O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda  Navoiy merosining o„rni



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

1.2. Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda  Navoiy merosining o„rni. 

 

Badiiy  adabiyotning  jamiyat  hayotida  tutgan  o„rni  va  ahamiyati  beqiyosdir.  Ayniqsa, 

yoshlar  tarbiyasida  uning  nihoyatda  qudratli  kuch  ekanligi  ham  yaxshi  ma‟lum.  Yurtboshimiz 



10 

 

ta‟kidlaganidek,  «Istiqlol  biz  uchun  taraqqiyotning  butunlay  yangi,  keng  ufqlarini  ochdi.  O„z 



kelajagimizni  o„z  qo„limiz  bilan  yaratadigan  bo„ldik.  Hayotimiz  va  umumiy  xonadonimizni 

milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umumehtirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib 

qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo„ldik».

1

 . 



 Ma‟naviy  barkamollik  insonning  ruhiy  poklanishi,  axloqiy  ong  va  hissiyotlarga  ega 

bo„lishi, halol va pok yashashni, mustahkam e‟tiqodga ega bo„lishni oliy maqsad deb bilishidir. 

Aytish  joizki,  xalqimiz  qadim-qadimdanoq    ma‟naviyat,  axloq  masalalariga  alohida  e‟tibor 

qaratib kelgan. 

 Ajdodlarimiz  ilm-fanning  qaysi  sohasi  bilan  shug„ullanmasinlar,  inson  ma‟naviyatini 

shakllantirishga,  ta‟lim-tarbiya  masalalariga  alohida  e‟tibor  berganlar.  Jumladan,  ma‟naviy  – 

axloqiy    tarbiya  masalalari  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg„u  bilig»,  Kaykovusning 

«Qobusnoma»,  Ahmad  Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»,  Sahdiyning  «Guliston»,  Alisher 

Navoiyning barcha  asarlarida   keng yoritilgan. 

  Ta‟lim-tarbiya  masalalari    insoniyat  ma‟rifatga  intilgan  paytdan  boshlab    qanchalar 

muhim  omil    bo„lgan  bo„lsa,  hozirgi  kunda  ham    o„ta    jiddiy,  muhim  va  dolzarb  masalalardan 

hisoblanadi.  Chunki  fan-texnika  taraqqiyoti,  zamonaviy  kashfiyotlar  insoniyatning  qudratini 

oshiradi  va  yangi  imkoniyatlarni  vujudga  keltiradi.  Bunday  holat  insondan  yanada  yuksak 

ma‟naviyat  darajasiga  ko„tarilishni  talab  etadi.  O„z  navbatida,  yosh  avlodning  ma‟naviy 

yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi.  

Bugun  –  XXI  asrning  birinchi  choragida  turib  barcha  muammolar  qatoriga  texnikaning, 

kompg‟yuterlashtirishning  oqibatlaridan  biri  sifatida  badiiy  asarni  o„qishga  bo„lgan  intilish  va 

rag„batlarning  pasayib  borayotganligi  ham  mutaxassislar  tomonidan  ko„p  marotaba  tilga 

olinmoqda. Endilikda adabiyot o„qitish, badiiy asarni o„qishga o„rgatishning eng ommaviy, eng 

zamonaviy,  eng  ta‟sirchan  shakl  va  usullarini  izlab  topish  zarurati  har  qachongidan  ham 

dolzarbroq  bo„lib  turibdi.  Shunday  ekan,  adabiyotshunoslik  fanlarini,  badiiy  adabiyotni 

o„rgatishni  ko„zda  tutadigan  fan  jamiyat  ahzolariga,  birinchi  navbatda,  o„quvchi-yoshlarga, 

talabalarga,  qolaversa,  shu  sohaning  bo„lajak  mutaxassislariga  qaysi  usullardan  foydalanish 

afzalliklarini ko„rsatib berishi,  ularning  oldida  so„z  san‟atini  o„rganish bilan    bevosita  aloqador  

bo„ladigan turli muammolarning hal qilinishiga yordam berishi lozim.  

Adabiyotshunoslik  yo„nalishidagi  fanlarni  o„qitishning  nazariy  muammolari  ham  oz 

emas. Birgina quyidagi savollar ustida o„ylab ko‟raylik? 

Badiiy  asarni  o„qitish  va  o„rgatishning  asosiy  maqsadlari  sifatida  nimalar  belgilanishi 

lozim?  Bolalarning  qaysi  yoshida  badiiy  adabiyotning  qanday  asarlarini  o„qitish  lozim?  Har 

qanday badiiy  asarni o„quvchilarga tavsiya etish mumkinmi  va ular  yoshlar axloqiy tarbiyasiga 

                       

1

 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. – T.: «O‟zbekiston», 1997. - 105-bet. 




11 

 

xizmat  qila  oladimi?  Yoshlarni  badiiy  asarlarni      tushunishdagi  qanday  ehtiyojlar  birinchi 



navbatda  e‟tiborda  turishi  kerak?  Umuman,  badiiy  asar  qanday  tahlil  qilinishi  kerak?  Bunda 

o„quvchilarning shaxsiy - individual xususiyatlarini e‟tiborga olish qanday natijaga olib keladi?  

Ko„rinib  turibdiki,  bu  savollarga  yengilgina  javob  berish  mumkin  emas.  U  ko„plab  

nazariy – amaliy  masala va  o„rganishni hamda hal qilishni taqazo etadi. Albatta, bu masalalarni 

hal  qilish  bir  yoki    ikki  kishining  qo„lidan  kelmaydi.  Buning  uchun  yirik  adabiyotshunos  va  

metodist  olimlarning    kuch  va  g„ayratlari  safarbar  qilinishi  lozim.  Shunga  erishish  kerakki, 

o„quvchi ta‟lim jarayoni uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olsin, uning kuch - g„ayrati 

badiiy asarni o„rganish uchun bevosita badiiy asarni o„qib o„zlashtirishga   yo„naltirilsin. Toki u 

badiiy asardagi asosiy va ikkinchi darajali voqea-hodisalarni ongli ravishda farqlay olish, ajrata 

bilish  malakalarini egallasin. 

Agar  bo„lajak  mutaxassis  erkin,  mustaqil,  ijodiy  fikr  sohibi  bo„lib  yetishmas  ekan, 

o„qituvchining  har  qanday  mahorati,  har  qanday  zamonaviy  shakl  va  usullar,  har  qanday 

zamonaviy pedagogik texnologiyalar samarasizligicha qolaveradi.  

 Endigina  shakllanib  kelayotgan  o„quvchining  shaxsiga  adabiyotning  ko„rsatadigan 

axloqiy-ma‟naviy,  ma‟rifiy,  estetik  hamda  emotsional  ta‟sirining  kuchayishi  adabiyot  o„qitish 

ishidagi eng muhim  nuqtalardan  birini tashkil etadi.  Bu  adabiy ta‟limning barcha  bosqichlarida 

uzluksiz tarzda takomillashib borishi shart bo„lgan jarayondir.  

Boshqa  bir  misolni  esga  olaylik.  “Yuksak  ma‟naviyat-yengilmas  kuch”  kitobida  to„g„ri 

ta‟kidlanganidek,  «Inson  qalbining  quvonchu  qayg„usini,  ezgulik  va  hayot  mazmunini 

Navoiydek  teran  ifoda  etgan  shoir  jahon  adabiyoti  tarixida  kamdan-kam  topiladi.  Ona  tiliga 

muhabbat, uning  beqiyos  boyligi  va  buyukligini  anglash  tuyg„usi  ham  bizning  ongu  shuurimiz, 

yuragimizga  avvalo  Navoiy  asarlari  bilan  kirib  keladi.  Biz  bu  bebaho  merosdan  xalqimizni, 

ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko„p bahramand etsak, milliy ma‟naviyatimizni yuksaltirishda, 

jamiyatimizda  ezgu  insoniy  fazilatlarni  kamol  toptirishda  shunchalik  qudratli  ma‟rifiy  qurolga 

ega bo„lamiz»

1



Buyuk o„zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ming yildan ziyod tarixga ega bo„lgan 

adabiyotimizdagi  zullisonaynlik  an‟anasining  zabardast  vakili  ham  hisoblanadi.  Zeroki,  shoir 

yoshligidan tortib umrining oxirigacha o„zbek tilida shoh asarlar yaratish bilan birga, forsiy til va 

undagi  adabiyotga  mehr  qo„ydi,  “Mantiq  ut-tayr”dek  shoh  asarni  yodlab,  keyinchalik  o„zi  ham 

bu  tilda  betakror  g„azallar,  qasida-yu  ruboiy,  qithalar  ijod  qildi;  muxtarah,  lug„azlar,  juda  ko„p 

muammolar  bitdi

.

  Benazir  san‟atkor  o„zining  ijtimoiy-falsafiy,  islomiy-ma‟rifiy,  ilohiy,  tarixiy 



ruhdagi turkum qasidalari “Arbahin”, “Sittai zaruriya”larni aynan forsiy tilda yozdi va bu bilan 

o„zining fors-tojik adabiyotidagi daho qasidanavislardan kam emasligini tasdiqlab qo„ydi. 

                       

    


Karimov I. “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch”,  47-48-betlar 




12 

 

Mustaqil  O‟zbekistonning  taraqqiyoti  shu  yurtda  yashovchi  har  bir  shaxsning,  ayniqsa, 



yoshlarning  ma‟naviy  kamolotiga  ko‟p  jihatdan  bog‟liqdir.  CHunki,  ma‟naviyat  –  insonning, 

xalqning,  jamiyatning,  davlatning  kuch-qudratidir.  U  yo‟q  joyda  hech  qachon  baxt-saodat 

bo‟lmaydi.  Ilg‟or  millat  va  rivojlangan  davlat  bo‟lishning  zaruriy  shartlaridan  biri  ham  boy  va 

sermazmun ma‟naviyatga ega bo‟lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg‟or bo‟lish jamiyat 

norasoligining xolis ko‟rsatkichidir. Shu bois,  Prezident  Islom Karimov tomonidan istiqlolning 

dastlabki yillaridanoq «Ma‟naviy boylik – moddiy boylikdan ming bor ustun»

1

 degan purma‟no 



g‟oya  ilgari  surilib,  xalqimizning,  ayniqsa,  farzandlarimizning  ma‟naviy  darajasini  yanada 

yuksaltirish  kelajagi  buyuk  O‟zbekistonni  barpo  etishdagi  eng  dolzarb  masalalardan  biri 

ekanligiga  katta  ahamiyat  qaratib  kelinmoqda.  Ayni  zamonda,  davlatimiz  rahbari  o‟zining 

ko‟plab  nutq  va  ma‟ruzalarida,  asarlarida  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo 

etishga  azmu  qaror  qilgan  xalqimizning  boy  merosi,  bebaho  qadriyatlari,  ezgu  niyat,  orzu-

umidlariga, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan milliy mafkurani shakllantirish, 

ommalashtirish, kishilar ongiga chuqur singdirish masalalariga jiddiy e‟tibor qaratmoqda.  

Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch» asarida ma‟naviy va 

moddiy  hayot  uyg‟unligi  masalasiga  alohida  bir  bo‟lim  sifatida  to‟xtalishi  bu  masalaning 

bugungi  kun  uchun  ham  hayot-mamot  darajasida  o‟ta  muhimligidan  dalolat  beradi. 

Prezidentimiz  bu  borada  quyidagi  fikrlarni  bildirishgan:  «Ma‟naviyatning  inson  va  jamiyat 

hayotidagi  mohiyati  va  ahamiyati  haqida  fikr  yuritganda,  bu  borada  asrlar  davomida  qizg‟in 

bahs-munozaralarga  sabab  bo‟lib  kelayotgan  bir  masalaga  alohida  to‟xtalib  o‟tish  lozim,  deb 

o‟ylayman.  Ya‟ni,  odamning  kundalik  hayoti  va  faoliyatida  moddiy  va  ma‟naviy  asoslar  bir-

biriga nisbatan qanday o‟rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli-tuman, 

ba‟zan  esa  ziddiyatli  fikr  va  qarashlar  mavjud  bo‟lganini  va  bunday  tortishuvlar  hozirgacha 

davom etayotganini kuzatish qiyin emas»

2



E‟tibor  bering:  inson  dunyoga  kelgan  ondanoq  o‟zining  jismonan  va  aqlan  kamol  topishi 

uchun  zarur  bo‟lgan  ona  sutiga  va  ona  allasiga  ehtiyoj  sezadi.  Biri  ikkinchisisiz  murg‟ak 

go‟dakning komillik darajasiga yetishishida muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi 

hammamizga  yaxshi  ayon.  Demak,  inson  farzandi  dunyo  yuzini  ko‟rgan  dastlabki  ondan 

e‟tiboran  moddiy  va  ma‟naviy  olamga  zarurat  sezadi.  Murg‟ak  qalbning  ilk  kunidanoq  ham 

jismonan, ham aqlan kamol topishiga e‟tibor qaratish kelajakka bee‟tibor bo‟lmaslik, unga o‟ta 

mas‟uliyat  bilan  qarash,  demakdir.  SHu  bois  ham  bu  ikki  olam  bamisoli  parvoz  qilayotgan 

qushning  ikki  qanotiga  qiyoslanadi.  «Qachonki  ana  shu  ikki  muhim  omil  o‟zaro  uyg‟unlashsa, 

                       

1

 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‟z qo‟limiz bilan quramiz. Asarlar. 7-jild. – T.: O‟zbekiston, 1999. – 



B.246.  

2

 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – B.65 




13 

 

tom  ma‟nodagi  qo‟sh  qanotga  aylansa,  shundagina  inson,  davlat  va  jamiyat  hayotida  o‟sish-



o‟zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‟ladi»

1

.  



Inson  vujudi,  amaliy  faoliyatida  ruhiy,  ma‟naviy  tomonlar  keyinga  surib  tashlanib, 

bema‟ni  hislar  va  nafsga  berilish  g‟oliblik  qilsa,  unday  inson  nafs  tuzog‟iga  ilinadi. 

Ma‟naviy  fazilatlardan  biri  ─  halol,  pokiza  yashash,  birovlarning  haqiga  zarracha 

bo‟lsada  xiyonat  qilmaslikdir.  Xoja  Ahmad  Yassaviy  ta‟biricha.  «nafs  yo‟liga  kirgan  kishi 

rasvo  bo‟lur,  yo‟ldan  ozib,  toyib,  to‟zib,  gumroh  bo‟lur,  yotsa,  tursa  shayton  bilan  hamroh 

bo‟lur...». 

Ushbu  mavzu  yuzasidan  quyidagi  xulosaga  kelish  mumkin.Avvalombor,  olimlarimiz   

zimmasida  mana  shu  ulkan  meros  va  nodir  xazina  boyliklarni  yosh  avlodning  ongu  shuuriga 

yetkazishning  zamonaviy  shakl  va  usullarini  izlab  topish,  ularni  boqiy    ma‟naviy  –  axloqiy 

qadriyatlar  ruhida tarbiyalash  va amaliyotga tatbiq etish vazifasi turibdi.  Ikkkinchidan, Navoiy 

tanlagan  mavzularda,  uning  qahramonlarining  faoliyatlarida  milliy  g‟oyamizning  asosiy 

tushunchalari to‟la o‟z aksini topgan. SHunday ekan milliy g‟oyamizning asosiy tushunchalarini 

yoshlar ongiga singdirishda Navoiy qahramonlariga, uning asarlaridagi g‟oyalarga takror-takror 

murojat etishga to‟g‟ri keladi.                




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin