O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchash



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə7/7
tarix06.06.2020
ölçüsü195,91 Kb.
#31804
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org


Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchash

Qattiqlikni Shor usuli bilan o‘lchashda yuk bilan unga

mahkamlangan indentor (odatda, po‘lat sharcha) N

p

 baland-



likdan namunaning yuzasiga tik yo‘nalishda tushiriladi. Shor

usuli bilan qattiqlik indentorning urilib qaytish balandligi H

o

ga


qarab aniqlanadi (21- rasm). Qattiqlik shkalasi 130 birlikka bo‘-

lingan. U toblangan evtektoid po‘latning qalinligi 100 birlikka

teng degan fikrga asoslanib hisoblangan. Bu asboblardan sho-

shilinch tahlillar uchun foydalaniladi. Shor bo‘yicha qattiqlik

bilan boshqa usullar orasida hech qanday o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.

Qattiqlikni o‘lchashda yuqorida aytib o‘tilgan usullarni

qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda u og‘irligi o‘lchangan

egovlar yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi kam bo‘lsa

ham oddiy va uni sex sharoitida osongina tatbiq etish mumkin.

Zarbiy qovushoqlikni aniqlash dinamik yuklamada me-

tallning yemirilishiga moyilligini aniqlashga imkon berdi. Zarbiy

sinovlar materialning mo‘rtlashuvi (donlari katta-kichikligining

o‘zgarishi, dispers fazalarning tushib qolishi, flokenlar paydo

bo‘lishi va h. k.) bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tarkibiy

o‘zgarishlarni nisbatan oson aniqlash imkonini beradi. Zarb

ta’sirida sinish, ko‘pincha zavod amaliyotida metallarga ishlov

berish me’yorining to‘g‘riligini va me-

tallning sifatini baholash maqsadida qo‘l-

laniladi. Zarbiy qovushoqlikni aniqlash

uchun besh turdagi (I—V) kesikli na-

munalardan foydalaniladi.

Namunaning yemirilishiga sarflangan

ishni bilgan holda zarbiy qovushoqlikni

aniqlash mumkin:



KS=W/F.

Bu yerda: F–namunaning sinashga qa-

dar kesilgan joydagi ko‘ndalang kesim

yuzi, m

2

,  W – namunaning yemirili-



shiga sarflangan ish, MJ.

Asosiy namuna sifatida I turdagi na-

munalarni sinashda KC simvoliga ke-

21-rasm. Qattiqlikni

Shor usuli bilan

aniqlash sxemasi.

H

Ï

H

0

71

sikning millimetr hisobidagi chuqurligini (KC



3

,  KC

5

), IV tur-



dagilarni sinashda – kesikning ochilish burchagini ko‘rsatuvchi,

V turdagilarni sinashda „t“ indeksi (KC

n.t.

) qo‘shiladi. Zarbiy



qovushoqlik ikki tashkil etuvchidan tarkib topadi, chunki uni

aniqlashda yemirilish darzlarining paydo bo‘lishi va kattalashuviga

qarshilik o‘lchanadi:

KC KS

p.b.

+KC

t

,



bunda:  KC

p.b.

 – darz paydo bo‘lishiga sarflangan ish; KC

t

  –



darzning tarqalishiga sarflangan ish.

Bu tashkil etuvchilar material tuzilmasining holatiga va

ko‘pgina tashqi omillarga turlicha bog‘liq bo‘ladi. Metallning mo‘rt

yemirilish holatiga o‘tishi ko‘p jihatdan darzning kattalashishiga

sarflangan ish bilan aniqlangani tufayli, zarb bilan sinashda KC

t

ni aniqlash yaxshiroq. KC



t

 ish metallning boshlangan ye-

mirilishiga qarshiligini tavsiflaydi va kesiklarning o‘tkirligiga kam

bog‘liq bo‘ladi. KC lari teng bo‘lgan ikki xil materialdan KC

t

kattasi ishonchliroq bo‘ladi, demak, darzning tarqalishiga sarf-



langan ish materialning ishonchliligini tavsiflaydi.

KC ni tashkil etuvchilarga ajratishning bir necha usullari bor.

Namunalarning yemirilishi mo‘rt yoki qovushoq bo‘lishi mumkin.

Mo‘rt yemirilish uzilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi va bunda namuna

sezilarli darajada plastik deformatsiyalanmaydi. Qovushoq yemi-

rilishdan oldin kattagina plastik deformatsiya sodir bo‘ladi.

Mo‘rt yemirilish uchun xos xususiyat darzning katta

tezlikda tarqalishi va uning tarqalishida plastik deformatsiyaning

bo‘lmasligidir. Darz to‘plangan energiya tufayli harakatlanadi.

Qovushoq yemirilish uchun xos xususiyat darzning tarqalish

tezligi kichikligi va uning harakatlanishida anchagina plastik

deformatsiya sodir bo‘lishidir. Yemirilishlar turlari singan joy-

larni o‘rganish (fragtografiya) natijasida aniqlanadi.

Yemirilish xususiyatining o‘zgarishidagi harorat oralig‘i so-

vuqlayin sinish bo‘sag‘asi yoki mo‘rtlikning kritik harorati

deyiladi.

Ko‘pgina metall va qotishmalarda (birinchi navbatda,

hajmiy-markazlashgan kubsimon va geksagonal panjaralilarda)

harorat pasayishi bilan qovushoq yemirilishdan mo‘rt yemiri-

lishga o‘tish kuzatiladi, bu hol zarbiy qovushoqlikning pasayi-

shida va sinish xususiyatining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.



72


Metallning tuzilish holatiga va mustahkamlik darajasiga qarab,

mo‘rt yemirilishga o‘tish asta-sekin yoki keskin bo‘lishi

mumkin.

Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asining yuqoriligi T

yu

 va plastik T



p

chegaralari bo‘ladi. Bu haroratlar oralig‘ida qovushoq tolali

sinishdan mo‘rt kristall sinishga o‘tish yuz beradi. Sovuqlayin

sinish bo‘sag‘asi, ko‘pincha, sinash haroratiga qarab aniq-

lanadi, bunda singan joyda 50 % qovushoq tolali tashkil etuvchi

T

50


 bo‘ladi. Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asi qancha yuqori bo‘lsa,

metallning mo‘rt yemirilishiga moyilligi shuncha katta bo‘ladi.

Buyumlarni sovuqlayin sinish bo‘sag‘asidan yuqori haroratlarda

ishlatish kerak, shunda mo‘rt yemirilish bo‘lmaydi.

Sovuqlayin sinish bo‘sag‘asiga metall donlarining katta-

kichikligi, kimyoviy tarkibi, masshtab omili (buyumning o‘l-

chamlari), zo‘riqish to‘plagichlari, yuklanish tezligi va boshqa

omillar ta’sir etadi.



K

2

EG/(1 — 



µ

2

) – yassi deformatsiyalangan holati



uchun, bunda  

µ – Puasson koeffitsiyenti (metallar uchun —0,3).

Yassi zo‘riqqan holatda namunaning qalinligi bo‘yicha zo‘riqish

bo‘lmaydi. Yemirilishga siljish sabab bo‘ladi.

Yassi deformatsiyalangan holat uchun namunaning qalinligi

bo‘yicha deformatsiyaning yo‘qligi xos bo‘lib, yemirilish uzilish

yo‘li bilan yuz beradi.

Yemirilish qovushoqligiga sinashda diagrammalar tuziladi,

ular darz uzunligi kattalashishining qo‘yilgan kuchlanishga

bog‘liqligini ko‘rsatadi.



K kattalikdan hisoblashda foydalaniladi. Uning qiymatini

bilgan holda, yemiruvchi zo‘riqishlar qiymatini darzning shakli va

uzunligiga qarab aniqlash va, aksincha, detaldagi ish zo‘riqishni

bilgan holda darzning yemirilish sodir bo‘lgan uzunligini oldindan

aytish mumkin. O‘z-o‘zidan yemirilishga o‘tish paytidagi

zo‘riqishlar intensivligi koeffitsiyentining qiymati K

u

 (yassi zo‘-



riqish sharoiti uchun) yoki K

1u


 (yassi deformatsiyalanish sha-

roiti uchun) bilan belgilanadi va zo‘riqishlar intensivligining



kritik koeffitsiyenti deyiladi. K

1u


 koeffitsiyent yirik namunalarda

aniqlanadi. Namunaning qalinligi amalda quyidagi nisbatni

qanoatlantirishi kerak: b 

≥ 2,5• (K

1u

 / 


σ 

0,2

)

2

.



73


Qattiqlikni Vikkers usuli bilan o‘lchash (olmos

piramidaning uchini botirish)

Vikkers usulida juda yumshoq va qattiq metallarning qattiq-

ligini aniqlash mumkin. Bu usulda namunaga uchlaridagi burchak

136°  bo‘lgan piramida bosiladi. Bosiladigan kuch 550—1200 N

gacha. Izning o‘lchami asbobning o‘zidagi mikroskop yordamida

aniqlanadi.



Yemirilish qovushoqligi. Yemirilish qovushoqligini sinash

metallarning qovushoqligi haqida ancha to‘liq axborot beradi. U

darzlar uchiga tushadigan zo‘riqishlar intensivligi koeffitsiyenti

K ning qiymati yoki darzning uzunlik birligiga siljishi uchun

zaruriy kuch G bilan tavsiflanadi; K va G bir-biri bilan quyidagi

nisbatlar orqali bog‘langan: K



=EG — yassi zo‘riqqan holat

uchun.


5.3.  Metallarni cho‘zilishga sinash

Sinashning bu turi keng tarqalgan. Sinash uchun standart

namunalar olinadi. Sinov mashinalari cho‘zilish diagram-

malarini, ya’ni namuna uzunligining qo‘yilgan nagruzkaga bog‘liq

ravishda o‘zgarishini yozib boradigan asboblar bilan jihozlangan.

Sinashning boshlanishida nisbatan kichikroq yuklamalar

qo‘yilganda namunaning cho‘zilishi biror R

pts

 kuchgacha namu-

naga mutanosib bo‘ladi. Bu yuklamada vujudga keladigan zo‘-

riqish  mutanosiblik chegarasi deyiladi:

σ 

pts



=P

pts


/F



.

Mutanosiblik chegarasidan ortib ketmaydigan zo‘riqishlar

faqat elastik deformatsiyani keltirib chiqaradi, u nagruzka olin-

gandan keyin yo‘qoladi. Shu sababli mutanosiblik chegarasi

amalda elastiklik chegarasi bilan tenglashtiriladi.

Ko‘pincha elastiklik chegarasi dastlabki uzunligidan qoldiq

deformatsiya hosil bo‘ladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi. Masa-

lan, 0,01 % (

σ

0,01



), 0,02 % (

σ

0,02



).

Elastiklik chegarasi muhim xususiyat hisoblanadi, chunki

metallning kichik plastik deformatsiyalarga qarshiligini belgilaydi.

Yuklama R

pts

 dan ortganda yuklama bilan cho‘zilish orasidagi



chiziqli bog‘lanish buziladi. R

pts

 ning biror qiymatida diagrammada

gorizontal maydonchani kuzatish mumkin, u yuklama ko‘pay-

masdan, metall cho‘zilayotganini (oqayotganini) ko‘rsatadi.

74


Oquvchanlikning gorizontal maydonchasi texnik temir

cho‘zilishida juda yaqqol kuzatiladi, aksariyat metallarda esa

unchalik yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Metallning ixtiyoriy oqishi

sodir bo‘ladigan zo‘riqish oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu

holda oquvchanlik chegarasi (shartli) namunani qoldiq cho‘-

zilishga duchor qiladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi, qoldiq

cho‘zilish dastlabki hisoblab topilgan uzunlikning 0,2 % iga

teng bo‘ladi (

σ

0,2


). Oquvchanlik chegarasi mashinasozlikda joiz

zo‘riqishni hisoblashda qo‘llaniladi.

Ancha katta yuklamalarda metall kuchliroq plastik defor-

matsiyalanadi va yemiriladi. Yuklamaga muvofiq keladigan,

metallning yemirilishiga sabab bo‘ladigan zo‘riqish mustah-

kamlik chegarasi deyiladi. Cho‘zilishga sinashda namunaning

ayrim joylari plastik deformatsiyalanadi, bu esa nisbiy uzayish

va nisbiy torayishni aniqlashga imkon beradi.

Nisbiy uzayish b namuna uzilgandan keyin ortgan uzun-

ligining dastlabki hisoblab topilgan uzunligi l

0

 ga nisbatidan



iborat bo‘lib, foizlarda ifodalanadi:

b = [(ll

0

)/l



0

]100,

bunda l – namunaning uzilgandan keyingi uzunligi.

Nisbiy torayish deganda, uzilgan namuna ko‘ndalang kesi-

mining dastlabki ko‘ndalang kesimiga nisbati tushuniladi, u

foizda ifodalanadi: 

Ψ= [(F

0

F



k

)/F

0

] 100, bunda F



k

 — uzilgan

joydagi ko‘ndalang kesim yuzi. Plastik materiallar uchun

uzilishga qarshilik tavsifi bo‘lib haqiqiy mustahkamlik chegarasi

xizmat qiladi: S

k

=P



k

lF

k

, bunda: S



k

 – yemirilish paytidagi

haqiqiy zo‘riqish (MPa); R

k

 – yemirilish paytidagi kuch (N);



F

ko


 — uzilish joyidagi kesim yuzi (m

2

).



Mo‘rt materiallar siqilishga (cho‘yan), egilish va buralishga

(toblangan asbobsozlik va konstruksion po‘latlar) statik sinov-

dan o‘tkaziladi.

Takrorlash uchun savollar

1. Metallar uchun kristall panjaralarning qaysi turlari xos?

2. Kristall tuzilish  nuqsonlarini  birma-bir aytib bering. Ular mus-

 tahkamlikka qanday ta’sir etadi?

3. Metallarning kristallanish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?

4. Qotishmalardagi faza o‘zgarishlar haqida gapirib bering.

5. Metallarning qanday xossalarini bilasiz?

?

75


AMALIY TOPSHIRIQLAR VA ULARNI BAJARISH

BO‘YICHA  KO‘RSATMALAR

1. Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini bajarish

vaqtida rioya qilish lozim bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalarini

o‘rganish

• Laboratoriya xonasidagi jihozlar va dastgohlar bilan

tanishish.

• Jihoz va dastgohlarni ishlatish qoidalarini o‘rganish.

• Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish.

2. Metall va qotishmalarning makro va mikrotahlili

a) metallografik mikroskopning tuzilishi va ishlashini

o‘rganish (Geyns va Bauman usullari):

• metall namunalar va mikroshliflar tayyorlash;

• metallarning  siniq  yuzalari ko‘z bilan qarab va lupalar

yordamida  tekshiriladi;

• ma’lum usullar bilan metallardagi likvatsiya  hodisasi

aniqlanadi;

b) metallarning ichki tuzilishini o‘rganish uchun „mik-

roshlif“ tayyorlash, metallografik mikroskop tuzi-

lishini va uni ishlatishni  o‘rganish:

• o‘quvchilar mikroshlif tayyorlash metodikasini  o‘r-

ganib, ularni tayyorlaydilar;

• metallografik mikroskopning tuzilishini, ishlash prin-

siðini o‘rganib, tayyor mikroshlifni mikroskopga  qo‘yib,

ichki tuzilishini o‘rganish metodikasi bilan tanishadilar va

hisobot yozadilar;

d) po‘latlarning  ichki tuzilishini  mikroskop yordamida

o‘rganish (mikrotahlil):

• tayyor mikroshliflarni mikroskopga qo‘yib (katta-

lashtirish ixtiyoriy tanlanadi), po‘lat markasini, mexanik

xossalarini, ishlatish sohasini aniqlab, jadval to‘ldiriladi;

e) cho‘yanlarning tuzilishini mikroskop yordamida o‘r-

ganish:

• laboratoriya  ishi po‘latlarning  ichki tuzilishini  o‘rganish

tartibida  bajariladi;

• cho‘yanlarning markalanishi ma’lumotnomadan olinadi

va jadval to‘ldiriladi.



76


3. Metall va qotishmalarning qattiqligini aniqlash

Metallarning  qattiqligini  Brinell  usulida  aniqlash:

• TSH—2M turidagi Brinell o‘lchov asbobi tagligiga tay-

yorlangan va tayyor namuna komplekti qo‘yilib, ma’lum

usul bilan sharcha namunaga botiriladi;

• kuchlanish olingandan keyin lupa yordamida sharcha

izining diametri aniqlanadi va Brinell bo‘yicha   formula

orqali qattiqlik hisoblab topiladi;

• topilgan natija jadval bilan taqqoslab ko‘riladi.

4. Temir-uglerod qotishmalarining holat diagrammasini

o‘rganish

• laboratoriya ishini bajarish uchun o‘quvchilar  qotish-

malarning holat  diagrammasini  tuzishni bilishlari kerak;

• Fe—Fe

3

S diagrammasi  daftarga chizilib, ularning  kritik



nuqtalari,  tarkibi  va ulardagi  o‘zgarishlarni, po‘lat va

cho‘yan  qismlarini, ularning kattaliklarini o‘rganib chi-

qib, hisobot yoziladi.

5. Termik va kimyoviy termik ishlov berishning po‘lat xossa-

lariga ta’sirini o‘rganish

a) metallarga termik ishlov berishni o‘rganish:

• o‘quvchi ma’lum  markali  po‘latni olib, termik ishlash

rejimlarini temir—uglerod holat diagrammalaridan

aniqlab, mufel pechi ichiga joylashtiradi;

• rejimlar bajarilgandan keyin  buyum mufel pechi

ichidan  maxsus qisqich yordamida olinib, oldindan tay-

yorlab qo‘yilgan suv yoki yog‘ solingan idishga bo-

tiriladi va aylantirib  turiladi, keyin bo‘shatiladi;

• shu usulda  termik ishlashning  boshqa turlari bajariladi;

b) metallarga kimyoviy-termik ishlov berishni o‘rganish:

• ishni bajarish uchun po‘lat namunalari mikrostrukturasi

o‘rganilib, ularning qattiqligi o‘lchanadi va qattiq  kar-

burizatorda 920 °C haroratda 1 soat davomida  semen-

titlanib, birinchi oddiy termik ishlov beriladi;

• shu tarzda namunadan  mikroshliflar  tayyorlanib, uning

mikrostrukturasi tekshiriladi va Rokvell bo‘yicha qattiq-

ligi aniqlanadi;

• sementitlangan va sementitlanmagan po‘lat namuna-

larining strukturalari  hamda qattiqliklari o‘rganiladi va

xulosa  chiqariladi.

77


FOYDALANILGAN ÀDÀBIYOTLÀR

1. I. Nîsirîv. Màtåriàlshunîslik. T., „O‘qituvchi“, 2004.

2.  M.À. Mirbîbîyåv. Måtàllàr tåõnîlîgiyasi. T., „O‘qi-

tuvchi“, 2004.

3. Tabellenbuch Metall, Verlag Europa, Lehrmittel,

Nourney, Vollmer GmbH & Co. 2002.

4. M. À. Mirbîbîyåv và bîshqàlàr. Kînstruksiîn màtåriàllàr

tåõnîlîgiyasi kursidàn làbîràtîriya ishlàri. T., „O‘qituvchi“,

1993.

5. Çóåâ Â. M. Òåðìè÷åñêàÿ îáðàáîòêà ìåòàëëîâ. M., „Âûñ-



øàÿ øêîëà“, 2001.

6. Màëêèí À. ß. Îñíîâû òåõíîëîãèè ìåõàíè÷åñêîé îáðà-

áîòêè. — M., „Âûñøàÿ øêîëà“, 1998.

7. Âåíåöêèé Ñ.È. „Ðàññêàçû î ìåòàëëàõ“. — M., „Âûñøàÿ

øêîëà“, 1999.

8.  V.À. Mirbîbîyåv. Kînstruksiîn màtåriàllàr tåõnîlîgiyasi

kursidàn làbîràtîriya và àmàliyot ishlàrigà måtîdik qo‘llànmà.

– T., „Mîliya“, 2003.

9. À. M. Äàëüñêèé, À. Àðóòþíîâà è äð. Òåõíîëîãèÿ êîí-

ñòðóêöèîííûõ ìàòåðèàëîâ. – M., „Màøèíîñòðîåíèå“,

1989.

10.  V.À. Mirbîbîyåv, S. Màhàmàdõo‘jayåv. Màshinàsîzlik



kîrõînàlàridà dåtàl zàgîtîvkàlàrini ishlàb chiqàrish tåõnîlîgik

jàràyonlàrini lîyihàlàsh àsîslàri bo‘yichà o‘quv qo‘llànmà.

— T., TDTU, 1999.

78


MUNDARIJA

So‘zboshi ............................................................................................ 3

I bob. Metallar va qotishmalar, ularning xossalari

1.1. Metallar va qotishmalar ............................................................... 5

1.2. Metallarning ichki tuzilishi ......................................................... 8

1.3. Metallarning xossalari ............................................................... 11

1.4. Qotishmalarning xossalari ......................................................... 14

1.5. Qotishmalarning holat diagrammasi ......................................... 15



II bob. Temir-uglerod qotishmalari

2.1. Temir-uglerod qotishmalarining diagrammasi .......................... 19

2.2. Konstruksion po‘latlar va ularning tasnifi ................................ 24

2.3. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari ...................................... 25

2.4. Rangli metallar va ularning qotishmalari .................................. 27

2.5. Kukun metallurgiyasi ................................................................ 30



III bob. Po‘latga termik va kimyoviy ishlov berish

3.1. Po‘latni yumshatish turlari ......................................................... 33

3.2. Po‘latni to‘la yumshatish ............................................................. 36

3.3. Po‘latni chala yumshatish ............................................................ 37

3.4. Me’yorlash .................................................................................. 38

3.5. Po‘latni toblash usullari .............................................................. 39

3.6. Legirlovchi elementlarning po‘latdagi o‘zgarishlarga  ta’siri .......... 41

3.7. Legirlangan po‘latlarning tasnifi va markalanishi ......................... 41

3.8. Legirlàngàn po‘latlàrgà termik ishlov berish ............................... 43

3.9. Asbobsozlik po‘latlariga termik ishlov berish ............................... 48

3.10. Shtàmplàr và press-qoliðlàrgà termik ishlov berish.................. 52

3.11. Korroziyabardosh po‘latlar ........................................................ 53

3.12. Metallar korroziyasi va unga qarshi kurashish ............................ 54

IV bob. Metallmas konstruksion materiallar

4.1. Metallmas konstruksion materiallarning tasnifi ........................... 57

4.2. Polimerlar va plastmassalar ......................................................... 57

79


4.3. Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish ................................. 61

4.4. Bosim bilan presslab quyish ........................................................ 62

4.5. Plastmassalarni payvandlash ....................................................... 62

4.6. Plastmassalarga mexanik ishlov berish ........................................ 63

4.7. Rezina materiallar ........................................................................ 64

V bob. Metallarni sinash usullari

5.1. Metallarni sinash ....................................................................... 66

5.2. Qattiqlikni aniqlash ................................................................... 68

5.3. Metallarni ñho‘zilishga sinash ................................................... 73

Amaliy topshiriqlar va ularni bajarish bo‘yicha

ko‘rsatmalar ..................................................................................... 75

Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................ 77

Muharrir  N. G‘oipov

Badiiy muharrir Sh. Xo‘jayev

Òexn. muharrir S. Nabiyeva

Kompyuterda sahifalovchi N. Qurbonova

Musahhih  M. Ibrohimova

Nashriyot litsenziyasi AI ¹ 291. 04.11.2016. Original maketdan bosishga

ruxsat etildi 16.11.2017. Bichimi 60½90 

1

/

16



. Kegli 11 shponli. Tayms

garniturasi. Ofset bosma usulida bosildi. Ofset qog‘ozi.

Shartli b.t. 5,0. Hisob-nashriyot t. 5,0. 1005 nusxada bosildi.

Buyurtma ¹665.

Original-maket O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida tayyorlandi.

Toshkent — 206, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 1- uy.

«NISO POLIGRAF» MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, «Oq-Ota» QFY, Mash’al

mahallasi Markaziy ko‘chasi, 1-uy.

AKRAMJON MATKARIMOV,

FAZLIDDIN AHMADJONOV



MATERIALSHUNOSLIK

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

4- nashri

O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa  ijodiy uyi

Toshkent – 2017

Matkarimov, A.

Materialshunoslik: Kasb-hunar kollejlari uchun

o‘quv qo‘l. / A. Matkarimov, F. Ahmadjonov; O‘zR Oliy

va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar

ta’limi markazi. — 

4- nashri

 — Toshkent. „O‘qituvchi“

NMIU, 2017. — 80 b.

I. Ahmadjonov, F.

ISBN 978-9943-22-157-4

UO‘K: 621.1(075)

KBK 30.3ya722

 30.3



Ì 31

http://fayllar.org



Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin