Kurs ishining maqsadi ; To’garak chuvalchanglar tipiga mansub vakillarining sistematikasi, filogeniyasi, ekologiyasini o’rganish hamda ularning zamonaviy holatini baholash
Kurs ishining vazifalari; -To’garak chuvalchanglar vakillarinig taksonomik tavsifini o’rganish
-To’garak chuvalchanglar vakillarining evolutsion kelib chiqishini tahlil qilish
-To’garak chuvalchanglar vakillarining ekologik xususiyatlarini o’rganish Kurs ishining ilmiyligi.To’garak chuvalchanglarning 12 mingdan ortiq turi mavjud bo’lib,ular 5 ta sinfga bo’linadi.Ular filogenetik jihatdan kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi va bazida ulardan keskin farq qiluvchi belgilarning paydo bo’lganligi bilan ulardan farq qiladi.
Kurs ishining hajmi.Kurs ishi 2 ta bob, 25 bet matndan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan
I-Bob To’garak chuvalchanglar (Nematomorpha) tipi sistematikasi,filogenyasi va ekalogiyasi1.1 To’garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipining tasnifi. To'garak chuvalchanglar birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi. To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi bo'Imaydi yoki shaklan о'zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi. To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi. To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi. To'garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya'ni 1 mm ga yetmay-digan turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlarning yo'ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 m gacha boradi.
To'garak chuvalchanglar xilma - xil muhitda hayot kechiradigan 12 mingdan ortiq turlarni o'z ichiga oladi . Ular orasida tuproqda yoki suv havzalarida erkin yashaydigan hamda odam , hayvonlar va o'simliklar ta nasida parazitlik qiladigan turlari bor .
To'garak chuvalchanglar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat :
- tanasi ipsimon yoki duksimon , bo'g'imlarga bo'linmagan ;
-tana bo'shlig'i birlamchi bo'lib , tana suyuqligi bilan toʻlgan ;
- ko`pchilik turlari ayrim jinsli , jinsiy organlari sodda tuzilgan ;
- qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi ;
-ayirish sistemasi bo'lmaydi yoki shaklan oʻzgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan :
- hazm qilish sistemasida orqa ichak va anal teshigi rivojlangan ;
- nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan ,
-sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan ;
To'garak chuvalchanglar qorinkipriklilar , nematodalar , kinorinxlar , qil chuvalchanglar , og'izaylangichlilar sinflariga bo'linadi.
To'garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi. To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi bo'Imaydi yoki shaklan о'zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivpjlanmagan. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi. To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi. To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi. To'garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya'ni 1 mm ga yetmay-digan turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlarning yo'ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 m gacha boradi. Qorinkiprikli chuvalchanglar — birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Tanasi yassi, uz. 0,05—1.5 mm. Tanasi boʻylab va uning keyingi uchida yopishqoq bezli naychalar joylashgan. Kipriklari faqat qorin tomonida boʻladi (nomi shundan). Sezgi organlari — tuygʻu qillar, hidlov chuqurchasi va pigment koʻzlar (fotoretseptorlar). Hazm qilish sistemasi — muskulli halqumdan boshlanadigan ichak. Ayirish sistemasi — bir juft shoxlangan naychalar tanasining yon tomonida tashkariga ochiladi. Qorinkiprikli chuvalchanglar — germafrodit yoki partenogenetik urgʻochilar. Dengiz va chuchuk suv havzalarida yashaydi. Bir hujayrali suvoʻtlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. 160 turi maʼlu.m. Qorinkiprikli chuvalchanglar faunasi Oʻzbekistonda oʻrganilmagan.