0" va "dbXX" lar uchun True natija beradi. "*" va "?" shablon belgilari shablon qatorning ixtiyoriy joyida turishi mumkin, masalan:
Like "*ms* . ?*" — tanasida "ms" qism qator mavjid bo‘lgan, undan so‘ng (to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bir nechta belgidan so‘ng) birinchisi nuqta (.) va kamida ikkita belgi qatnashadigan qiymatlar uchun True natijani qaytaradi;
Like "?1???*" — besh belgidan kam bo‘lmagan va ikkinchi belgisi "1" bo‘lgan qiymatlar uchun True natija qaytaradi.