O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284
“Mamlakatimizning 
istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni 


103 
tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomil-
lashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan 
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga 
chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”.
Bu ulkan 
mashaqqatlar evaziga amalga oshirilib kelinayotgan ta’lim-tarbiya soha-
sidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishidir. Hozirgi zamon o‘qituvchisidan, 
hayot sinovlariga bardoshli bo‘lish, millat qadriyatlarini anglash, 
jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish, yuksak ma’rifatli va ulkan 
salohiyatli bo‘lish, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni mukammal 
bilish talab etiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mum-
kin bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo 
o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot 
asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. 
Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir 
vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy 
jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bir-birlarini o‘zaro 
tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quv-
chining ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy 
itoatkorlik 
munosabati, 
o‘quvchilarni tor doiradagi intizomga 
chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi 
muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot 
usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir 
o‘qituvchi o‘zining muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklaridan 
kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘na-
lishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir 
muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi 
uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan 
foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning subyektiv 
qarashlarini aniqlash, shu o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi 
uchun zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini tuzatish yoki 
unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmu-
asi quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi obyektning javob harakati 
imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish;


104 
• obyektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqa-
ruvchi vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan 
muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga 
qo‘shilish, ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda 
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining 
shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘la-
digan g‘oyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga 
intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy hislatlardan tashqari o‘qituv-
chining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaq-
qat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim ahamiyatga 
ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini tarbi-
yalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek, peda-
gogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi 
bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini 
tahlil qilishga doir mashqlarda ham namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin