102
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi,
(muomalada o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va
zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan
o‘z-o‘zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakl-
lantirib borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq
qildirishi, muloqotda o‘zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini
boshqalar (o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar) qanday
baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O‘zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish
yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan
turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida
pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni engish
ko‘nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlan-
tiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda
ham, o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar
paydo bo‘lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik
muloqoti jarayonida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar
jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar
shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon
bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qi-
tuvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi.
Yosh o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha
o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o‘qituvchilar
zimmasiga
yuklatilishi
lozim.
Pedagogik
faoliyatda
xato
va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi
ko‘lamiga odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki,
o‘quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni
ustoz deb ataydilar. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik mulo-
qotning o‘ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari
mavjud.
Zero, I.A.Karimov asarlarida ta’kidlanganidek,
Dostları ilə paylaş: