95
–
kommunikativ tizimni mukammal rejalashtirgan holda amalga
oshirishni va ayniqsa uning eng muhim tarmog‘i – nutq texnikasi va
notiqlik san’atining ta’sirini puxta o‘zlashtirishni;
–
o‘qituvchining individual kasbiy ijodkorligiga va turli vaziyatlarda
o‘quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatiga hamda tarbiyalanuvchining
shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi “kommunikativ vositalarni” tez va
aniq topishni;
–
ayni paytda muloqotning teskari aloqasi ham mavjud ekanligini
his qilib, uni modellashtirish va qo‘llab quvvatlashni talab qiladi.
Yosh o‘qituvchilar ba’zan kundalik faoliyatida yuzaga keladigan
favqulotdagi holatlarda tez va aniq echilishi lozim bo‘lgan kommunikativ
muammolarga duch keladi va bunda muloqotning kutilmagan vazi-
yatlariga tayyor emasligini his qiladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi-
ning aql-zakovati va pedagogik madaniyati, kasbiy tafakkuri, nutqining
rivojlanganligi va leksik hamda kasbiy-leksik jihatdan so‘z boyligining
mavjudligi, umumiy suhbatlashish madaniyati, o‘quvchilar bilan kommu-
nikativ faoliyatga moyilligi asosiy rolni o‘ynaydi.
Kutilmagan, tayyorgarlik ko‘rilmagan kommunikativ muammolar-
dan nihoyatda uddaburonlik bilan ustunlikni qo‘lga olish o‘qituvchi kas-
biy faoliyatida ulkan sinov bo‘lib, prins ipial ahamiyatga ega, negaki
bunday vaziyatlarda muloqotning barcha variantlarini taxminiy reja-
lashtirish aslo mumkin emas. Bunda o‘qituvchi muloqotda pedagogik
improvizatsiya (tayyorgarliksiz) holatlariga ko‘nikma hosil qilish qobili-
yatiga ham ega bo‘lishi kerak – vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini
chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi, hech qanday mantiqiy
mulohazasiz, o‘zining bilim va malakalariga, tajribalariga, pedagogik
mahorati va aql-zakovatiga, sezgisiga asoslanib, aniq qaror qabul qilishi,
vaziyatning o‘zgarishiga qarab munosabatini, shaxsiy pedagogik faoli-
yatini to‘g‘rilab, uzviy ravishda ushbu qarorni o‘quvchilar bilan muloqot
jarayonida qo‘llashi lozim.
Dostları ilə paylaş: