O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

3

 Qarang: Bertels Ye.E. Navai i Djami. M., 1965 s.161 


19 

 

taqozo etadi. Masalan, javonmardlik etikasining eng markaziy masalalaridan bo„lmish qanoat va 



tamahning kelib chiqishi “azza man qanah zala man tamah” (qanoatli aziz, tamahgir xor) degan 

hikmat bilan bog„liq bo„lib, musulmon sharqi etikasida ham muhim o„rin tutadi.  

 

Navoiy  o„nlab  baytlarda  (ham  lirikada,  ham  boshqa  asarlarida)  ana  shu  hikmatni  turli 



shakllarda (aynan, qisman shaklini o„zgartirib, ma‟nosini tarjima qilib) keltirgan: 

 

           



                   Elni xor aylagan tamah bilgil, 

 

         Doimo “azza man qan‟a” bilgil.



1

  

 



 

Navoiy «Mahbubul-qulub» da «qanoat zikrida»,  «saxovat va himmat» bobida, “karam va 

futuvvat tariqida” alohida – alohida  so„z yuritadi. Qanoat futuvvatning ko„plab talablari (Attorda 

ular  72  ta)  orasidagi  eng  markaziylaridan,  lekin  u  barcha  toifa  (xoh  malomatiy,  xoh  axiy,  xoh 

so„fiy, xoh shoh, xoh gado bo„lsin) uchun eng zaruriy xususiyat hisoblanadi.  

 

“Xamsa”da  javonmardlik  etikasining  juda  ko„p  qirrali  turli  shakllarda  tasvir  va  targ„ib 



qilinadi.  

 

Javonmardlik  elementlarini  faqat  “futuvvat”  va  “javonmard”  terminlari  bor  o„rinlardan 



qidirish to„g„ri emas (ba‟zan mazkur so„zlar termin emas, balki oddiy sifat ma‟nosida kelgan). 

 

“Xamsa”da  javonmardlikning  har  bir  tabaqa  (oddiy  inson,  hukmdor,  olim,  oshiq, 



lashkarboshi, pahlavon) uchun taalluqli sifatlari ana shu tipdagi obrazlarga singdirib yuborilgan. 

 

Ikkinchi  tomondan,  shoirning  juda  ko„p  mulohaza  va  ibratli  xulosalarida  ham 



futuvvatning  u  yoki  bu  talabini  ko„rish  mumkin.  Juda  ko„p  tilga  olingan  «himmat»,  «vafo», 

poklik ana shunday muhim sifatlardan hisoblanadi. Masalan, qo„l, dil va nazar pokligini shoir bir 

yerda oshiqning («oshiq oni bilki, erur dardnok, ham dili, ham ko„ngliyu ham ko„zi pok») asosiy 

talabi  sifatida  qo„ysa,  boshqa  o„rinda  shohlikning  zaruratlaridan  biri  sifatida  keltiradi.  Lekin 

“Xamsa”  voqealarni  yo„naltiruvchi  konfilikt  faqat  qaharamonlararo  (ijobiy  va  salbiy)  ziddiyat 

sifatida ko„rinsa-da, ammo boshqa bir  ziddiyat ham borki, uning roli ham voqealar rivojida kam 

emas. Bu – insonning o„zi ichki ziddiyati. Navoiyning qayta-qayta ta‟kidlashicha, inson vujudida 

hayvoniy (genetik) va insoniy (notiqiy) xususiyatlar mavjud bo„lib, ular o„rtasida doimo kurash 

boradi.  Inson  faoliyatidagi  qarma-qarshi  holatlarning  manbai  ana  shunda.    Chunki  «ikkisi 

insonda bo„lib haddi tom, zumrai inson aro aylar xirom».  

 

Inson  vujudida  mavjud  eng  dahshatli  dushman  –  bu  nafs.  Uni  yengish  esa  osonlikcha 



bo„lmaydi. Shuning uchun ham, to„qaydagi sherni yengish shijoat emas, balki “naf itin qilsang 

zabun, olamda yo„q sendek shujoh”. 

 

Shuning uchun ham podsho bazmidagi “qariyu gar xud yigit”: 



                       

1

 Favoyidul-kibar, 747-bet. 




20 

 

 



 

Shaynda qoplondin agarchi fuzun, 

 

 

Nafs itining ilgida lekin zabun.



1

 

“Xamsa”  obrazlarida  Navoiyning  ana  shu  kontseptsiyasi  nuqtai  nazaridan  yondashsak, 



ularning poetikasida butun murakkabliklari bilan yorqin namoyon bo„ladi.  

Xullas,  “Xamsa”  obrazlari  poetikasini  shoirning  falsafiy-ijtimoiy  va  axloqiy  pozitsiyasi 

bilan uzviy bog„liq holdagina chuqur tadqiq etish mumkin. Chunki muallif pozitsiyasi butun asar 

davomida  saqlanib,  uning  badiiy  imkoniyatlarini  o„ziga  bo„ysundiradi  hamda  asar  uslubining 

shakllanishi  va  umuman  poetik  komponentlarining  muvozanatida  muhim  rol  o„ynaydi.  Zotan, 

asarning  umumiy  ritmi,  badiiy  tasvir  tamoyillari  uning  pafosi  bilan  bevosita  bog„liq.  Asar 

qahramonlariga xos mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do‟stlik, tinchliksevarlik, insonparvarlik kabi 

fazilatlardan ta‟lim-tarbiya tizimida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.    

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin