O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Ekonometrik model parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik koeffisientlarini hisoblash



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə28/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#57548
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
T. Kuchkarov, A. Ishmuradov, D. Xudaynazarova «ekonometrika» O‘q

3.4. Ekonometrik model parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik koeffisientlarini hisoblash
Ekonometrik modellashning uchinchi bosqichi – modelni verifikatsiya qilishdir. Bu jarayon tuzilgan modelni ahamiyatliligini to‘rtta mezon bo‘yicha tekshiriladi:

- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffisienti va determinatsiya koeffisienti yordamida baholanadi;

- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;

- model parametrlarining ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;

- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usuli» ning bajarilish shartlari tekshiriladi.

Tahlil qilinayotgan qatorlar dinamikasi har doim anchagina uzunroq qatorlarning tanlamasi hisoblanadi. Shuning uchun korrelyatsion-regerssion tahlil asosida olingan ekonometrik modellarning ishonchliligini har tomonlama tekshirish va baholash lozim.

Tuzilgan ekonometrik modelning ahamiyatliligi, ishonchliligi va keyinchalik prognozlashda qo‘llash mumkinligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:


  1. Ekonometrik modellarni ahamiyatini Fisher mezoni va approksimatsiya xatoligi yordamida baholash.

  2. Ekonometrik modellar sifatini ko‘p omilli korrelyatsiya koeffisienti va determinatsiya koeffisienti yordamida baholash.

  3. Ekonometrik model parametrlarini Styudent mezoni yordamida baholash

  4. Qatorlarda qoldiq avtokorrelyatsiyani Darbin-Uotson mezoni bo‘yicha baholash.

Bu mezonlarni hisoblash formulalari va tekshirish jarayoni amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rsatiladi.


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin