O`zbekiston milliy universiteti fakulteti yo`nalishi


Yashil iqtisodiyotga o`tish



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2022
ölçüsü44,67 Kb.
#65746
1   2   3   4   5
yashil iqtisodiyot mohiyati va bosqichlari Zilola

Yashil iqtisodiyotga o`tish

Bugungi kunda ekologiya biologiya doirasidan chiqib, boshqa fanlarga integrallashgan, fanlararo, insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganuvchi fanga aylandi. Ekologiya «inson—tabiat» muammosini tushunish yo‘lida uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Global ekologik muammolar paydo bo‘lguniga qadar inson tabiatga ustaxon sifatida qarab, uni bo‘ysindirish yo‘lida bor kuchini ayamadi. Oqibatda bugungi kunda insoniyatning kelajagi xavf ostida qolganligi, o‘zining tabiatdagi o‘rni va hayotining mazmuni bevosita tabiatni asrash bilan bog‘liqligini anglab etmoqda. Mazkur muammoning dolzarbligi, global ekologik muammolar sayyoramizdagi har bir davlat, har bir xonadon va har bir insonga tegishli ekanligi mazkur yo‘nalishda huquqiy bazani shakllantirish, tegishlo qonunlar qabul qilishga asos bo‘ldi.
“Agar biz atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda, «Yashil iqtisodiyot» o‘sishiga o‘z hissamizni qo‘shsak, dunyo bo‘ylab quyosh energiyasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ajoyib o‘zgarishlari qanchalik ko‘p narsalarga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatib bermoqda”, deydi BMTning Atrof-muhit bo‘yicha rahbari Erik Zolhaym. Nils Shtiglitsning fikricha “Qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritgan holda, davlatlar odamlarning hayoti va turmush farovonligini yaxshilashga hamda yangi jamiyatlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va ayni vaqtda ular nafas olayotgan havoni tozalash imkoni yaratiladi”.
Bugungi kunda zamonaviy ekologiya shunchaki jonivorlar va o‘simliklar hayotini tasvirlamaydi, aksincha ularning kelajagini bashorat qilish bilan shug‘ullanadi. Zamonaviy ekologiya tiriklikning tuzilish darajalarini tahlil qiladi hamda matematik modellar va farazlar ishlab chiqib, ularni tekshiradi. Zamonaviy ekologiyaning bosh maqsadiga tirik organizmlarning tarqalishi va sonini tushuntiradigan va bashorat qiladigan modellarni rivojlantirish, bu orqali balki o‘simliklar va yovvoyi hayvonlarni to‘g‘ri nazorat qilish, qayta tiklanuvchi va tiklanmaydigan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish, tabiiy muhitlar va moddalarning aylanishini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash, bezgak va OITS kabi kasallliklarning ta’siri va yo‘nalishini oldindan ayta olish ham kiradi. Yuqori siyosiy darajada atrof-muhit muhofazasi mavzusi ilk marotaba 1972-yili Stokgolmda mazkur mavzuga bag‘ishlangan BMT Konferentsiyasida ko‘tarilgan edi. Aynan ushbu anjumanda «inson farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog‘i lozim» deyildi38. Er yuzidagi biosfera degradatsiyasi sabablarini tahlil etish maqsadida Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha butunjahon qumitasi tashkil etildi. Mazkur Qo‘mita 1987-yili «Bizning umumiy kelajagimiz» sarlavhasi ostida ma’ruza tayyorladi. Unda rivojlangan mamlakatlardagi isrofgarchilik va rivojlanayotgan mamlakatlardagi yetishmovchilik ekologiyaning yomonlashuvining asosiy sabablaridan biri sifatida tilga olindi. Sayyoramizni saqlab qolish uchun esa jahon hamjamiyati xatti-harakatini birlashtirish lozimligi qayd etildi39. Birinchi marotaba «barqaror rivojlanish» tushunchasi, ya’ni kelajak avlod uchun tabiatni saqlash, inson va tabiat uyg‘unligiga asoslangan rivojlanish aynan mazkur ma’ruzada keltirildi.
«Yashil iqtisodiyot» konsepsiyasi tarafdorlari amaldagi iqtisodiy tizim aholi turmush darajasining yaxshilanishida muayyan ijobiy natijalarga olib kelganligiga qaramasdan takomil emas, deya hisoblashadi. 2



  1. Yüklə 44,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin