O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ogʻizaylangichlilar ( rotatoria ) sinfi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə9/12
tarix01.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#92318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
To’garak chuvalchanglar (Nematomorpha) tipi sistematikasi,filogenyasi va ekalogiyasi

2.4.Ogʻizaylangichlilar ( rotatoria ) sinfi
Og'izaylangichlilarning ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda erkin yashaydi . Ayrim vakillari yopishgan holda hayot kechiradi . 1500 dan ko'proq turi ma'lum . Tashqi tuzilishi . Og'izaylangichlilar ko'p hujayralilar orasida eng mayda hayvonlar hisoblanadi . Tanasining uzunligi odatda 1-2 mm dan oshmaydi . Ular orasida eng kichik vakili ( Ascomorpha minima ) ning uzun ligi 0,04 mm ni tashkil etadi . Ko'pchilik turlarining tanasi cho'ziq , ba'zan sharsimon bo`ladi . Tanasi aylanuvchi kiprikli apparat bo'lgan oldingi , ich ki organlarga ega boʻlgan gavda hamda orqa , ya'ni oyoq boʻlimlaridan iborat ( 74 - rasm ) . Ayrim turlarining oyoqlari bo'lmaydi . Og'zi boshining yon tomonida joylashgan . Bosh bo'limi birmuncha yupqa kutikula bilan qoplangan . Boshida gir dob bo'lib aylanadigan bosh aylangich apparati bor . Bu apparat odatda boshi uzra ikki doira hosil qilib joylashgan kipriklardan iborat . Kipriklarn ing birinchi qatori og'iz oldidan , ikkinchi qatori og'izdan orqaroqdan o'tadi . Kipriklarning bir yo'nalishda sinxron yelpinishi og'izaylangichlilarning suzishi suvdagi oziq moddalarning og'izga haydalishiga yordam beradi . Gavda bo'limi birmuncha tigʻizroq kutikula bilan qoplangan bo'lib , har xil o'simtalarga ega .Ichki tuzilishi . Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan . Hazm qilish sistemasi oldingi , o'rta va orqa ichakdan iborat . Halqum devori kipriklar bilan qoplangan . Halqum kengayib jig'ildon , ya'ni , mastaksra aylanadi . Mastaks devori xitindan iborat jag'larni hosil qiladi . Mastaks og izaylangichlilarni aniqlashda sistematik ahamiyatga ega . Mastaksga so'lak bezlarining yo'li ochiladi . Mastaks o'z navbatida oshqozonga yoki o'rta ichakka ochiladigan qizilo'ngach bilan bog'langan . Oshqozonga bir juft oshqozon bezlari yo'li ochiladi . kloaka bilan tugallanadi . Ayirish sistemasi hilpillovchi kiprikli hujayralarga ega bo'lgan pro tonefridiydan iborat . Ayirish organi yo'li orqa ichakka ochiladigan siydik pufagiga aylanadi . Nerv sistemasi halqumusti nerv gangliysi , undan tanasining oldingi va orqa tomoniga ketadigan nerv stvollaridan iborat . Sezgi organlari bir juft yoki bitta ko zcha , uchta paypaslagichlar ( bitta orqa , ikkita qorin ) dan iborat . Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi . Jinsiy sistemasi ayrim jinsli ; jinsiy dimorfizm rivojlangan . Urg'ochilari erkaklariga nisbatan ko'proq uchraydi va yirikroq boʻladi . Erkaklari ancha mayda ; ichagi reduksiyaga uchragan , urg'ochisini urug'lantirgandan so'ng halok bo'ladi . Urg'ochisining tuxumdonlari ikki bo'lakdan iborat . Erkaklik jinsiy organi bittadan urug'don va urug ' yo'lidan iborat . Urug ' yo'li kloakaga ochiladi . Kloakada kuyikish organi joylashgan .

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin