198
Bajarish jarayoni. Bu bosqich davomida oʻqituvchi ma’lumot yigʻadi
va tahil qiladi. Yigʻilgan va tahlil qilingan ma’lumot mukammal boʻlishi
zarurmas, chunki say-harakat tadqiqoti samarali va uddalasa boʻladigan boʻlishi
kerak.
Say-harakat tadqiqotini rivojlantirish. Bu bosqichda oʻqituvchi
oʻzgarishlar qilishni va bu oʻzgarishlarni amalga oshirishni rejalashtiradi. Bu
say-harakat tadqiqotini harakat bosqichi va oʻqituvchilar tadqiqotni boshqalar
bilan ulashishi uchun oʻz hatti harakatlarini yozib borishlari muhim.
Ma’lumot almashish va mulohaza yuritish. Tadqiqotning eng muhim
birliklaridan biri bu ma’lumot almashishdir. Natijalar maktabdagi hamkasblar
orasida, yoki tumanda, mahalliy kollejda, konfrensiyalarda yoki ta’lim
jurnallarida e’lon qilinishi mumkin. Say-harakat tadqiqoti oʻquvchilarni faol
qatnashchilar sifatida jalb etishlari mumkin, agar bu muhim boʻlsa bu aloqa
oʻquvchilar va ota-onalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Boshqalar bilan
aloqada boʻlish gʻoyalrni takomillashtiradi va mulohaza yuritishga ham yordam
beradi. Mulohaza yuritish davomida oʻqituvchi-tadqiqotchilar shunday savollar
soʻrashlari mumkin: “nima oʻrgandim?” “nimani boshacha qilishim kerak edi?”
“endi nima qilishim kerak?”. Bunday savollar tadqiqotning yangi davriga,
rejalashtirishga va boshqa bosqichga oʻtishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: