12.2-rasm. Asinxron dvigatellarning mexanik xarakteristikasi. Dvigatel momentining o’zgarishi tezlik darajasining o’zgarishiga
bog’liq bo’lganda mexanik xarakteristika: absolyut qattiq va yumshoq
turga bo’linadi.
Agar moment o’zgarganda tezlik o’zgarmasa, bu mexanik
xarakteristika absolyut qattiq hisoblanadi (12.2-rasm, 1-xarakteristika).
159
Moment har kancha o’zgarganda tezlik uncha o’zgarmasa, bunday
mexanik xarakteristika qattiq deyiladi. (12.2-rasm, 2-xarakteristika).
Agar moment o’zgarganda tezlik ham o’zgarsa, bunday mexanik
xarakteristika yumshoq deyiladi (12.2-rasm, 3-xarakteristika).
Mexanik xarakteristikaning qattiqlik darajasi quyidagi koeffisient
bilan belgilanadi:
,
dM dП
(12.8) Katta dvigatellarning mexanik xarakteristikalari to’g’ri chiziqli
bo’lmaydi, shuning uchun ularning kattiqligi turli momentlarda doimiy
qolmaydi (masalan, 12.2-rasm, 4-xarakteristika).
Dvigatellar sun’iy va tabiiy mexanik xarakteristikali bo’ladi.
Agarda dvigatel qo’shimcha qarshiliklarsiz, nominal kuchlanishga teng
kuchlansh bilan elektr manbaidan ishga tushirilsa, uning bunday
xarakteristikasi tabiiy xarakteristika bo’ladi. Agar elektr tokining
kuchlanishi yoki chastotasi nominal qiymatga teng bo’lmasa yoki
sxemaga qo’shimcha qarshiliklar qo’shilsa, bu mexanik xarakteristika
tabiiydan farq qiladi. Bunday xarakteristika sun’iy deyiladi. Sun’iy
mexanik xarakteristika dvigatelni yurgizish shuningdek tezliklar olish,
turg’un dvigatel va tormozlash rejimlarida turli, ya’ni tezliklarni rostlash
uchun qo’llaniladi.
12.3-rasm. Mexanik xarakteristika qattiqligining o’zgartirish sxemasi. Kran yuritmalarida qo’llaniladigan
dvigatellar asosan uch rejimda
ishlaydi:
1 . Qisqa muddatli, uzoq davom etadigan o’zgarmas doimiy
nagruzkalar 10, 30, 60 va 90 min.
2. Ulanish davomiyligi (UD) nisbatan qisqa muddatli takror (15,
25, 40 va 60%), ya’ni tsikl davomiyligi 10 minutdan oshmaydigan.
160
3. UD qiymati qisqa muddatli takror va qisman ishga tushirib
to’xtatiladigan (30, 60, 120 va 240 soat).
Rotorining
tuzilishiga
ko’ra asinxron dvigatellar
qisqa
tutashtirilgan rotorli va faza rotorli turga bo’linadi. Ularning mexanik
xarakteristikalari 12.3-rasmda ko’rsatilgan.