O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

 

III-BOB. 

MAVZUNI 

O„QITISHDA 

ZAMONAVIY 

PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYaLARDAN FOYDALANISH. 

 

3.1.  Yoshlarni  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalashda  badiiy  adabiyot  oldida  turgan 

vazifalar

 

 

Bugungi    voqelik    milliy    istiqlol g„oyasi   targ„iboti   masalasiga     alohida e‟tibor     



berishni     talab    qilmoqda. Hozirgi   kunda   mamlakatimizda mafkura targ„iboti eng dolzarb 

masalalardan biriga  aylanganligini inobatga oladigan bo„lsak, uning targ„ibot-tashviqotiga ham 

yangicha texnologiyalar, usullar, vositalarni jalb qilish foydadan holi emas. «Bugungi xayotning 

o„zi  oldimizga  fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida  ommaviy  axborot  vositalarining  o„rni  va 

rolini yanada mustaxkamlash vazifasini qathiy  qilib qo„ymoqda. Ommaviy axborot vositalarini 

yanada  erkinlashtirish,  nodavlat  matbuot  nashrlari,  radio,  televidenie  faoliyatini  jonlashtirish, 

ularning  Internet  global  tarmog„iga  kirish  imkoniyatlarini  kengaytirish  olib  borilayotgan 

isloxotlar  siyosatining  ochiqligi  va  oshkoraligini    tahminlashga,  kuchli  fuqarolik  jamiyatining 

izchil shakllanishiga madad berishi darkor»

1

 Milliy istiqlol g„oyasi targ„ibotining ta‟sirchanligini 



oshirish vazifasi ham bu jarayonda yangi texnologiyalarni keng qo„llash zaruratini kuchaytiradi. 

Milliy  istiqlol  g„oyasi  targ„ibotining  ta‟sirchanligini  oshirishda  adabiyot  oldida  xam  talaygina 

                       

1

 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 



T.: 2010- 31-b 


31 

 

vazifalar  turibdi.  Xalqimiz  yillar,  asrlar  davomida  orziqib  kutgan  mustaqillikka  erishib,  o„z 



taqdirini qo„lga olganidan keyin har qanday taxdid va xatarlarga qaramasdan, yurtimizda tinchlik 

va  osoyishtalikni  saqlash,  mustaqillikni  mustaxkamlash,  erkin  va  farovon  xayot  qurish 

maqsadida  amalga  oshrilayotgan  isloxotlarni,  eng  muximi  bu  borada  qanday  murakkab 

bosqichlarni  o„tishga  to„g„ri  kelayotganini  chuqur  anglab  yetish  darkor.  Adiblarimiz  ushbu 

masalalarga  keng  e‟tibor  qaratishlari  lozim.  Bugungi  yoshlarimiz  nafaqat  o„quv  dargoxlarida, 

balki  radio-televidenie,  matbuot,  internet  kabi  vositalar  orqali  rang-barang  ma‟lumotlarni 

olishmoqda.  Prezidentimiz  tahbiri  bilan  aytganda  «…  shunday  bir  sharoitda  bolalarimizning 

ongini faqat o„rab-chirmab, uni o„qima, buni ko„rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning 

atrofini  temir  devor  bilan  o„rab  olish,  hech  shubhasiz,  zamonning  talabiga  xam,  bizning  ezgu-

maqsad-muddaolarimizga xam to„gri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda va ochiq va erkin 

demokratik  jamiyat  qurish  vazifasini  o„z  oldimizga  qathiy  maqsad  qilib  qo„yganmiz  va  bu 

yo„ldan  hech  qachon  qaytmaymiz»

1

.  Biz  o„z  kelajagimizni  qobig„imizga  o„ralgan  xolda  emas, 



balki  umumbashariy  qadriyatlarni  chuqur  o„zlashtirgan  xolda  tasavvur  qilamiz.  Prezidentimiz 

tomonidan  ta‟kidlab  o„tilganidek  ota-onalar,  o„kituvchilar  ming  tashviq-targ„ib  qilishmasin, 

bugungi  yoshlar mumtoz adabiyot namunalarini yoppasiga o„qishyapti, deya olmaymiz. Bu esa 

badiiy  adabiyot  namoyondalari  oldiga zamonaviy  axborot vositalari orqali adabiyotimizni  keng 

targ„ib etish, Internet imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda yetuk badiiy asarlarni yoshlarga 

yetkazish  ustida  bosh  qotirishlarini  talab  qilmoqda.  Yana  bir  muxim  masala  shundan  iboratki, 

yozuvchilarimiz  o„z  istehdodlari  bilan  odamlarning  ongi  va  dunyoqarashi,  madaniy  saviyasini 

yuksaltirish,  xalq  qalbining  kuychisi  bo„lishdek  og„ir,  murakkab,  ulug„  vazifani  olishgan  ekan, 

avvalo  el-yurt  oldidagi  farzandlik  burchini,  mahsuliyatini  chuqur  sezishi,  anglashi  muxim 

axamiyatga ega. «Mening fikrimcha, yozuvchilik- bu oddiy kasb emas, xudo bergan, istehdoddir. 

Bu-qismat,  peshonaga  yozilgan  taqdir.  Bu  kasbga  hech  qaerda  o„qitib,  o„rgatib  bo„lmaydi. 

Yozuvchilikning  maktabi  xam,  dorilfunini  ham  bitta.  U  xam  bo„lsa,  bir  umr  xayotning  ichida 

bo„lish,  o„x  xalqi  bilan  hamdardu  hamnafas  bo„lib  yashash,  haqiqat  va  adolatga  sadoqat  bilan 

xizmat qilishdir»

2

.  


Yuqorida  qayd  etib  o„tilgan  vazifalar  badiiy  adabiyot,  uning  vakillari,  yozuvchilarimiz 

oldiga  bir  qator  murakkab  masalalarni  qo„ymoqda.  Yozuvchilar  uyushmasi  faoliyatining 

samarasini  oshirishda  eng  muxim  birinchi  masala  ijodkor  o„zining  ijtimoiy  burchini  qanday 

tushunish  bilan  bevosita  bog„liqdir.  Nega  deganda,  adibning  so„zi,  uning  ijodiy  mehnatining 

mahsuli  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  naqadar  zarur  ekanini  barchamiz,  avvalo  shu  sohaga  kirib 

kelayotgan  va  shu  sohada  faoliyat  olib  borayotgan  adiblarning  o„zi  yaxshi  anglab  olishi  kerak. 

                       

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch. T., «Ma‟naviyat»-2008. 114-b  



2

 Karimov I.A. Adabiyotga e‟tibor-ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. 17-18 b. 




32 

 

Shunday  ekan  istehdod  sohiblarini  topib  tarbiyalash,  ularning  mehnatini  munosib  qadrlash  eng 



asosiy vazifamizga aylanishi zarur.  

Ikkinchi masala shuki, yozuvchilarimizning mashaqqatliijodiy mehnatini to„g„ri va adolatli 

boholash  masalasidir.  Tegishli  fondlar,  korxona,  tashkilotlarning  xayriyalari  bilan  ularni 

rag„batlantirishni  kuchaytirish  zarur.  Prezidentimiz  aytganidek  «…adabiyot  masalasi-  bu 

ma‟naviyat masalasidir. Bu Fond yozuvchilarni qo„llab-quvvatlash bilan bir qatorda, yurtimizda 

ijod  sohasining,  milliy  madaniyatimizning  rivoj  topishi  uchun,  kelajagimiz  uchun  xizmat 

qilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim»

1

.  



Uchinchi masala shuki, yozuvchilar uyushmasining hayotimizdagi o„rni va nufuzini yanada 

oshirishdan  iborat.  Uyushmaga  ahzo  bo„lib  kirayotgan  har  bir  inson  avvalombor  bu  tashkilot 

uning  ijodini  rivojlantirish,  asarlarini  jamoatchilikka  yetkazish,  istehdodini  ro„yobga  chiqarish, 

mualliflik huquqlarini himoya qilish borasida amaliy yordam berishga qodir ekanini yaqindan his 

qilishi lozim.  

To„rtinsi  masala  shuki,  yosh  ijodkorlar  bilan  ishlash  masalasi.  Istehdodli  yoshlarni  izlab 

topish  va  ularning  iqtidorini  ro„yobga  chiqarishda  chukur  o„ylangan  usullar,  ya‟ni  aniq 

mexanizm zarurligini bugun adabiyotimiz manfaatlari talab etmoqda.  

Beshinchi  masala,  bir  vaqtlar  Ozod  Sharafiddinov  boshlagan  «Jahon  adabiyoti»  jurnali 

orqali  boshlab  bergan  dunyo  adabiyotining  eng  yaxshi  namunalarini  tarjima  qilish,  chop  etish, 

o„rganish  bilan  bog„liq  tajribalar,  chet  el  yozuvchilari  bilan  aloqalarni  yanada  rivojlantirish 

masalasiga  yetarlicha  e‟tibor  berilmayapdi.  Biz  ma‟naviyatimizni  yuksaltirish,  yoshlarimizni 

milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga intilayotgan ekanmiz,  hech kachon 

o„z  qobig„imizga  o„ralashib  qolmasligimiz  lozim.  Boshqa  sohalar  qatori  xalqaro  maydonda 

adabiyot  sohasida  ham  aloqalarni  kuchaytirishimiz  kerak.  «Qaysi  mamlakatda  bizning 

adabiyotimiz,  madaniyatimiz,  qadriyatlarimizga  hurmat  bilan  qarashadi,  xorijdan  biz  nimalarni 

o„rganishimiz  mumkin  va,  o„z  navbatida,  ularga  nimalarni  taqdim  etishimiz  mumkin-  bugun 

masalalar xalqaro maydonda o„zligimizni namoyon etishda katta axamiyatga ega ekanini doimo 

yodda tutishimiz lozim»

2

.  



Va  oxirgi  masala-nashriyotlar  va  nashr  masalasi.  Bugungi  kunda  nashriyotlarga  to„la 

erkinlik berilgan, ularning faoliyatiga hech kim chetdan turib aralasha olmaydi. Lekin mana shu 

erkinlikni  to„g„ri  tushunish,  masalaga  mahsuliyat  bilan  yondashish  lozim.  «..agar  biz 

O„zbekistonimizni  dunyoga  tarannum  etmoqchi,  uning  qadimiy  tarixi  va  yorug„  kelajagini 

ulug„lamoqchi,  uni  avlodlar  xotirasida  boqiy  saqlamoqchi  bo„lsak,  avvalombor  buyuk 

                       

1

 Karimov I.A. Adabiyotga e‟tibor-ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. 23 b. 



2

 Karimov I.A. Adabiyotga e‟tibor-ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. 33 b. 




33 

 

yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug„ 



adib Cho„lpon aytganidek, adabiyot yashasa –millat yashaydi»

1



Mana shunday ma‟suliyatli ishlarni amalga oshishida, milliy g„oyamizning yoshlar ongiga 

singishida,  ularning  amaliy  ko„nikmalariga  aylanib  borishida  adabiyotning  imkoniyatlari 

cheksiz.  


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin