ILDIZ 1. Ildiz – bu?
A. yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, unda joylashgan barg va kurtakdan iborat.
B. yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, o’simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan moddalarni o’simlikning yer ustki qismiga yetkazib beradi.
C. novdaning yon vegetativ organi.
D. hamma javoblar to’g’ri.
2.Gulli o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi nima deb ataladi?
A rizoid B ildizpoya C ildiz D shakli o'zgargan poya
3. Ildizga xos muhim xususiyatni belgilang.
A kurtak hosil qilmaydi B barg hosil qilmaydi
C gul hosil qilmaydi
D tuproq ostida joylashgan bo'ladi
4. Ildizning navdadan farq belgilang
A kurtak hosil qilmaydi B barg hosil qilmaydi
C gul hosil qilmaydi
D tuproq ostida joylashgan bo'ladi
5. Ildizlar, odatda, … ildizlarga bo'linadi.
A popuk va o'q ildiz B asosiy va qo'shimcha
C asosin va yon D asosiy, qo'shimcha va yon
6. Murtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
7.Murtakdagi boshlang’ich ildiz bevosita o’sishidan qaysi ildiz hosil bo’ladi?
A.asosiy B.qo’shimcha C.pastki D.asosiy yoki pokuk ildiz
8.O’simliklarda qo’shimcha ildiz va yon ildizlar qayerlaridan hosil bo’ladi ?
1.poyada 2.barglarida 3.o’q ildiz 4. Asosiy ildiz 5. Qo’shimcha ildiz 6.popik ildiz
A.a-3,4 b- 5,6 B. a-1,2 b- 4,5 C.a-2,4 b- 4,1 D. a-1,5 b-6,4
9 Qo’shimcha ildizli o’simliklarni belgilang.
A.begonya B.tarvuz C.no’xat D.go’za
10. Asosiy ildizning shoxlanishi natijasida qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A popuk B yon C qo'shimcha D o'q
11.Bir tup o'simlikning asosiy yon va qo'shimcha ildizlari yig'indisi nima deb ataladi?
A ildiz tizimi B ildiz sistemasi C o’qildiz
D A va B
12. Demak ildizlar kelib chiqishiga ko’ra nechaga bo’linadi ?
A.2 ga asosiy, yon qo’shimcha B.4ga asosiy yon qo’shimcha C 3 ga asosiy , yon va qo’shimcha
D. 1 ga asosiy
13. Ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq?
1)o’simlik turiga 2)tuproq unumdorligiga 3)ildizning shoxlanishiga 4)qo’shimcha ildizlarga
A 1,2,3,4 B 1,3 C 1,3,4 D 1,2
14 .Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nima(lar)ga bog’liq?
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)tashqi muhit omillariga 4)tuproq unumdorligiga
5) qo`shimcha ildizlarga 6) o`simliklar turiga
A1,3,4,6 B 2,3,4,5,6 C 2,3,4,6 D 2,4,5,6
15.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
16.Murtakdagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom etsa,undan … ildiz o’sib chiqadi.
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
17.O’q ildiz tizimi qaysi o’simliklar guruhiga xos?
A ikki pallali B bir pallali
C ochiq urug’li D qirqquloqlar
18. … ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi ruvojlangan bo’lib , undan yon ildizlar o’sib chiqadi.
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
19. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan bir yillik bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A 8 B 1,8,13 C 3,8,13 D2,3,8
20. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan bir yillik , daraxt bo’lganlarni belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A1,2,3,4,5,6,7,9,10,11,12,13
B 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12
C 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12,13
D 2,4,5,6,7,9,10,11,12
21 .Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?
1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2)boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi
A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D faqat 3
22. Popuk ildiz tizimi o'simliklarning qaysi guruhiga xos?
A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li
D qirqquloqlar
23. … tizimi mayda qo’shimcha va yon ildizlardan tashkil topgan. Asosiy ildizi rivojlanmaydi.
A o'q ildiz B popuk ildiz C yon D B va C
24. Bug'doydoshlarning rivojlanish jarayonida qaysi ildiz(tizim)i ko'p yashamaydi ko'p o'tmay nobud bo'ladi?
A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha
25. Popik ildiz tizimi xos bo'lgan bir urug'pallali o'simliklarni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3)kartoshka 4)ajriq 5)bug'doy 6)arpa
A 1,2,3,4 B 1,4 C 2,3 D 1,5,6
26. Ildizlar tuzilishiga ko'ra qanday bo'ladi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
27 . Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko'rish uchun nima qilinadi?
A ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
B uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
C ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
D uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
28. Ildizdan kesib olingan yupqa parrak buyum oynasiga qaysi modda(lar) ustiga qo'yiladi?
A spirt B gliserin C suv tomchisi D B va C
29. Ildiz tukchasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bitta uzun hujayradan tuzilgan 2)yupqa qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan
3) yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4) qalin qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)tukchalar orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalari shimib olinadi
A 1,2,6 B 1,3,6 C 1,4,6 D 1,5,6
30. Ildiz tukchasiga xos xususiyatlar keltirilgan javobni belgilang.
1)1 ta uzun hujayradan tashkil topgan
2) 1 ta hujayradan tashkil topgan
3) yupqa qobiq,sitoplazma va yirik mag’izdan tashkil topgan 4)qalin qobiq, sitoplazma va mag’izdan tashkil topgan 5) qalin
qobiq, sitoplazma va yirik mag’izdan tashkil topgan 6)hayoti 10-12 kun davom etadi 7) ildizning bo’linuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi 8) ildizning o’suvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi
A 1,3,6,7 B1,5,6,8 C 2,3,6,7 D1,4,6,7
31. Chigit yuzasidagi tuklar va ildiz tukchalari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A bir yadroli bo’ladi
B tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi
C bitta uzun hujayradan tuzilgan bo’ladi
D A va C
32.Ildizdan tayyorlangan piriparadni mikroskopda ko’rilganda ko’rish mumkun.
1.hujayradan tuzilganligi 2. Shakli ko’rishda 3.tukchalari 4. Ildiz qincha 5. Yon ildiz
A.1,3 B. 2,4,5 C. 1,4,5 D. 1,3,5
33.O’simlik ildizining ildz tukchalari qayerdan o’sib chiqadi ?
A.shimuvchi qismida B. o’kazuvchi qismida C.o’suvchi qismida D. bo’linuvchi qismida
34.O’simlkning ildiz tukchalari qaysi qismidan hosil bo’ladi?
1.o’tkazuvchi 2. So’rvchi 3. Shimuvchi 4.o’suvchi 5.qoplovchi 6.bo’linuvchi
A.3.5 B. 1,5 C. 2,6 D. 3,4
35.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?
A 10-12 kun B 10-20 kun C 20-25kun D 10-15kun
36. ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan o’sib chiqadi?
A ildiz po'sti B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism
D so'ruvchi qism
37.Yangi ildiz tukchasi ildizning qaysi hujayralaridan hosil bo'ladi?
A ildiz qoplovchi B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism
D so'ruvchi qism
38..Nima sababli ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlarigacha kirib borib o'simlikni kerakli oziq bilan ta'minlab turadi?
A uzun hujayradan tuzilganligi uchun
B uzluksiz yangi ildiz tukchalari hosil bo'lganligi uchun
C yon ildizlarda ham mavjud bo'lganligi uchun
D juda ham ingichka mayda yoriqlarga kira olganligi uchun
39..Ildiz po'sti hujayralariga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A tirik yumaloq va yupqa qobiqli
B tirik yumaloq va qalin qobiqli
C tirik cho'zinchoq va yupqa qobiqli
D tirik cho'zinchoq va qalin qobiqli
40. Ildizning qaysi qismida-hujayralari orasida ildizdagi hujayralar uchun nafas olishda muhim hisoblangan havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlar bo'ladi?
A o'tkazuvchi qism B naylar C po'st Dso'ruvchi qism
41. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.
A ildiz po'sti,ildiz tukchalari; po’stloq, floema ,ksilema , markaziy silindir;
B bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C tukchalari, po'sti; naylar
D bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
42. Ko'ndalang kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi bu teshikchalarning ildizdagi vazifasi nimadan iborat va ular qanday ataladi?
A moddalarni o'tkazish; elaksimon naylar
B moddalarni o'tkazish;o’rta(markaziy )qismidagi naylar C so'rish;ildiz tukchasi D moddalarni jamg'arish; o'zak
43. Yosh ildiz bo’ylamasiga kesib qaralsa bir-biridan farq qiluvchi nechta qism farqlanadi?
A 5 B 4 C 3 D 2
44. Ildizning uchini … o'rab turadi.
A ildiz qinchasi B o'suvchi qism C so'ruvchi qism
D po'kak
45. Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?
A 5; ildiz qinchasi; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
B 4; bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C 4; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
D 4; o'suvchi; bo'linuvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
46.Makkajo’xorining 4mm2 so’rish qismida …… ildiz tukchasi bo’ladi ? jumlani to’ldiring.
A.700
B.750
C.700-2800
D.2800
47.Ildizning ko’ndalang kesmini mikroskopda ko’rganda nimalar ko’rnadi .
1.Ildiz po’sti 2.Ildiz qinchasi 3.Floema 4.ksilema 5.o’suvchi zonasi 6.markaziy silindir 7.po’stloqni
8.Yon ildizlari.
A.1.2.3.4
B.2.3.5.8.
C1.4.6.7
D.1.3.5.6
48. Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 70 B 200 C 700 D 100
49. Makkajo’xorining 5mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 7000 B 200 C 700 D 3500
50.To’g’ri javobni belgilang.
A o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’smaydi
B o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’sadi
C o’simlikning yer usti qismiga qaraganda yer osti qismi tez o’smaydi
D o’simlikning yer osi va yer usti qismi bir xil tezlikda o’sadi
51. ... ga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o`sadi
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)o’sish sharoitiga 4)tuproq unumdorligiga 5) qo`shimcha ildizlarga
6) o`simliklar turiga
A 1,2,3,4,5,6 B1,3,4,6 C 3,4,6 D 3,6
52. O’simlikdagi moddalar harakatlari ketma ketligini belgilang.
1.so’ruvchi qismida yuqoriga o’tkazuvchi qismida pastga 2.ildiz tukchalar orqali tuproqdagi suv va unda erigan meniral moddalar shimib 3.o’tkazuvchi qismida moddalar yuqoriga yetkaziladi 4.poya va bargdan kelgan moddalar ildizga keladi 5. Suv va unda erigan mineral moddalar poyaga yetkaziladi
A.3,4,2,1,5 B.1,3,4,2,4,1 C.1,2,4,3,2 D.2,1,3,5,4 D.1,4,2,4,6
53. g’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?
A 3-4sm B 3-4 mm C 2-3 sm D 2-3 mm
54.Ildizning o’sishi qaysi qism(lar)dagi hujayralarning bo’linishi hisobiga sodir bo’ladi?
A uchidagi B o’rta qismidagi C asosidagi
D ildizning butun hamma qismlaridagi
55.Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, …
A o’simlik qurib qoladi
B ildiz bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi –asosiy kuch yon ildizlarga beriladi
C ildiz eniga o’sishdan to’xtab bo’yiga o’sadi–kuch asosiy ildizga beriladi
D o’simlik bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi
56 .Ildiz uchining chilpishning ahamiyatini belgilang.
1)yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqori qatlamlariga kirib boradi 2) ildiz pastki nam-suvga boy qatlamlarga kirib boradi 3)ildiz baqquvat bo’lib o’sadi
A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D 1,2
57 .Dehqonlar qaysi o’simliklardan mo’l hosil olish uchun ildizining uchini chilpishadi?
1)g’o’za 2)bulg’or qalampiri 3)karam 4)pomidor
A 1,2,3,4 B 2,3,4 C 1,3,4 D 2,4
58. O’simliklarni urug’idan o’stirib, so’ngra uni boshqa joyga ko’chirishning sababi nimada?
A mo’l hosil olish B urug’idan sekin unishi
C vegetativ ko’paytirish D ildiz uchini chilpish
59.Ildiz qinchasi qaysi qismdagi yosh, nozik hujayralarnio tashqi ta’sirlardan himoya qiladi?
A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
60. U bor joyda suv bor. Ushbu ta’rif tegishli bo’lgan o’simlikni belgilang.
A saksovul B archa C yantoq D qandim
61. Ildizning bo’yiga o’sishini qaysi qismidagi hujayralar ta’minlaydi?
A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
62.quyidagilardan qaysi bir(lar)ida havo kam bo’ladi?
1)qum 2)tuproq 3)toshloq 4)qatqaloq
A 1,3 B 1,2 C 4 D 2,4
63.Bir yillik hujayrasi oddiy ko’z bilan ko’rinadigan, rezavor mevali, ildizi chilpinadigan o’simlikni ko’rsating .
A.karam B.pomidor C.tarvuz D qalampir
64.To’g’ri fikirni toping.
A.Ildizning bo’lnish qismidagi hujayralarning bo’linib ko’payishi hisobiga bo’yiga o’sadi.
B.ildiz qisimlari -ildiz qinchasi –o’suvchi –o’kazuvchi –so’ruvchi –bo’linuvchi .
C.Ildiz tukchasi qalin qobiqli, sitoplazma yirik yadroli bo’ladi.
D.Bosh piyozni ildiz poyasini 1mm2 sathida 60-70 ta ildiz tukchasi bo’ladi.
65.Ildiz tukchalari ildizni …… hosil bo’ladi. Jumlani to’ldiring.
A.Bo’linuvchi hajayra B.Qoplovchi hujayra
C.O’suvchg i hujayra D.Ildiz qinchasi hujayra lari.
66.Ildizning qaysi qismidagi hujayralar bo’linib ko’payishi hisobiga bo’yiga o’sadi?
A. bo’linuvchi B. o’suvchi
C. so’ruvchi D. o’tkazuvchi
67. Agarda ildizning uchki qismi chilpilsa ( yoki shikastlansa ) nimalar bo’ladi?
1) bo’yiga o’sishi to’xtaydi; 2) yon ildizlarning hosil bo’lishi kuchayadi; 3) o’q ildizi hosil bo’lishi kuchayadi.
A. 1,3 B. 2,3 C. 1,2 D. 1,2,3
68. Ildizlar bajaradigan vazifasiga ko’ra qanday shaklda bo’ladi?
A . 1 xil shaklda B. 2 xil shaklda
C. 3 xil shaklda D. turlicha shaklda
69. ildizlarning shakli o’zgargan ildizlariga qaysilar kiradi?
A. ildizmevalar, tayanch ildizlar, havo ildizlari
B. ildizpoya, tugunak, piyozbosh
C. piyozbosh, tayanch ildiz, havo ildizlari
D. t.j.y
70. Tayach ildizlarga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang.
A. asosiy ildiz shaklini o’zgartirib, yo’g’onlashadi va zaxira modda to’playdi.
B. poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar bo’lib, uni tik tutib turishga yordam beradi.
C. asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo’lib, undan yon ildizlar o’sib chiqadi.
D. B va C
71. Ildizmevaga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang.
A. asosiy ildiz shaklini o’zgartirib, yo’g’onlashadi va zaxira modda to’playdi.
B. poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar bo’lib, uni tik tutib turishga yordam beradi.
C. asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo’lib, undan yon ildizlar o’sib chiqadi.
D. A va C
72.Havo ildizlar bor bo’lgan o’simliklar ko’rsating?
A) tropiklarda o’sadigan o’simliklar
B)ban’yan o’simlikgida
C) makkajo’xori , qulupnay , ajriq o’simliklarida
D)sabzi , turp , rediska o’simliklarda
73. Qushimcha ildizli o’simliklarni ko’rsating?
A) tropiklarda o’sadigan o’simliklar
B)ban’yan o’simlikgida
C) makkajo’xori , qulupnay , ajriq o’simliklarida
D)sabzi , turp , rediska o’simliklarda
74.topinamburning yerosti (a) va yerusti (b) shakli o’zgargan novdalarini aniqlang?
1-gullari 2-tugunagi 3-ildizpoyasi 4-jingalagi
A)2.3 b-1.4 B)a-2.4 b-1.3 C)a-2 b-1.4 D)a-1 b-2
75.shakli o’zgargan yerusti (a) va yerosti (b) novdalarni aniqlang?
1-tugunak 2-tikan 3-piyozbosh 4-ildizpoya 5-gajak 6-jingalak 7-ildizmeva 8-gul
A)a-2.5.6.8 b-1.3.4 B)a-5.6.8 b-1.2.3.4
C)a-1.3.4 b-2.5 D)a-2.5.6 b-1.3.4.7
76. barglari etli bo’lgan o’simliklarni aniqlang?
1-boshpiyoz 2-karam 3-sabzi 4-yalpiz 5-limon 6-mandarin 7-aloe
A)2.5.6.7 B)1.2.5.6 C)1.2.7 D)1.2.3.4