O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


(a,b)-rasm. Platina va uning tayyor mahsuloti



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

6.19.(a,b)-rasm. Platina va uning tayyor mahsuloti 
Metalurgik zavodlarda hajmi ko‗p bo‗lgan, tarkibida platina guruhi metallari 
miqdori nisbatan kam bo‗lgan xom ashyolar (tarkibida 0,05-0,5 % platina va 
palladiy bo‗lgan, ishlatilgan katalizatorlar) qayta ishlanadi. 
6.5.1. Tarkibida nodir metallar bo‘lgan chiqindi xom ashyolarni qayta 
ishlash 
Ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlash uchun ularning tarkibidagi nodir 
metallarni to‗liq va kompleks holda tovar mahsulot shaklida ajratib olish 
imkoniyatini beradigan pirometallurgik va gidrometallurgik jarayonlar qo‗llaniladi. 
Bu jarayonlarda nodir metallarni to‗liq ajratib olish bilan birga xom ashyo 
tarkibidagi noyob va rangli metallarni, ularning kimyoviy birikma va 
qotishmalarini ham isrof qilmasdan ajratib olish muhim omil hisoblanadi. 
Ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlashning eng maqbul usulini tanlashda 
quyidagi omillarga e‘tibor beriladi: qayta ishlanayotgan xom ashyoning xususiyati, 
ajratib olinishi kerak bo‗lgan metallarni mikdori, yo‗ldosh metallarni va nometall 
birikmalarni xususiyati va konsentrasiyasi, texnologik jarayonning ishonchliligi, 


195 
qo‗llanilayotgan usulning texnik-iqtisodiy effektivligi va atrof muhitga ta‘siri. 
Xom ashyoning xususiyatiga qarab quyidagi eritish usullarining biri qo‗llanilishi 
mumkin: 
1) metall olish uchun eritish; 
2) ligaturali qotishma olish uchun eritish; 
3) mis, mis-nikel qotishma olish uchun eritish; 
4) qo‗rg‗oshin qotishmasi - verkbley olish uchun eritish. 
Metall olish uchun eritish tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori yuqori 
bo‗lgan xom ashyolarni qayta ishlashda metalni bir jinsli holga keltirish, keraksiz 
aralashmalarni shlaka o‗tkazish, keyingi texnologik jarayonlar va tashish uchun 
qulay bo‗lgan anod shaklidagi qotishmalar olish maqsadida qo‗llaniladi. Keraksiz 
aralashmalarni shlak tarkibiga o‗tkazish uchun shixta tarkibiga bura, soda, shisha, 
ayrim hollarda metallarni va xalkogenid birikmalarni oksidlash uchun selitra 
qo‗shiladi. Qayta eritish jarayoni qarshilik elektr pechlarida, yuqori chastotalari 
induksion pechlarda va yoyli elektr pechlarida olib boriladi. 
Ligaturali qotishmalar olish uchun eritish jarayoni nisbatan kambag‗al 
bo‗lgan xom ashyolar (akkumulyator temir-tersaklari, ishlatilgan metallik 
katalizatorlar, tarkibida nodir metallar bo‗lgan shlamlar, qotishmalar) hamda 
gidrometallurgik qayta ishlov berish natijasida hosil bo‗lgan mahsulotlar 
(cho‗kmalar, kimyoviy birikmalar - galogenidlar, rodanidlar, ko‗mirli sulfidlar va 
boshqalar) qayta ishlash uchun qo‗llanadi. Jarayonning maqsadi - nodir metallarni 
minimal isrof qilgan holda keraksiz aralashmalarni shlakka o‗tkazish va 
metallashgan (ko‗mirli) faza hosil qilish hisoblanadi. Jarayon stasionar yoki 
buriluvchan yallig‗-qaytaruvchi pechlarda, yoyli elektr pechlarda, ayrim hollarda 
tigel yoki induksion pechlarda olib boriladi. 
Mis qotishmalarni olish uchun eritish jarayoni xom ashyo tarkibida nodir 
metallar miqdori bo‗yicha juda kambag‗al bo‗lgan meteriallar (shlamlar, 
elektronika texnikasi temir-tersaklarini ayrim turlari, turli xil ikkilamchi xom 
ashyolarni gidro- va pirometallurgik ishlov berish natijasida hosil bo‗ladigan yarim 
mahsulotlar. Bu jarayon mis eritish zavodlarida olib boriladi. Nodir metallarni 


196 
chiqindilari asosan xomaki misni konvertorlarda eritish paytida pechga yuklanadi 
va nodir metallar keyingi jarayon - misni elektrolitik rafinirlashda shlam holida 
ajratib olinadi. 
Verkblay olish uchun eritish natijasida oltin va kumush dastlab xomaki 
qo‗rg‗oshin bilan birikma hosil qiladi, so‗ngra verkblay kupelirlash bosqichida 
nodir metallar qotishmasi shaklida ajratib olinadi. Ikkilamchi xom ashyolarga 
gidrometallurgik ishlov berish ruda va konsentratlarga birlamchi ishlov berish 
amaliyotida to‗plangan malakalarga asoslangan. Bu jarayonlar xom ashyolarga 
kimyoviy ishlov berish, nodir metallarni eritmaga o‗tkazish, metall yoki ularning 
kimyoviy birikmalari shaklida ajratib olishda keng qo‗llanilmoqda. 
Kimyoviy ishlov berishda jarayonlarida asosan uch guruhga bo‗linadigan, 
juda keng nomeklaturadagi erituvchilar ishlatiladi: 
1. Xom ashyo tarkibidagi komponentlarni asosiy qismini eritma tarkibiga 
o‗tkazadigan kollektiv erituvchilar. Tanlab eritish natijasida eritmaga tarkibiga 
o‗tgan metallarni nisbati xom ashyo tarkibidagi metallar nisbati bilan bir xil 
bo‗ladi. Bunday erituvchilarga xlorli, nitratli erituvchilar misol bo‗ladi. 
2. Xom ashyo tarkibidagi nodir bo‗lmagan metallarni eritmaga o‗tkazadigan 
selektiv erituvchilar. Bunday erituvchilarga nordon sulfatli va xlorli erituvchilar 
misol bo‗ladi. 
3. Xom ashyo tarkibidagi nodir metallarni, qolgan yo‗ldosh nodir bo‗lmagan 
birikmalarga ta‘sir qilmay eritmaga o‗tkazuvchi selektiv erituvchilar. Bularga oltin 
va ko‗mirni erituvchi ishqoriy metall sianidlarini suvli eritmalari, kumush va 
uning birikmalarini erituvchi tiosulfatlar, tarkibida ligand guruhi bo‗lgan organik 
erituvchilar kiradi. 
Eritma tarkibiga o‗tgan nodir metallarni ajratib olish uchun quyidagi usullarni 
biri qo‗llanadi: 
1) noorganik va organik reagentlar qo‗llab sementasiyalash yoki tiklash; 
2) elektrolitik tiklash
3) qiyin eruvchi tuzlar shaklida cho‗ktirish; 
4) sorbsiyalash va ekstraksiyalash. 


197 
Yuqori tozalikdagi mahsulot olish yuqorida keltirilgan usullarning ichidan 
qiyin eruvchi tuzlar holida cho‗ktirish va elektrolitik tiklash usullari keng 
qo‗llaniladi. 
Tarkibida oltin bo‗lgan temir-tersak va chiqindilarga quyidagi xom ashyolar 
kiradi. 
1. Eritmalardan va oltinlash jarayonidan qolgan, ishlatilgan elektrolitlardan 
alyuminiy yoki rux bilan sementatsiyalab ajratib olishda hosil bo‗ladigan metallik 
oltin shlamlari (oltin miqdori dan 9 foizgacha). 
2. Oltin bilan qoplangan metall (temir, po‗lat, rangli metallar qotishmalari) va 
nometall (plastmassalar, keramika) buyumlarning temir-tersak va chiqindilari; 
3.Metallarning va nometallarning kukunlari (oltin miqdori 10-99,9 foiz); 
4.Turli xil buyum va detallar ishlab chiqarishda hosil bo‗ladigan tarkibida oltin 
bo‗lgan chiqindilar (oltin miqdori 58,7 foizgacha), hamda ushbu chiqindilardan 
eritib olingan quymalar; 
5. Zargarlik buyumlariga saykallab ishlov berishda xosil buladigan chikindilar 
(tarkibida oltin miqdori foizgacha) 
Qimmatbaxo metallar
 
ikkilamchi metallurgiyasining o‗ziga xosligi shundan 
iboratki, ikkilamchi xom-ashyolarining fizikaviy shakli va kimyoviy tarkibining 
xilma xilligidir. 
Aksariyat xollarda qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning
chiqindilari birlamchi metall (oltin, kumush,platina) olinadigan rudalarga 
karaganda boy tarkibga ega buladi. Shuning uchun bunday chikindilarni kayta 
ishlash rudalarni kayta ishlashganda foydalirokdir.
Xattoki tarkibida kam mikdorda qimmatbaho metallar bo‗lgan chiqindilarni 
qayta ishlash metallarning qiymati nuqtai nazaridan olinganda rentabellidir.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin