28
biron narsa oʻrgatish aslo mumkin boʻlmagan. Unda hatto eng oddiy
koʻnikmalar ham hosil boʻlmagan.
Yuqorida aytilganlardan, miyaning poʻst ostidagi qismlarining psixik
hayotga hech qanday aloqasi yoʻq degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar poʻsti
oʻz tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bogʻlangan.
Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining
tolalari va poʻst ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar poʻstining qismlariga
bogʻlangandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati
boʻlmasa, psixik hayot ham boʻlmas edi.Shu bilan birga, butun nerv
sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya poʻsti asosiy rol
oʻynaydi. I.P.Pavlov ta’limotiga koʻra, yarim sharlar poʻsti organizmdagi
hamma funksiyalarni idora etadi. I.P.Pavlov ta’limotiga koʻra, katta yarim
sharlar poʻsti organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi.
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambarchas
bogʻliq boʻlib, undan ajralmasdir. Periferiyadagi nerv sistemasi nervlardan
tuzilgan: bu nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib va butun organizmga
tarmoqlanib, organizmning har bir qismini bosh miya va orqa miya bilan
bogʻlaydi. Bosh miyadan 12 juft nerv, orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi (2-
rasm).
Dostları ilə paylaş: