O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

“Oyoqlaring, qo‘llaring va es-hushingni
Ezgu amal, adolat va to‘g‘rilikka yo‘lla,
Yomon ishdan, bedodlik va egrilikdan tiyil!”
1
.
Zardusht insonga ezgulik qurolini berib, yovuzlikdan 
g‘olib  bo‘lishga  undadi.“Men  yaxshi  fikr,  yaxshi  so‘z,  yax-
shi ishga shon-shavkat baxsh etaman”,- deyiladi Avestoning 
Yasna  (14)  kitobida.  “O  Spitama,  shartnomani  buzuvchi  ki-
shi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli 
barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O Spitama ahdingni 
buzma...”  (“Yasht”,  X  bob.)  Axuramazda,  insonlar  o‘rtasida 
bo‘layotgan munosabatlar o‘zaro adolat, samimiylik, hurmat, 
beg‘arazlik, yordam va oqibatli bo‘lish zarurligiga, yomon fi-
krlardan holi bo‘lishga chaqiradi. G‘oyalarning bunday tarzda 
qo‘yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yon yashashi-
dan iborat, oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan 
voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish, 
adolatsiz bo‘lish katta gunoh degan hikmatning mohiyatini 
anglashga undaydi.
Zardushtiylikning muqaddas “uchlik” va “yettilik” ka asos-
langan udum va an’analari ming yillar davomida insoniyat-
ning ma’naviy-axloqiy taraqqiyotiga xizmat qilib keldi. Xusu-
san, unda etti mavjudod – tuproq, suv, olov, havo, o‘simlik, 
hayvon va inson xudo tomonidan yaratilgan ilohiy mohiyat-
ga ega vujudlar deb hisoblangan. Ular orasida inson eng oliy 
mavjudod bo‘lib, boshqa olti vujud – mavjudodga homiylik, 
g‘amxo‘rlik  qilishi  lozim,  deb  hisoblangan.  Ya’ni,  inson  tup-
roqni serunum qilishi, suvni va suv havzalarini toza tutishi, 
o‘simlik va daraxtlarni ko‘paytirishi, hayvonlarga homiylik 
1
 Avesto–T:. Sharq, 2001. – B.290.


19
qilishi zarur, shuningdek, o‘zining jismiy va ma’naviy-axloqiy 
sog‘lig‘iga e’tibor berishi, qarindosh-urug‘lariga g‘amxo‘rlik 
qilishi, o‘g‘il va qizlarini o‘z vaqtida uy-joyli qilishi, yomon 
ishlardan saqlanishi, beva-bechoralarga yordam berishi dar-
kor. 
Zardusht ta’limotiga asosan inson, jamiyat va tabiatga 
axloqiy munosabatlar bolalarning yoshligidan o‘rgatib boril-
gan. Asosan 7 yoshga to‘lgan bolalar tarbiya jarayonida “men 
zardo‘shtiylik diniga sodiq bo‘lishga va’da beraman, men 
yaxshi  fikrlar,  yaxshi  so‘zlar,  yaxshi  ishlarga  ishonaman....”. 
Zardusht aqidasicha, har bir insonning qalbi pok bo‘lib, hul-
qi xush bo‘lsa, hunar va ilm egallab, rizqi ro‘zi halol bo‘lsa, 
 uning amali chin bo‘ladi. Unday obidning qo‘li ishda. Dili va 
tili ibodatda bo‘lib, bu dunyoni yashnatishga xizmat qiladi. 
Zeroki, xushxulqu pokdil, sobitqadamu hunarparvar odamlar-
gina olamni komillik sari eltadilar.
Zardushtiylikda ma’rifat va bilimning kuchiga qattiq 
e’tiqod qilinadi va jamiyat hayotida ham oqibat natijada 
ma’rifat yutib chiqadi, deb hisoblanadi. O‘sha davrda bo-
lalarning faqat sihat-salomat va jismonan baquvvat bo‘lishi 
haqidagina emas, balki ilmu ma’rifat olishi va ma’naviy 
sofligi,  yaxshilik,  ezgulik  xislatlarini  egallashlari  to‘g‘risida 
ham g‘amxo‘rlik qilishgan. Asosan bolalarda mehnatsevar-
lik, rostgo‘ylik, sahovatlilik fazilatlarini tarbiyalashga muhim 
ahamiyat berilgan”
1
.
 Shuning uchun “Avesto” da ta’lim-tarbiya berishning ilk 
tizimi tavsiya etilgan: 
a) diniy va axloqiy tarbiya; b) jismoniy tarbiya; d) o‘qish 
va yozishga o‘rgatish.
O‘sha vaqtlardayoq bolalarning faqat sihat-salomat, jismo-
nan baquvvat bo‘lishi haqidagina qayg‘urish emas, balki ilmu 
hikmat  sohibi  bo‘lishi  va  ma’naviy  sofligi,  yaxshilik-ezgulik 
xislatlarini egallashlari to‘g‘risida fikrlar ilgari surilgan. Nega?
1
  Yo‘ldoshev  J.,  Hasanov  S.  Avestoda  axloqiy  ta’limiy  masalalar.  –T.: 
O‘qituvchi, 1992. - B. 22


20
Zardushtiylik ta’limotida ma’rifat va bilimning kuchiga 
qattiq e’tiqod qo‘yilgan va jamiyat hayotida oqibat – natijada 
ilmu hikmat yutib chiqadi, deb hisoblangan. 
Zardushtiylik ta’limoti mohiyatan axloqiy “o‘z-o‘zini 
tashkillashtirish” tafakkur uslubidir. “Inson o‘z-o‘zini tash-
killashtirish uchun o‘z-o‘zini tartibga solish, regulyatsiya 
qilishi shart, ammo inson darajasida hayvonlardagidek so-
matik tartibga solish vositalari emas, axloqiy-ma’naviy da-
rajadagi regulyatorlar kerak bo‘ladi. Shuning uchun inson 
o‘zini tartibga solishning boshqacha turlaridan foydalanadi. 
Axloqiy, e’tiqodga oid, irodaviy, tanqidiy, aqliy me’yorlar, 
dun yoqarash, axborot, ong, orzu-istak tartibga solish vosi-
talaridir. Inson o‘z-o‘zini boshqarish vositalari - aql, tafakkur, 
fazilatlar, qiziqish, talabni ham vujudga keltirdi, bu hodisalar 
boshqarish funksiyalarini bajaradilar. Bularsiz inson o‘z-o‘zini 
tashkillashtira olmaydi. Insonning ruhiy-ma’naviy o‘z-o‘zini 
tashkillashtirishida muhim rol o‘ynovchi bu aloqadorlik, ya’ni 
ma’naviy va ruhiy uyg‘unlik uning ijtimoiylik, aqllilik, hissiy-
lik, axloqiylikni ta’minlaydi”
1
.
Zardushtiylikning bu kabi manaviy axloqiy tamoyil-
lari va me’yorlari davrlar silsilasida ko‘plab oqimlar va 
yo‘nalishlarning, konsepsiyalarning manaviy zamini bo‘ldi.
Islom axloqi ham o‘z ichiga zardo‘shtiylikning bir muncha 
elementlarini  olgan.  Qur’ondagi “Yaratuvchi  har  insonga  ta-
fakkur darajasi va qobiliyat imkoniyatlari doirasida rizqu na-
siba ulashadi. Birovniki ko‘p, boshqaniki kam ekanligi – har 
kimning o‘zidan; Amallar niyatga qarab qabul qilinur, kim 
qan day niyat qilgaydir, shunga erishgusidir; Adolatlilik, oqil-
lik bizning o‘zimizdan boshlanmog‘i kerak; Odamlarni yaxshi-
likka chorlab turib, o‘zi ibodatda yo‘q kishining da’vat qilishi 
katta gunohdir; Haqni nohaqlik bilan qorishtirmangiz hamda 
bila turib, haqiqatni yashirmangiz; O‘zing aniq bilmagan nar-
saga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, diling har biri to‘g‘risida 
1
  Sinergetika mohiyati. Qonuniyatlari va amaliyotda  namoyon bo‘lishi. – T:. 
Navro‘z. -B. 121


21
javob berur; Kechirimli bo‘l, yaxshilikka buyur va johillardan 
yuz  o‘gir;  Kim  sabr  qilib,  kechirsa,  albatta,  bu  mardlik  ish-
laridandir; Yaxshilik qilishda odamlarning eng saxiysi bo‘ling; 
Yomonlikni go‘zal narsa ila daf’ qil” kabi oyatlar mazmunida 
shu ohanglarni ilg‘ash mumkin.
Axloqning mohiyati islom dinining muqaddas manbayi 
Qur’oni  Karimning  barcha  oyatlarida  aks  etgan.  Umuman, 
mazkur manbada hayotdagi har qanday holatlarda barcha in-
sonlarga muvofiq keladigan o‘zaro aloqador va bog‘liq huquqiy 
ko‘rsatmalar, ijtimoiy tamoyillar, xulq-atvor qoidalari, axloqiy 
tavsiyalar, psixologik o‘gitlar, ma’qullash shart bo‘lgan hikmat-
larning bir butun tizimi mavjud va bu tizim abadiy xarakterga 
ega bo‘lib, har qanday sharoitga mos keladi. “Yaxshilik va taqvo 
yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkor-
lik qilmang”(“Moida”surasi,2-oyat), “Va oshkora hamda max-
fiy gunohlarni tark qilinglar” (“Anom” surasi, 120-oyat).“Afvni 
(qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz 
o‘giring”(“A’rof” surasi, 199-oyat),“...biror qavm (kishilari)
ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilish-
ga  undamasin!”  (“Moida”surasi,  8-oyat),“Yaxshilik  qilishga 
shoshilingiz”(“Moida”  surasi,  48-oyat),  “Mol-mulklaringizni 
o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangizlar! (“Niso” surasi, 29-
oyat), “(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash 
yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning 
mukofoti  Allohning  zimmasidadir...”(“Sho‘ro”surasi,40-oyat), 
“...Agar sizlar (ularni) afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsan-
giz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli 
va  rahmlidir”  (“Tag‘obun  surasi”,14-oyat),“Yomonlikni  go‘zal 
narsa ila daf qil” (“Muminun”surasi,96 oyat), “Agar sizlarga 
biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bil-
magan holingizda biror qavmga aziyat etkazib qo‘yib, (ke-
yin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun 
(u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz”! (“Hujurot”surasi, 
6-oyat), “(Siz lardan) biror millat (boshqa) bir millatni masxara 
qilmasin! Ehtimolki, (masxara qilingan millat) ulardan yaxshi-
roq bo‘lsa...”(“Hujurot”surasi, 11- oyat).


22
“Qur’onni o‘qiganimda hayotning dinamik prinsipla-
rini ko‘raman, bu tasavvur emas, aksincha, unda insonning 
kundalik hayoti uchun butun dunyoga mos amaliy-axloqiy 
tizimi bor”
1
.
“Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog‘larga 
taklif qildik. Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va un-
dan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi. Darhaqiqat, u o‘ta zolimdir, 
o‘ta  johildir”(“Ahzob”  surasi,  72-oyat).  Ma’lumki,  “omonat” 
so‘zi “amana” fe’lining masdari - ish-harakat nomi bo‘lib, 
“ishonib topshirilgan narsa” degan ma’noni anglatadi. Alloh 
taoloning omonati Allohning farzlari va shariat takliflari, O‘z 
amr va nahiylari edi. Bu omonatni ko‘tarish shunchalar og‘ir 
ediki, hatto shunday ulkan osmon, zamin va tog‘lar ham uni 
ko‘tarishdan qo‘rqdilar, chunki bu omonatni uddalab, o‘rniga 
qo‘ya olishlariga ko‘zlari yetmadi. U omonatni inson ko‘tardi. 
Lekin inson jinsi (hamma emas albatta) o‘ziga yuklatilgan va 
o‘zi  qabul  qilgan  omonatga  muvofiq  ish  yuritmasdan,  o‘ziga 
zulm qiladi. Inson o‘zi rozi bo‘lib, qabul qilib olgan omonatga 
xiyonat qilmasdan, zulm qilmasdan, johil bo‘lmasdan, o‘ziga 
yuklatilgan  omonatni  ado  etishi  joizdir.  “Kim  Mening  eslat-
mamdan yuz o‘girsa, bas, uning uchun tang (baxtsiz) turmush 
bo‘lishi muqarrar...”(“Toho”surasi,124-oyat).
Xulqlanish insonning o‘zining tilidagi, dilidagi va amal-
laridagi illatlarni bartaraf etish, zarur axloq sifatlarni o‘ziga 
kasb qilish, farzi ayn, farzi kifoya, vojib, sunnat, muboh, odob 
va  mantiqda  iqtido  orqali  amalga  oshiriladi.  Lekin  tabiatan 
badfe’l banda xulqlanish maqomiga erishmaydi. “Haqiqatan, 
kufr (imonsizlik)dagi kishilar – ularni ogohlantirsangiz ham, 
ogohlantirmasangiz ham, ularga baribir - imon keltirmagay-
lar. Ularning dillari va quloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan. 
Ko‘zlarida  esa  parda  (bor).  Ular  uchun  ulkan  azob  (tayyor-
lab  qo‘yilgandir)!”  (“Baqara”  surasi,  6-7-oyatlar).  “Jahan-
nam  uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. 
Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda 
1
  Navdu S. Islomiyatning oliy maqsadlari. Madras, 1918. B.167


23
ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularda quloqlar 
bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar 
kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o‘shalar 
g‘ofillardir. (“A’rof” surasi, 179-oyat).
Insonnni anglash azaldan mushkul yumushlardan biri 
hisoblanadi. Chunki “... inson ko‘p janjal (bahs) qiluvchidir” 
(“Kahf” surasi, 54-oyat).
“Albatta, Biz senga ravshan fathni berdik. Alloh se-
ning  avval  o‘tgan  gunohlaringni  va  keyingilarini  mag‘firat 
etish, ne’matini batamom qilish va seni to‘g‘ri yo‘lga bosh-
lash uchun... Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun” 
(“Fath”surasi, 1-3 oyatlar).
Islom axloq falsafasiga ko‘ra axloqiy yuksalish imon, ha-
qiqat va adolatdan boshlanadi. Falsafa qomusiy lug‘ati imon 
muayyan fikr, oliy g‘oyaning haqiqatligiga komil ishonchdan 
iborat  shaxsdagi  alohida  ruhiy  holatdir  deb  ta’riflanadi.  Is-
lom tal’limotiga ko‘ra imon uch unsurdan, ya’ni, ishonch (Al-
lohning yagonaligiga), iqror (so‘zda istig‘for qilmoq) va amal 
(ezgu ishlar bilan qalb va so‘z amrini isbotlamoq) dan tashkil 
topgan.
Demak, imon ma’naviyatining botiniy mohiyatlaridan biri 
bo‘lib, kishi uchun hayotda to‘g‘ri yo‘l topishning muhim omi-
li hisoblanadi. Imonga asoslangan ruhiy holatlarning maz-
muni insondagi ma’naviy kamolot darajasi bilan belgilana-
di. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko‘pincha imon, asosan, 
diniy tushuncha sifatida kishilarimizning ongiga, tafakkuriga 
o‘rnashgan. Aslida esa imonning ham diniy, ham dunyoviy 
talqini mavjud. Har kuni foydali bir amal, savob ish qilish, so-
lih xulq sohibi bo‘lish, butun insoniyatga mehr – muhabbat 
bilan qarash, jamiyatdagi kishilarning xulq-atvor me’yorlarini 
qalban his qilib, ularni buzmaslikka intilish, jamiyatdagi tar-
tib - qoidalarga ongli munosabat, adolat, halollik ham imon-
dir. Imonning zohiriy sifatlari himmat va saxovat, oriyat va 
nomus, zakovat va farosat, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, 
insonparvarlik, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, halollik, 
ezgu ishlar qilishdir. “Imon markazida muayyan dunyoqa-


24
rash, olamga, odamga va ularning turli uyushmalariga mu-
nosabatni belgilash yotsa-da, ammo, umuminsoniy axloqiy 
qadriyatlar – so‘z bilan ish (amal) birligi, insof, diyonat, halol-
poklik, vijdonlilik, sadoqat, muhabbat, til va dil birligi, vatan-
parvarlik, shuningdek, oila, jamiyat, xalq va butun insoniyat 
oldidagi burchni anglash kabi fazilatlar imonlilik shartlari 
hisoblanadi”
1
. Buyuk alloma Alisher Navoiy “Mahbub ul-
qulub” asarida bildirgan “Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo 
yo‘q. Har kimda bu ikki yo‘q – iymon yo‘q va har kimda imon 
yo‘q – andin odamiylik kelmak imkoni yo‘q” fikrida ham axloq 
imon butunligini taqozo etishi ifodalangan.
Axloq ilmi mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy (“Fozil shahar 
aholilarining  fikrlari”),  Abu  Rayhon  Beruniy  (“Hindiston”), 
Ibn Sino (“Axloq ilmiga doir risola”, “Burch to‘g‘risida risola”, 
“Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola”, “Adolat haqida kitob”), 
Yusuf Xos Hojib (“Qutadg‘u bilig”), Ahmad Yugnakiy (“Hibatul 
haqoyiq”),  Kaykovus  (“Qobusnoma”),  Jalolidin  Rumiy  (“Ich-
indagi ichindadur”), Farididin Attor (“Asrornoma”, “Pand-
noma”, “Tazkirat ul-avliyo”, “Ilohiynoma”), Umar Hayyom 
(“Donishmandlik tarozusi”, “Borliq va burch haqida qaydlar”), 
Sa’diy Sheroziy (“Guluston”, “Bo‘ston”), Abdurahmon Jomiy 
(“Bahoriston”), Alisher Navoiy (“Mahbub ul-qulub”), Jalolid-
din Davoniy (“Axloqi Jaloliy”), Husayin Voiz Koshifiy (“Axloqi 
Muxsiniy”), Abdulla Avloniy (“Turkiy guliston yoxud axloq”), 
Fitrat (“Rahbari najot”), Cho‘lpon (“Hind sayyohi”) kabi mu-
tafakkirlar o‘z asarlarida axloqning eng muhim masalalarini 
ko‘tarib chiqdilar, ko‘plab axloqiy qarashlarni ilgari surdilar, 
axloqiy tamoyillar va munasabatdosh kategoriyalarni ishlab 
chiqdilar.
Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy axloqlik 
hodisasining motivatsion xususiyati, namoyon bo‘lishi, axlo-
qning jamiyat hayotidagi o‘rni va funksiyalarini tadqiq qilgan 
alloma hisoblanadi. Uning shoh asarlari “Jamiyatni o‘rganish 
haqida kitob”, “Baxt saodatga erishuv yo‘llari ha q ida risola”,“Fozil 
1
  Falsafa qomusiy lug‘ati. – T:. Sharq, 2004.-B.160.


25
shahar aholisining maslagi haqida kitob”, “Shaharlar haqida 
siyosat yuritish”, “Urush va tinch turmush haqida kitob”,“Fozil, 
johil, fosiq, o‘zgartirilgan va adashgan shaharlar haqida kitob”, 
“Ixso-ul-ulum”da axloqni bir butun tizim sifatida tadqiq etdi.
Daraxtning yetukligi, – deydi Forobiy uning mevasi bilan, 
insonning barcha go‘zal xislatlari uning mehri, oriyati, sado-
qat, xushfelligi, sharmu hayosi, halimligi, ya’ni axloqi bilan 
o‘lchanadi. 
Forobiy fikrini davom ettirib, inson o‘zini axloqiy poklam-
ay, tafakkurini boyitmay turib baxt-saodatga erishuvi yuzaga 
kelmaydi. Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda tajri-
ba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va 
ulardan jirkanadi. Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligi-
dan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq 
va odobli bo‘lsin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan 
saqlansin, xiyonat, makr va xiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli 
bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq 
bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli il-
mdan mol dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar 
to‘g‘risida bilimni egallasin
1
 deb uqtiradi.
Alloma insonning yaxshilikni qo‘lga kiritishi uning o‘z 
qo‘lida ekanligini ta’kidlab, inson haqiqatni va haqiqat taraf-
dorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat 
bilan qaraydigan bo‘lsin, ruhi g‘ururli va o‘z vijdonini qadr-
laydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan 
yuqori va oliyjanob ishlarga intiladigan bo‘lsin deb uqtiradi.
Abu Nasr Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan “xukmdor-
ning axloq konsepsiyasi” o‘ziga xos axloqiy-me’yoriy dastur 
sifatida  nafaqat  Sharq,  balki  G‘arb  Uyg‘onish  va  Yangi  davr 
etikasiga ta’siri kuchli bo‘ldi.
Allomaning  fikriga  ko‘ra  xukmdor  davlatni  boshqarishga 
kirishuvdan oldin o‘zini turli hirslardan tozalishi, o‘z xulqini 
tarbiyalashi kerak, turli lazzatlarga, kayfu safoga emas, ha-
1
 Forobiy . Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti,1993.-B.182 


26
qiqatga bo‘lgan hisni tarbiya qilish kerak va u o‘zida 13 ta 
xususiyatni mujassamlashtirmog‘i kerak:
1. To‘rt muchali sog‘-salomat, biror jismoniy nuqsoni 
bo‘lmasin;
2.  Kuchli xotira egasi bo‘lsin;
3.  Tabiatdan nozik fahm bo‘lsin;
4.  Zehni o‘tkir, aqli tez bo‘lsin;
5.  Voizlik qobiliyatini egallagan bo‘lsin;
6.  Qadr-qimmatni biladigan, nomus-oriyatli bo‘lsin; 
7.  Boylik va hashamlarga nafratli bo‘lsin;
8.  Noloyiq, fahs ishlar, nafsga berilishdan uzoq bo‘lsin;
9.  Haqiqatga va haqgo‘y odamlarga muhabbatli, yolg‘on 
va yolg‘onchilarga adovatli bo‘lsin;
10. Ilmlarga qiziqadigan va ilm-fanni rivojlantirishga in-
tiladigan bo‘lsin; 
11. Hayotda kechayotgan voqealarni to‘g‘ri anglaydigan, 
farosatli,  boshqalar  fikrini  tez  anglaydigan,  tabiatdan  nozik-
fahm bo‘lsin
12. Odil bo‘lsin va adolatni sevsin, zolimlar va zulmga  
qarshi kurashadigan bo‘lsin;
13. Me’yorni bilib ish yurgizsin .
X asrda aytilgan bu qoidalar bugun aytilganday, ya’ni o‘z 
mohiyatini yo‘qotmagan.
Sharqning yetuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy axloq-
ning  yuzaga  kelish  sabablari  xususida  teran  fikrlarni  o‘rtaga 
tashlaydi. Allomaning ta’kidlashicha: “Alloh biz yashab tur-
gan ayon olamini sababsiz, tasodifan, behuda yaratmagan. 
Yaratishdan  asl  maqsad  oqilu  nodonlarga  o‘zining  yagona, 
qudratli, mehribon va ilm sohibi ekanligidan shaxodat berib 
turishidir”
1
.
Abu Rayhonning axloqiy qarashlari mazmunida har bir 
yurtning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, yashash tarzi, 
1
  Абу  Райхан  Беруни.  Изб.  произ.  Т.Ш.  Определение  границ  мест  для 
уточнения  расстояний  между  населенными  пунктами  (Геодезия).-Т:.  Фан, 
1996.-С.83.


27
madaniyati borligi, ularni o‘rganishga undash, hurmat qil-
ish, yoqimli va insonni yaxshilik sari yetaklovchi jihatlarini 
o‘zlashtirish masalalari turadi. 
Ibn Sino, uning serqirra merosi ko‘plab tadqiqotlarning 
obyekti  bo‘lgan.  “Kitob  ush-shifo”,“Al-Qonun”,“Risolo  fil-
ishq”, “Donishnomai Aloyi”, “Kitob al-insof”, “Tadbiri manzil” 
kabi asarlarining mazmunida olam va odam, ularning o‘zaro 
ta’siri va uyg‘unligi, makon va zamon, energiya va harakat, 
insondagi jismiy, nafsiy-hissiy va aqliy quvvat kabilar tahlil 
qilingan.
 Allomaning tibbiy axloq konsepsiyasi necha asrki, dunyo 
tabobati tomonidan dastur sifatida amal qilinadi. Bu konsep-
siyaning yadrosini axloqning oltin qoidasi bo‘lgan “me’yor” 
tushunchasi tashkil qiladi. Jism va ruh tarbiyasi, foydalilik 
va zarar, harakat va salomatlik, barqaror va tartibli ishlash, 
mehnat va dam olish, toza havo va toblanish me’yor kategori-
yasi orqali ochib beriladi.
Uning adob-axloq va insonparvarlik haqidagi ta’limoti 
katta ilmiy-amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ibn Sino ning 
ta’lim berishicha, axloqiy fazilatlar va ilm o‘z-o‘zidan yuza-
ga kelmaydi. Alloh zaruriy bir tarzda inson vujudini, uning 
ichki olamini o‘z nuri ila munavvar qiladi. Natijada ilm va 
axloqiy  fazilatlar  muayyan  qadriyatlarga  aylanadi  va  Yarat-
ganning karami sifatida namoyon bo‘ladi, uning qudrati va 
mehribonligidan insonlarga saboq beradi, chunki barcha 
mavjudotlar, mo‘jizaviy hodisalar aniq maqsadni ko‘zlab 
yaratilgan. Ibn Sino fikricha, odamlar dehqonchilik qilish va 
hunarlari orqali o‘zlarining moddiy ehtiyojlarini qondirsalar, 
oqilu donolar suhbatidan bahramand bo‘lish, kitob o‘qish, 
ilm o‘rganish asosida esa axloqli, manaviyatli va marifatli 
bo‘ladilar.
Ibn Sino “Tan riyozatidan ko‘proq ruh riyozati lozimdir. 
Mard kishi o‘zini riyozat va adab bilan ko‘rsatsin, inson bilan 
hayvon o‘rtasidagi farq yolg‘iz maishatda emas, yaxshi axloq 
kasb qilmoqdadur”, kabi o‘nlab qarashlarida axloqiy marifat-
ning zaruriyati yoritiladi, axloqiy ma’rifat insonni yetuklik 


28
sari yetaklaydi, buning uchun riyozat chekmoqlik talab etili-
shi uqtiriladi.
XI  asrning  yirik  olimi  Yusuf  Xos  Xojib  “Qutadg‘u  bilig”, 
“Adab ul-mulk”, “Pandnomai mulk”, “Shohnomai turkiy” kabi 
asarlarida axloqiy va estetik g‘oyalar o‘zaro uyg‘unlikda qarab 
chiqiladi. Ularda odob-axloq, go‘zal xulq, xukmdorlar xulqi bu 
dunyoda baxt-saodatga erishib yashashlariga sabab bo‘lishi 
ko‘rsatiladi. Bu asarlarida amaldorlarning axloq qoidalari, 
fazilatlari, qanday go‘zal ishlarni qilishlari va muloqot odobi 
haqida mulohazalar yuritiladi.
Yusuf  Xos  Xojib  jamiyat  osoyishtaligi  odamlar  orasidagi 
yaxshi munosabat va bilimdonlik, alq-zakovat, mulohazakor-
lik, ochiq yuzlilik, donolik, sahovat, sadoqat, uyat, nomus, an-
disha, kamtarlik, dil to‘qligi, rostgo‘ylik kabi insoniy fazilat-
larga bog‘liqligini asoslab beradi. 
Yusuf Xos Hojibning fikricha axloqning o‘lchovi kattalarga 
bo‘lgan hurmat va izzattadir. Alloma buni shunday misralarda 
ifodalaydi: 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin