1
OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKЕNT ARХITЕKTURA VA QURILISH INSTITUTI
N.A. ARIPOVA, L.A. XOLMAMATOVA, N.B. QURBONOVA
KASBIY PSIXOLOGIYA
DARSLIK
5111000 – Kasb ta’limi yoʻnalishida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun
Toshkent-2019
2
UDK: 371.132
M
ualliflar:
N.A. Aripova, L.A. Xolmamatova, N.B. Qurbonova
“Kasbiy psixologiya” darslik.
Darslikda ta’lim va taraqqiyotning oʻzaro bogʻliqligi, ta’lim psixologiyasi
kursining asosiy mazmuni boʻlgan talabalarning oʻqish va uqish faoliyatini
shakllantirish hamda tarbiya psixologiyasining ta’lim-tarbiya
jarayonida talaba
shaxsini shakllantirish kabi muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur darslik kirish qismi va 6 ta bobdan iborat boʻlib, uning birinchi
bobida “Kasbiy psixologiyaning nazariy asoslari” haqida yoritilgan.
Ikkinchi
bobida esa, “Kasbiy oʻqitishning psixologik asoslari” toʻgʻrisida ma’lumotlar
berilgan. Uchinchi bobda “Kasbiy layoqat tashxisi”, toʻrtinchi bobda “Kasbiy
faoliyat psixodiagnostikasi” haqida ma’lumotlar keltirilgan. Beshinchi bobda
“Yosh davrlarining turli bosqichlarida kasbiy oʻzlikni anglash ya’ni, ilk
oʻspirinlik davrining psixik xususiyatlari hamda talabalarning oʻquv
faoliyati
toʻgʻrisida gapirib oʻtilga. Darslikning oltinchi bobi “Kasb va shaxs
psixologiyasi ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish”
nazariyalariga
bagʻishlangan.
Taqrizchilar:
p.f.d.
F. Xalilov
– TDPU professori.
M.Yu. Mahkamova
– TAQI dotsenti.
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа oʻrtа mахsus tа’lim vаzirligining
2018 yil, 25-avgustdаgi 744-sоnli buyrug‘ining 9-ilovasigа аsоsаn darslik
sifаtidа nаshr etishgа ruхsаt bеrildi.