Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchash
Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchashda yuk bilan unga
mahkamlangan indentor (odatda, po‘lat sharcha) N
p
baland-
likdan namunaning yuzasiga tik yo‘nalishda tushiriladi. Shor
usuli bilan qattiqlik indentorning urilib qaytish balandligi H
o
ga
qarab aniqlanadi (21- rasm). Qattiqlik shkalasi 130 birlikka bo‘-
lingan. U toblangan evtektoid po‘latning qalinligi 100 birlikka
teng degan fikrga asoslanib hisoblangan. Bu asboblardan sho-
shilinch tahlillar uchun foydalaniladi. Shor bo‘yicha qattiqlik
bilan boshqa usullar orasida hech qanday o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Qattiqlikni o‘lchashda yuqorida aytib o‘tilgan usullarni
qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda u og‘irligi o‘lchangan
egovlar yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi kam bo‘lsa
ham oddiy va uni sex sharoitida osongina tatbiq etish mumkin.
Zarbiy qovushoqlikni aniqlash dinamik yuklamada me-
tallning yemirilishiga moyilligini aniqlashga imkon berdi. Zarbiy
sinovlar materialning mo‘rtlashuvi (donlari katta-kichikligining
o‘zgarishi, dispers fazalarning tushib qolishi, flokenlar paydo
bo‘lishi va h. k.) bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tarkibiy
o‘zgarishlarni nisbatan oson aniqlash imkonini beradi. Zarb
ta’sirida sinish, ko‘pincha zavod amaliyotida metallarga ishlov
berish me’yorining to‘g‘riligini va me-
tallning sifatini baholash maqsadida qo‘l-
laniladi. Zarbiy qovushoqlikni aniqlash
uchun besh turdagi (I—V) kesikli na-
munalardan foydalaniladi.
Namunaning yemirilishiga sarflangan
ishni bilgan holda zarbiy qovushoqlikni
aniqlash mumkin:
KS=W/F.
Bu yerda: F–namunaning sinashga qa-
dar kesilgan joydagi ko‘ndalang kesim
yuzi, m
2
, W – namunaning yemirili-
shiga sarflangan ish, MJ.
Asosiy namuna sifatida I turdagi na-
munalarni sinashda KC simvoliga ke-
21-rasm. Qattiqlikni
Shor usuli bilan
aniqlash sxemasi.
H
Ï
H
0
71
sikning millimetr hisobidagi chuqurligini (KC
3
, KC
5
), IV tur-
dagilarni sinashda – kesikning ochilish burchagini ko‘rsatuvchi,
V turdagilarni sinashda „t“ indeksi (KC
n.t.
) qo‘shiladi. Zarbiy
qovushoqlik ikki tashkil etuvchidan tarkib topadi, chunki uni
aniqlashda yemirilish darzlarining paydo bo‘lishi va kattalashuviga
qarshilik o‘lchanadi:
KC = KS
p.b.
+KC
t
,
bunda:
KC
p.b.
– darz paydo bo‘lishiga sarflangan ish; KC
t
–
darzning tarqalishiga sarflangan ish.
Bu tashkil etuvchilar material tuzilmasining holatiga va
ko‘pgina tashqi omillarga turlicha bog‘liq bo‘ladi. Metallning mo‘rt
yemirilish holatiga o‘tishi ko‘p jihatdan darzning kattalashishiga
sarflangan ish bilan aniqlangani tufayli, zarb bilan sinashda KC
t
ni aniqlash yaxshiroq. KC
t
ish metallning boshlangan ye-
mirilishiga qarshiligini tavsiflaydi va kesiklarning o‘tkirligiga kam
bog‘liq bo‘ladi. KC lari teng bo‘lgan ikki xil materialdan KC
t
kattasi ishonchliroq bo‘ladi, demak, darzning tarqalishiga sarf-
langan ish materialning ishonchliligini tavsiflaydi.
KC ni tashkil etuvchilarga ajratishning bir necha usullari bor.
Namunalarning yemirilishi mo‘rt yoki qovushoq bo‘lishi mumkin.
Mo‘rt yemirilish uzilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi va bunda namuna
sezilarli darajada plastik deformatsiyalanmaydi. Qovushoq yemi-
rilishdan oldin kattagina plastik deformatsiya sodir bo‘ladi.
Mo‘rt yemirilish uchun xos xususiyat darzning katta
tezlikda tarqalishi va uning tarqalishida plastik deformatsiyaning
bo‘lmasligidir. Darz to‘plangan energiya tufayli harakatlanadi.
Qovushoq yemirilish uchun xos xususiyat darzning tarqalish
tezligi kichikligi va uning harakatlanishida anchagina plastik
deformatsiya sodir bo‘lishidir. Yemirilishlar turlari singan joy-
larni o‘rganish (fragtografiya) natijasida aniqlanadi.
Yemirilish xususiyatining o‘zgarishidagi harorat oralig‘i so-
vuqlayin sinish bo‘sag‘asi yoki mo‘rtlikning kritik harorati
deyiladi.
Ko‘pgina metall va qotishmalarda (birinchi navbatda,
hajmiy-markazlashgan kubsimon va geksagonal panjaralilarda)
harorat pasayishi bilan qovushoq yemirilishdan mo‘rt yemiri-
lishga o‘tish kuzatiladi, bu hol zarbiy qovushoqlikning pasayi-
shida va sinish xususiyatining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
72
Metallning tuzilish holatiga va mustahkamlik darajasiga qarab,
mo‘rt yemirilishga o‘tish asta-sekin yoki keskin bo‘lishi
mumkin.
Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asining yuqoriligi T
yu
va plastik T
p
chegaralari bo‘ladi. Bu haroratlar oralig‘ida qovushoq tolali
sinishdan mo‘rt kristall sinishga o‘tish yuz beradi. Sovuqlayin
sinish bo‘sag‘asi, ko‘pincha, sinash haroratiga qarab aniq-
lanadi, bunda singan joyda 50 % qovushoq tolali tashkil etuvchi
T
50
bo‘ladi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi qancha yuqori bo‘lsa,
metallning mo‘rt yemirilishiga moyilligi shuncha katta bo‘ladi.
Buyumlarni sovuqlayin sinish bo‘sag‘asidan yuqori haroratlarda
ishlatish kerak, shunda mo‘rt yemirilish bo‘lmaydi.
Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asiga metall donlarining katta-
kichikligi, kimyoviy tarkibi, masshtab omili (buyumning o‘l-
chamlari), zo‘riqish to‘plagichlari, yuklanish tezligi va boshqa
omillar ta’sir etadi.
K
2
= EG/(1 —
µ
2
) – yassi deformatsiyalangan holati
uchun, bunda
µ – Puasson koeffitsiyenti (metallar uchun —0,3).
Yassi zo‘riqqan holatda namunaning qalinligi bo‘yicha zo‘riqish
bo‘lmaydi. Yemirilishga siljish sabab bo‘ladi.
Yassi deformatsiyalangan holat uchun namunaning qalinligi
bo‘yicha deformatsiyaning yo‘qligi xos bo‘lib, yemirilish uzilish
yo‘li bilan yuz beradi.
Yemirilish qovushoqligiga sinashda diagrammalar tuziladi,
ular darz uzunligi kattalashishining qo‘yilgan kuchlanishga
bog‘liqligini ko‘rsatadi.
K kattalikdan hisoblashda foydalaniladi. Uning qiymatini
bilgan holda, yemiruvchi zo‘riqishlar qiymatini darzning shakli va
uzunligiga qarab aniqlash va, aksincha, detaldagi ish zo‘riqishni
bilgan holda darzning yemirilish sodir bo‘lgan uzunligini oldindan
aytish mumkin. O‘z-o‘zidan yemirilishga o‘tish paytidagi
zo‘riqishlar intensivligi koeffitsiyentining qiymati K
u
(yassi zo‘-
riqish sharoiti uchun) yoki
K
1u
(yassi deformatsiyalanish sha-
roiti uchun) bilan belgilanadi va zo‘riqishlar intensivligining
kritik koeffitsiyenti deyiladi.
K
1u
koeffitsiyent yirik namunalarda
aniqlanadi. Namunaning qalinligi amalda quyidagi nisbatni
qanoatlantirishi kerak: b
≥ 2,5• (K
1u
/
σ
0,2
)
2
.
73
Qattiqlikni Vikkers usuli bilan o‘lchash (olmos
piramidaning uchini botirish)
Vikkers usulida juda yumshoq va qattiq metallarning qattiq-
ligini aniqlash mumkin. Bu usulda namunaga uchlaridagi burchak
136° bo‘lgan piramida bosiladi. Bosiladigan kuch 550—1200 N
gacha. Izning o‘lchami asbobning o‘zidagi mikroskop yordamida
aniqlanadi.
Yemirilish qovushoqligi. Yemirilish qovushoqligini sinash
metallarning qovushoqligi haqida ancha to‘liq axborot beradi. U
darzlar uchiga tushadigan zo‘riqishlar intensivligi koeffitsiyenti
K ning qiymati yoki darzning uzunlik birligiga siljishi uchun
zaruriy kuch G bilan tavsiflanadi; K va G bir-biri bilan quyidagi
nisbatlar orqali bog‘langan: K
2
=
EG — yassi zo‘riqqan holat
uchun.
5.3. Metallarni cho‘zilishga sinash
Sinashning bu turi keng tarqalgan. Sinash uchun standart
namunalar olinadi. Sinov mashinalari cho‘zilish diagram-
malarini, ya’ni namuna uzunligining qo‘yilgan nagruzkaga bog‘liq
ravishda o‘zgarishini yozib boradigan asboblar bilan jihozlangan.
Sinashning boshlanishida nisbatan kichikroq yuklamalar
qo‘yilganda namunaning cho‘zilishi biror R
pts
kuchgacha namu-
naga mutanosib bo‘ladi. Bu yuklamada vujudga keladigan zo‘-
riqish mutanosiblik chegarasi deyiladi:
σ
pts
=
P
pts
/
F
0
.
Mutanosiblik chegarasidan ortib ketmaydigan zo‘riqishlar
faqat elastik deformatsiyani keltirib chiqaradi, u nagruzka olin-
gandan keyin yo‘qoladi. Shu sababli mutanosiblik chegarasi
amalda elastiklik chegarasi bilan tenglashtiriladi.
Ko‘pincha elastiklik chegarasi dastlabki uzunligidan qoldiq
deformatsiya hosil bo‘ladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi. Masa-
lan, 0,01 % (
σ
0,01
), 0,02 % (
σ
0,02
).
Elastiklik chegarasi muhim xususiyat hisoblanadi, chunki
metallning kichik plastik deformatsiyalarga qarshiligini belgilaydi.
Yuklama R
pts
dan ortganda yuklama bilan cho‘zilish orasidagi
chiziqli bog‘lanish buziladi. R
pts
ning biror qiymatida diagrammada
gorizontal maydonchani kuzatish mumkin, u yuklama ko‘pay-
masdan, metall cho‘zilayotganini (oqayotganini) ko‘rsatadi.
74
Oquvchanlikning gorizontal maydonchasi texnik temir
cho‘zilishida juda yaqqol kuzatiladi, aksariyat metallarda esa
unchalik yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Metallning ixtiyoriy oqishi
sodir bo‘ladigan zo‘riqish oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu
holda oquvchanlik chegarasi (shartli) namunani qoldiq cho‘-
zilishga duchor qiladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi, qoldiq
cho‘zilish dastlabki hisoblab topilgan uzunlikning 0,2 % iga
teng bo‘ladi (
σ
0,2
). Oquvchanlik chegarasi mashinasozlikda joiz
zo‘riqishni hisoblashda qo‘llaniladi.
Ancha katta yuklamalarda metall kuchliroq plastik defor-
matsiyalanadi va yemiriladi. Yuklamaga muvofiq keladigan,
metallning yemirilishiga sabab bo‘ladigan zo‘riqish mustah-
kamlik chegarasi deyiladi. Cho‘zilishga sinashda namunaning
ayrim joylari plastik deformatsiyalanadi, bu esa nisbiy uzayish
va nisbiy torayishni aniqlashga imkon beradi.
Nisbiy uzayish b namuna uzilgandan keyin ortgan uzun-
ligining dastlabki hisoblab topilgan uzunligi l
0
ga nisbatidan
iborat bo‘lib, foizlarda ifodalanadi:
b = [(
l–
l
0
)/l
0
]100,
bunda l – namunaning uzilgandan keyingi uzunligi.
Nisbiy torayish deganda, uzilgan namuna ko‘ndalang kesi-
mining dastlabki ko‘ndalang kesimiga nisbati tushuniladi, u
foizda ifodalanadi:
Ψ= [(F
0
—F
k
)/F
0
] 100, bunda F
k
— uzilgan
joydagi ko‘ndalang kesim yuzi. Plastik materiallar uchun
uzilishga qarshilik tavsifi bo‘lib haqiqiy mustahkamlik chegarasi
xizmat qiladi: S
k
=P
k
lF
k
, bunda: S
k
– yemirilish paytidagi
haqiqiy zo‘riqish (MPa); R
k
– yemirilish paytidagi kuch (N);
F
ko
— uzilish joyidagi kesim yuzi (m
2
).
Mo‘rt materiallar siqilishga (cho‘yan), egilish va buralishga
(toblangan asbobsozlik va konstruksion po‘latlar) statik sinov-
dan o‘tkaziladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Metallar uchun kristall panjaralarning qaysi turlari xos?
2. Kristall tuzilish nuqsonlarini birma-bir aytib bering. Ular mus-
tahkamlikka qanday ta’sir etadi?
3. Metallarning kristallanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
4. Qotishmalardagi faza o‘zgarishlar haqida gapirib bering.
5. Metallarning qanday xossalarini bilasiz?
?
75
AMALIY TOPSHIRIQLAR VA ULARNI BAJARISH
BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
1. Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini bajarish
vaqtida rioya qilish lozim bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalarini
o‘rganish
• Laboratoriya xonasidagi jihozlar va dastgohlar bilan
tanishish.
• Jihoz va dastgohlarni ishlatish qoidalarini o‘rganish.
• Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.
2. Metall va qotishmalarning makro va mikrotahlili
a) metallografik mikroskopning tuzilishi va ishlashini
o‘rganish (Geyns va Bauman usullari):
• metall namunalar va mikroshliflar tayyorlash;
• metallarning siniq yuzalari ko‘z bilan qarab va lupalar
yordamida tekshiriladi;
• ma’lum usullar bilan metallardagi likvatsiya hodisasi
aniqlanadi;
b) metallarning ichki tuzilishini o‘rganish uchun „mik-
roshlif“ tayyorlash, metallografik mikroskop tuzi-
lishini va uni ishlatishni o‘rganish:
• o‘quvchilar mikroshlif tayyorlash metodikasini o‘r-
ganib, ularni tayyorlaydilar;
• metallografik mikroskopning tuzilishini, ishlash prin-
siðini o‘rganib, tayyor mikroshlifni mikroskopga qo‘yib,
ichki tuzilishini o‘rganish metodikasi bilan tanishadilar va
hisobot yozadilar;
d) po‘latlarning ichki tuzilishini mikroskop yordamida
o‘rganish (mikrotahlil):
• tayyor mikroshliflarni mikroskopga qo‘yib (katta-
lashtirish ixtiyoriy tanlanadi), po‘lat markasini, mexanik
xossalarini, ishlatish sohasini aniqlab, jadval to‘ldiriladi;
e) cho‘yanlarning tuzilishini mikroskop yordamida o‘r-
ganish:
• laboratoriya ishi po‘latlarning ichki tuzilishini o‘rganish
tartibida bajariladi;
• cho‘yanlarning markalanishi ma’lumotnomadan olinadi
va jadval to‘ldiriladi.
76
3. Metall va qotishmalarning qattiqligini aniqlash
Metallarning qattiqligini Brinell usulida aniqlash:
• TSH—2M turidagi Brinell o‘lchov asbobi tagligiga tay-
yorlangan va tayyor namuna komplekti qo‘yilib, ma’lum
usul bilan sharcha namunaga botiriladi;
• kuchlanish olingandan keyin lupa yordamida sharcha
izining diametri aniqlanadi va Brinell bo‘yicha formula
orqali qattiqlik hisoblab topiladi;
• topilgan natija jadval bilan taqqoslab ko‘riladi.
4. Temir-uglerod qotishmalarining holat diagrammasini
o‘rganish
• laboratoriya ishini bajarish uchun o‘quvchilar qotish-
malarning holat diagrammasini tuzishni bilishlari kerak;
• Fe—Fe
3
S diagrammasi daftarga chizilib, ularning kritik
nuqtalari, tarkibi va ulardagi o‘zgarishlarni, po‘lat va
cho‘yan qismlarini, ularning kattaliklarini o‘rganib chi-
qib, hisobot yoziladi.
5. Termik va kimyoviy termik ishlov berishning po‘lat xossa-
lariga ta’sirini o‘rganish
a) metallarga termik ishlov berishni o‘rganish:
• o‘quvchi ma’lum markali po‘latni olib, termik ishlash
rejimlarini temir—uglerod holat diagrammalaridan
aniqlab, mufel pechi ichiga joylashtiradi;
• rejimlar bajarilgandan keyin buyum mufel pechi
ichidan maxsus qisqich yordamida olinib, oldindan tay-
yorlab qo‘yilgan suv yoki yog‘ solingan idishga bo-
tiriladi va aylantirib turiladi, keyin bo‘shatiladi;
• shu usulda termik ishlashning boshqa turlari bajariladi;
b) metallarga kimyoviy-termik ishlov berishni o‘rganish:
• ishni bajarish uchun po‘lat namunalari mikrostrukturasi
o‘rganilib, ularning qattiqligi o‘lchanadi va qattiq kar-
burizatorda 920 °C haroratda 1 soat davomida semen-
titlanib, birinchi oddiy termik ishlov beriladi;
• shu tarzda namunadan mikroshliflar tayyorlanib, uning
mikrostrukturasi tekshiriladi va Rokvell bo‘yicha qattiq-
ligi aniqlanadi;
• sementitlangan va sementitlanmagan po‘lat namuna-
larining strukturalari hamda qattiqliklari o‘rganiladi va
xulosa chiqariladi.
77
FOYDALANILGAN ÀDÀBIYOTLÀR
1. I. Nîsirîv. Màtåriàlshunîslik. T., „O‘qituvchi“, 2004.
2. M.À. Mirbîbîyåv. Måtàllàr tåõnîlîgiyasi. T., „O‘qi-
tuvchi“, 2004.
3. Tabellenbuch Metall, Verlag Europa, Lehrmittel,
Nourney, Vollmer GmbH & Co. 2002.
4. M. À. Mirbîbîyåv và bîshqàlàr. Kînstruksiîn màtåriàllàr
tåõnîlîgiyasi kursidàn làbîràtîriya ishlàri. T., „O‘qituvchi“,
1993.
5. Çóåâ Â. M. Òåðìè÷åñêàÿ îáðàáîòêà ìåòàëëîâ. M., „Âûñ-
øàÿ øêîëà“, 2001.
6. Màëêèí À. ß. Îñíîâû òåõíîëîãèè ìåõàíè÷åñêîé îáðà-
áîòêè. — M., „Âûñøàÿ øêîëà“, 1998.
7. Âåíåöêèé Ñ.È. „Ðàññêàçû î ìåòàëëàõ“. — M., „Âûñøàÿ
øêîëà“, 1999.
8. V.À. Mirbîbîyåv. Kînstruksiîn màtåriàllàr tåõnîlîgiyasi
kursidàn làbîràtîriya và àmàliyot ishlàrigà måtîdik qo‘llànmà.
– T., „Mîliya“, 2003.
9. À. M. Äàëüñêèé, À. Àðóòþíîâà è äð. Òåõíîëîãèÿ êîí-
ñòðóêöèîííûõ ìàòåðèàëîâ. – M., „Màøèíîñòðîåíèå“,
1989.
10. V.À. Mirbîbîyåv, S. Màhàmàdõo‘jayåv. Màshinàsîzlik
kîrõînàlàridà dåtàl zàgîtîvkàlàrini ishlàb chiqàrish tåõnîlîgik
jàràyonlàrini lîyihàlàsh àsîslàri bo‘yichà o‘quv qo‘llànmà.
— T., TDTU, 1999.
78
MUNDARIJA
So‘zboshi ............................................................................................ 3
I bob. Metallar va qotishmalar, ularning xossalari
1.1. Metallar va qotishmalar ............................................................... 5
1.2. Metallarning ichki tuzilishi ......................................................... 8
1.3. Metallarning xossalari ............................................................... 11
1.4. Qotishmalarning xossalari ......................................................... 14
1.5. Qotishmalarning holat diagrammasi ......................................... 15
II bob. Temir-uglerod qotishmalari
2.1. Temir-uglerod qotishmalarining diagrammasi .......................... 19
2.2. Konstruksion po‘latlar va ularning tasnifi ................................ 24
2.3. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari ...................................... 25
2.4. Rangli metallar va ularning qotishmalari .................................. 27
2.5. Kukun metallurgiyasi ................................................................ 30
III bob. Po‘latga termik va kimyoviy ishlov berish
3.1. Po‘latni yumshatish turlari ......................................................... 33
3.2. Po‘latni to‘la yumshatish ............................................................. 36
3.3. Po‘latni chala yumshatish ............................................................ 37
3.4. Me’yorlash .................................................................................. 38
3.5. Po‘latni toblash usullari .............................................................. 39
3.6. Legirlovchi elementlarning po‘latdagi o‘zgarishlarga ta’siri .......... 41
3.7. Legirlangan po‘latlarning tasnifi va markalanishi ......................... 41
3.8. Legirlàngàn po‘latlàrgà termik ishlov berish ............................... 43
3.9. Asbobsozlik po‘latlariga termik ishlov berish ............................... 48
3.10. Shtàmplàr và press-qoliðlàrgà termik ishlov berish.................. 52
3.11. Korroziyabardosh po‘latlar ........................................................ 53
3.12. Metallar korroziyasi va unga qarshi kurashish ............................ 54
IV bob. Metallmas konstruksion materiallar
4.1. Metallmas konstruksion materiallarning tasnifi ........................... 57
4.2. Polimerlar va plastmassalar ......................................................... 57
79
4.3. Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish ................................. 61
4.4. Bosim bilan presslab quyish ........................................................ 62
4.5. Plastmassalarni payvandlash ....................................................... 62
4.6. Plastmassalarga mexanik ishlov berish ........................................ 63
4.7. Rezina materiallar ........................................................................ 64
V bob. Metallarni sinash usullari
5.1. Metallarni sinash ....................................................................... 66
5.2. Qattiqlikni aniqlash ................................................................... 68
5.3. Metallarni ñho‘zilishga sinash ................................................... 73
Amaliy topshiriqlar va ularni bajarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar ..................................................................................... 75
Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................ 77
Muharrir N. G‘oipov
Badiiy muharrir Sh. Xo‘jayev
Òexn. muharrir S. Nabiyeva
Kompyuterda sahifalovchi N. Qurbonova
Musahhih M. Ibrohimova
Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 291. 04.11.2016. Original maketdan bosishga
ruxsat etildi 16.11.2017. Bichimi 60½90
1
/
16
. Kegli 11 shponli. Tayms
garniturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi.
Shartli b.t. 5,0. Hisob-nashriyot t. 5,0. 1005 nusxada bosildi.
Buyurtma ¹665.
Original-maket O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining
„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida tayyorlandi.
Toshkent — 206, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 1- uy.
«NISO POLIGRAF» MCHJ bosmaxonasida chop etildi.
Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, «Oq-Ota» QFY, Mash’al
mahallasi Markaziy ko‘chasi, 1-uy.
AKRAMJON MATKARIMOV,
FAZLIDDIN AHMADJONOV
MATERIALSHUNOSLIK
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
4- nashri
„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2017
Matkarimov, A.
Materialshunoslik: Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘l. / A. Matkarimov, F. Ahmadjonov; O‘zR Oliy
va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi. —
4- nashri
— Toshkent. „O‘qituvchi“
NMIU, 2017. — 80 b.
I. Ahmadjonov, F.
ISBN 978-9943-22-157-4
UO‘K: 621.1(075)
KBK 30.3ya722
30.3
Ì 31
http://fayllar.org