O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə45/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1.Sodda sifatlar bitta asosli bo’lib, tarkibiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi. Yasovchi qismlarga bo‘linmaydigan sifatlar tub sifatlar sanaladi (Shakl yasalish qismi bundan mustasno). Masalan: qari, qoramtir, eskiroq, sariq.
Asos va yasovchi qismga bo`linadigan sifatlar esa yasama sifatlar deyiladi. Sodda yasama sifatlar asosga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: guldor, sezgir, turkiy, kechki.
2.Qo‘shma sifatlar ikki va undan ortiq asoslaming birlashuvidan tarkib topgan sifatlardir. Qo‘shma sifatlar asosan qo‘shib yoziladi. Qo‘shma sifatlar tarkibi quyidagi so‘z turkumlaridan bo‘ladi: jigarrang, bodomqovoq, toshyurak ot + otdan; sofdil, shirinso‘z - sifat + otdan; osmono‘par, mehnatsevar - o t + fe’ldan.
3.Juft sifatlar o‘zaro yaqin ma’noli yoki zid ma’noli ikki asosning juftlashishidan hosil bo‘ladi. Masalan: katta-kichik, oqqora,yaxshi-yomonzid ma’noli qismlardan; uzuq-yuluq, esli-hushli yaqin ma’noli qismlardan tarkib topgan. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Qismlar orasida -yu,yuklama- bog‘lovchilari bo‘lsa, ular o‘rtasida chiziqcha qo‘yiladi va ajratib yoziladi: yakk-yu yagona.
4.Takroriy sifatlar bir asosning takrorlanishidan hosil bo‘ladi va ular belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalashga xizmat qiladi: yangi-yangi, mayda-mayda, barra-barra.
Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar
Ozaytirma sifatlar o’zakdan anglashilgan rangning, belgining ozligini, kamligini bildiradi va quyidagicha yasladi:
1.–ish, -imtir(-mtir)- bulardan ish, -imtirundosh tovush bilan bitgan oq, ko’k kabi so’zlarga, -mtir esa faqat qora sifatiga qo’shiladi: oqish, ko’kish, qoramtir.
2.Rangni bildiruvchi sifatdan oldin och, nim so’zlarini keltirish bilan. Nimbilan hosil qilingan sifatlar qo’shib yoziladi: och sariq, nimpushti.
kina (-gina, -qina) qo’shimchalari o’zakdan anglashilgan belgining kuchsizligini, ozligini bildiradi. Q, g bilan bitgan so’zlarga kina, q, g’ bilan bitgan so’zlarga qina, boshqa hollarda –gina qo’shimchasi qo’shiladi: kichkinagina, yumshoqqina, tuzukkina.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin