5 labaratoriya ishi Shartli o’tish operatorlari if, else, else-if oid misollar ishlash. Ishdan maqsad



Yüklə 146,83 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü146,83 Kb.
#113841
5 labaratoriya ishi


5 labaratoriya ishi
Shartli o’tish operatorlari if, else, else-if oid misollar ishlash.
Ishdan maqsad: Python dasturlash tilida operatorlar bilan ishlash, ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish. Dasturda inkrеmеnt, dеkrеmеnt, mantiqiy, razryadli, taqqoslash amallaridan foydalana olish. Python dasturlash tilida shartlar bilan ishlash, tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dastur yozish ko’nikmalariga ega bo’lish.
Masalaning qo’yilishi: Talaba variant bo’yicha bеrilgan masalani Python dasturlash tilida ishlashi va kеrakli natija olishi lozim.
Dastur ishlashi natijasidan namunalar:
Berilgan sonlardan juft sonlar nechtaligini aniqlash dasturi
a = [ ]
n=int(input('Elementlar sonini kiriting - '))
for i in range(0, n):
a.append(int(input()))
print (a)
k = 0
for i in range (n):
if a[i] % 2==0:
k = k+1
print ('Juft elementlari soni ', k, 'ta')
Dastur natijasi



5 labaratoriya ishi topshiriqlari


a, b, c  butun sonlar berilgan. b sonining, a va c sonlar orasida yotishi aniqlansin.


a va butun sonlar berilgan. Ularning bir vaqtda toq bo‘lmasligi aniqlansin.


a va b butun sonlar berilgan bo’lsa, ularning hech bo‘lmaganda bittasi toq ekanligi aniqlansin.


Berilgan uchta sondan juftliklar hosil qilingan. Shu juftliklarning hech bo‘lmaganda bittasidagi sonlar o‘zaro teng bo‘lishi aniqlansin.


Berilgan uchta butun sonlar orasidan olingan juftliklardan hech bo’lmaganda bittasidagi sonlar ishoralari bilan farq qilishi aniqlansin.


Uch xonali son berilgan. Uning raqamlari o‘suvchi ketma-ketlik tashkil etishi aniqlansin.


Uch xonali son berilgan. Uning raqamlari o‘suvchi yoki kamayuvchi ketma-ketlik tashkil etishi aniqlansin.


To‘rt xonali son berilgan. Uni chapdan o‘ngga va o‘ngdan chapga o‘qiganda bir xil o‘qilishi aniqlansin.


a, b, c sonlar berilgan (a≠0). Bu sonlarni kvadrat tenglama koeffisientlari deb hisoblab, shu kvadrat tenglamaning haqiqiy yechimga ega ekanligi aniqlansin.


x, y sonlari berilgan. Ularni tekislikdagi nuqta koordinatalari deb hisoblab, shu nuqtaning 2-chorakda yotishi aniqlansin.


x, y sonlari berilgan. Ularni tekislikdagi nuqta koordinatalari deb hisoblab, ularning 2- yoki 3-chorakda yotishi aniqlansin.


Tekislikda nuqta x va y koordinatalari bilan berilgan. Shu nuqta (yuqori chap burchagi (x1,y1), quyi o‘ng burchagi (x3,y3) bo‘lgan, hamda tomonlari koordinata o‘qlariga parallel) to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakning ichida yotishi yoki yotmasligi aniqlansin.


Uchta butun son berilgan bo’lsa, shu sonlarning uchburchakning tomonlarini tashkil etishi aniqlansin.


a,b,c butun sonlar berilgan bo‘lib, ular uchburchakning tomonlarini tashkil etsa, shu uchburchakning teng yonli ekanligi aniqlansin.


a,b,c butun sonlar berilgan bo‘lib, ular uchburchakning tomonlarini tashkil etsa, shu uchburchakning to‘g‘ri burchakli ekanligi aniqlansin.


Uch xonali son berilgan. Bu son raqamlarining har xil ekanligi aniqlansin.

Yüklə 146,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin