13.3-rasm. Arqonli sirtmoqlar.
a) yaxlit bog’langan; b)tarkibli.
Stroplar.
Yuk ko’tarish mashinalari mexanizmlarining ko’tarish
organida donali yukni mahkamlash uchun turli ko’p tarmoqli stroplar
qo’llaniladi (13.4-rasm). Stroplar po’lat arqonlardan tayyorlanib,
uchlariga ilgak yoki sirtmoq qilinadi. Ko’p tarmoqli stroplar yukni bir
necha nuqtasidan ilish uchun qo’llaniladi. Bunday stroplar ikkitadan
sakkiztagacha tarmoq bo’lishi mumkin. Kran ilgak osmasiga osish
uchun stroplar halqalar bilan, yuk bilan biriktirish uchun esa ilgaklar
yoki barabanlar bilan ta’minlanadi.
172
13.4-rasm. Stroplar.
a) bir arqonli; b) ikki arqonli; v) uch arqonli; g) to’rt arqonli; d)
halqali; ye) ikki sirtmoqli; j,z) ikki stropli.
Stroplarni tanlashda ularning konstruktiv xususiyatlarini hisobga
olishdan tashqari, yukni ko’tarish vaqtida tarmoqda hosil bo’ladigan
kuchni ham hisoblash kerak. Bunda har bir arqon tarmog’idagi hisobiy
kuch quyidagi formuladan aniqlanadi:
S =
(13.1)
Bunda Q – ko’tarilayotgan yukning massasi, t;
burchak
qiymatiga bog’liq bo’lgan koeffisient;
– vertikal bilan strop tarmog’i
yo’nalishi orasidagi burchak, grad;
– stropdagi tarmoqlar soni.
qiymati
13.1-jadval
α
0
0
30
0
45
0
60
0
1,00
1,15
1,42
2,00
Sochiluvchan materiallar uchun yuk osish organlari sifatida
kovshlar, badyalar va greyferlar ishlatiladi. Ular yordamida yuklar
portsiyalab, tashiladi. Kovshlar va badyalarga yuklar maxsus
moslamalar yordamida yuklanadi, uni bo’shatish esa to’ntarish yoki
tubini ochib tashlash yo’li bilan bajariladi (13.5-rasm).
|