121
strelali o’zi yurar kranlar va maxsus quvur yotqizgich kranlar kiradi.
Kranlarga: ko’prikli, Chorpoyali va kabelli kranlar kiradi.
Statsionar strelali kranlar yukni faqat o’z strelasi aylanadigan doira yoki
sektor atrofida ko’chiradi.
Minorali kranlar relsli yo’lda harakatlanib, yukni ko’chiradi hamda
uzunligi rels uzunligiga teng va eni kran qulochining ikki barobariga
teng to’rtburchak maydonga xizmat qiladi.
Minorali kranlar ko’p sonli konstruktsiyalarni ko’tarib o’rniga
qo’yishda qo’l keladi. Strelali o’zi yurar kranlar (avtomobil,
pnevmog’ildirakli, gusenitsali maxsus shassiga o’rnatilgan) yuklarni yer
bo’ylab ko’chiradi va har qanday ko’rinishdagi maydonda xizmat qiladi.
Chorpoyali va ko’prikli kranlar maxsus temir yo’llarda harakat
qilib, to’g’ri burchakli zonada xizmat ko’rsatadi. Kabel kranlar ikki
ustun oralig’ida tortilgan arqon bo’yicha yukni harakatlantiradi.
Kranlarning metall konstruktsiyasiga bir nechta mexanizmlar o’rnatilgan
bo’ladi. Kran mexanizmlari: yukni ilib oluvchi qism; kran harakatini
ta’minlovchi mexanizm; strela qulochini o’zgartiruvchi mexanizm;
buriladigan qismni aylantiruvchi mexanizm.
Kranlar mexanizmlari yuritmalariga ichki yonuv dvigatellari,
gidravlik yoki elektrodvigatellar qo’llaniladi. Elektrodvigatellar doimiy
yoki o’zgarmas tok bilan ishlaydi.
Maxsus quvur yotqizuvchi kranlar.
Bunday kranlar strelasi yon
tomonga joylashgan bo’lib ular traktorlarga o’rnatiladi. Ulardan
foydalanishda afzallik shundan iboratki, quvur yotqizuvchi kranlar bir–
biriga ulangan uzun quvurlarni mashinalardan tushirishda, neft hamda
gaz quvurlarini chuqurga (transheyaga) yotqizishda, chuqur bo’ylab
qilinadigan boshqa ishlarni bajarishda qo’llaniladi.
Mashinalarni boshqarish sistemasi.
Mashinalarni boshqarish bir
necha ko’rsatkichlarini rostlashni talab etadi. Boshqarish dastalari juda
ko’p bo’lganidan, ularning sonini kamaytirish uchun boshqarish a’zolari
birlashtiriladi. Bunday agregatlar markaziy boshqarish postlaridan iborat
bo’lib, ularning mexanizmlari o’zaro kinematik bog’langan.
Boshqarish stendiga va mashinist kabinasiga alohida talablar
qo’yiladi. Mashinistning kabinada joylashuvi, richaglarning dastalari va
pedallarga nisbatan o’tirg’ichning vaziyatini o’zgartirish imkoniyati,
richaglarning o’zaro joylashuvi, kabinaning komfortabelligi, ko’rish
burchagining kattaligi alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: