O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Konstruksion po‘latlar va ularning tasnifi



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə3/7
tarix06.06.2020
ölçüsü195,91 Kb.
#31804
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org


2.2. Konstruksion po‘latlar va ularning tasnifi

Konstruksion po‘latlarda uglerod miqdori 0,5—0,6 % dan

oshmaydi. Konstruksion po‘latlar uglerodli va legirlangan

bo‘lishi mumkin.

Mashinasozlikda mashinalarning detallari va konstruk-

siyalarini tayyorlash uchun keng ko‘lamda ishlatiladigan

po‘latlar  konstruksion po‘latlar  deyiladi.

Konstruksion po‘latning texnologik xossalari yaxshi bo‘lishi

bilan birga, nihoyatda puxta, plastik va qovushqoq bo‘lishi kerak.

Po‘lat yaxshi deformatsiyalanishi (bolg‘alashda va shtampovka-

lashda) lozim, unga qirqish yo‘li bilan ishlov berish oson

bo‘lishi, yaxshi payvandlanadigan va toblashda darz ketmasligi

kerak. Uglerodli konstruksion po‘latlar ishlab chiqarish usuliga

ko‘ra, marten va konverter (Bessemer va Tomas) po‘latlarga

bo‘linadi. Odatdagi sifatli (DST 380-71) va sifatli (DST 1050-

74) uglerodli konstruksion po‘latlar farqlanadi.

Odatdagi sifatli uglerodli konstruksion po‘latlar eng arzoni

hisoblanadi. Bunday po‘latlar tarkibida oltingugurt (marten

po‘latida 0,55 % gacha va bessemer po‘latida 0,060 % gacha)

hamda fosfor (marten po‘latida 0,045 % gacha va bessemer

po‘latida 0,080 % gacha) miqdori ko‘p bo‘ladi.

Odatdagi sifatli po‘latlar qanday maqsadda ishlatilishiga

qarab, A, B va C guruhlarga ajratiladi.

Barcha guruhlarda 1—4 raqamli po‘latlar: qaynaydigan

(kp), tinch (sp) va yarimtinch (ps) qilib tayyorlanadi; 5—6

raqamlilari yarimtinch (ps) va tinch (sp) po‘latlar bo‘ladi.

Me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga qarab, har qaysi guruh-

lardagi po‘lat quyidagi toifalarga (kategoriyalarga) bo‘linadi:

• A guruh — 1, 2, 3-toifalar;

• B guruh — 1, 2-toifalar;

• C guruh — 1, 2, 3, 4, 5, 6-toifalar.

Me’yorlanadigan ko‘rsatkichlar:

A guruh:

••••• 1-toifa — σ

v

,

 δ;



••••• 2-toifa — σ

v

,



  δ,  σ

izg

;

••••• 3-toifa — σ



v

,

  δ,  σ



izg

,

  σ



t

.

B guruh:

••••• 1-toifa (%) — C, Mn, Si, S, P, As, N;

••••• 2-toifa (%) — C, Mn, Si, S, P, As, N, Cr, Ni, Cu.



25


C guruh:

••••• 1-toifa — kimyoviy tarkibi va σ

v

,

 δ,  σ



izg

;

••••• 2-toifa — kimyoviy tarkibi va σ



v

,

  δ,  σ



izg

,

  σ



t

;

••••• 3-toifa — kimyoviy tarkibi va σ



v

,

 δ, σ



izg

,

 σ



t

, KS + 20°C;

••••• 4-toifa — kimyoviy tarkibi va σ

v

,



 δ, σ

izg

,

 σ


t

, KS-20°C;

••••• 5-toifa — kimyoviy tarkibi va σ

v

,



  δ,  σ

izg


,

  σ


t

, KS-20°C,

KS eskirgandan keyin;

••••• 6-toifa — kimyoviy tarkibi va σ

v



δ,  σ

izg


,

  σ


t

, KS

eskirgandan keyin.

A guruh — odatdagi sifatli po‘latlar, kimyoviy tarkibi

aniqlanmasdan, mexanik xossalari bo‘yicha yetkazib beriladi. Bu

guruh po‘latlar St harflari va 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlari

bilan markalanadi (rusumlanadi). Raqam qancha katta bo‘lsa,

po‘latning mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi.

Toifani belgilash uchun markaning oxiriga toifa tartib

raqami qo‘shiladi (birinchi toifa ko‘rsatilmaydi). Masalan,

St3ps2. Oksidsizlantirish usulini ko‘rsatuvchi indeks bilan

marka raqami orasida G harfi bo‘lishi mumkin, u marganes-

ning miqdori ko‘pligini bildiradi. Masalan, St5Gps.

Kimyoviy tarkibi kafolatlangan holda yetkazib beriladigan

po‘latlar. Ular B indeksi, St harflari va 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6

raqamlari bilan markalanadi. Raqam qancha katta bo‘lsa,

uglerodning miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Markaning oxirida

toifa raqami ko‘rsatiladi, masalan, BSt1, BSt3kp.



Kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari kafolatlangan holda

yetkazib beriladigan po‘latlar. Bu po‘latlar C indeksi, St harflari

va 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari bilan markalanadi. Marka oxiriga toifa

raqamini ko‘rsatuvchi raqam qo‘shiladi. Masalan, CSt3kp4.

B va C guruh po‘latlarga qaynoq holda bosim bilan hamda

termik ishlov berish (me’yorlash, toblash va bo‘shatish)

mumkin.



2.3. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari

Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari U harfi (uglerodli) va

bu harfdan keyin keluvchi raqamlar (7, 8, 9 va h.k.) bilan

markalanadi, raqamlar uglerod foizining o‘ndan bir ulush-

laridagi o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Yuqori sifatli po‘latlarda

raqamlar ketidan A harfi qo‘yiladi, masalan, U12A.



26


Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan uglerodli po‘latlarga

avtomat va list po‘latlar (qozonbop po‘latlar) kiradi.

Avtomat po‘latlarga kesib ishlov berish oson. Kesib ishlov

berishni osonlashtirish uchun po‘latga oltingugurt, qo‘rg‘o-

shin, selen, tellur, kalsiy qo‘shiladi.

Po‘latning shtamplanuvchanligi uning kimyoviy tarkibiga

bog‘liq bo‘ladi: po‘latda uglerod miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, u

shuncha yomon shtamplanadi. Kremniy miqdori ko‘p bo‘lsa,

po‘latning shtamplanuvchanligini, ayniqsa, cho‘zib shtamp-

lashda, yomonlashtiradi. Shu sababli sovuqlayin shtamplash,

ayniqsa, qattiq cho‘zib shtamplash uchun ishlatiladigan po‘-

latlarda uglerod bilan kremniyning miqdori kamaytiriladi (ko‘pi

bilan 0,08 %).

25, 30, 40, 45, 50 markali po‘latlarning plastikligi past

(

δ = 23 – 14 va ψ = 50 – 40 %) bo‘lgan holda mustahkamligi



yuqori bo‘ladi (

σ

v



 = 460 – 640 MPa).

10, 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45, 50 markali po‘latlar

kalibrlangan, sovuqlayin cho‘zilgan va aniq o‘lchamli simlar

ko‘rinishida ham ishlatiladi. Parchinlash natijasida uning

mustahkamligi ortadi, lekin plastikligi pasayadi. Uglerodli

asbobsozlik po‘latlari tarkibida 0,7 – 1,5 % uglerod bo‘ladi.

Uglerodli sifatli po‘latlar marten pechlarida yoki elektr

pechlarida suyuqlantirib olinadi; ular oksidsizlantirish usuliga

qarab, tinch yoki qaynaydigan bo‘lishi mumkin. Sifatli po‘lat-

larda uglerodning miqdori chegaralangan, oltingugurtning miq-

dori 0,04 % gacha va fosforning miqdori esa 0,04 % gacha

kamaytirilgan bo‘ladi.

Uglerodli sifatli po‘latlar 5, 08, 08 kp (harflar „qaynay-

digan po‘lat“ degan ma’noni bildiradi), 10, 20, ... 45 va hokazo

raqamlar bilan markalanadi. Raqamlar uglerod foizining

yuzdan bir ulushlaridagi o‘rtacha miqdorini bildiradi. Uglerod

miqdori  kam bo‘lgan po‘latlarning (08, 10, 15, 20) mustah-

kamligi nisbatan past (

δ

v

=330—420 MPa) va plastikligi yuqori



(

δ = 25 – 32 % va ψ = 55 – 60 %) bo‘ladi. Bunday po‘latlar

yaxshi payvandlanadi hamda shtamplanadi.

Oltingugurtli avtomat po‘latlar tarkibida oltingugurt (0,15—

0,3 % gacha) va fosfor (0,05—0,15 % gacha) miqdori ko‘p

bo‘ladi. Tarkibida oltingugurt bilan fosfor miqdori ko‘pligi

sababli avtomat po‘latlarga oson kesib ishlov berish mumkin,

bunda ularning sirti juda sifatli chiqadi. Avtomat po‘latlar



27


A harfi va raqamlar bilan markalanadi, raqamlar uglerodning

foizning yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi,

masalan, A12, A20 va h.k. Po‘lat tarkibida marganes miqdori

ko‘p bo‘lganda po‘lat markasiga G harfi qo‘shiladi — A20G.

Avtomat po‘lat boltlar, gaykalar, vintlar va hokazolar tay-

yorlash uchun ishlatiladi. Mustahkamligini oshirish maqsadida

sovuqlayin cho‘ziladi, natijada ular puxtalanadi. Masalan, A20

po‘latining mustahkamlik chegarasi 460—610 MPa dan 620—

800 MPa ga qadar ortadi. Tarkibida 0,20 % gacha S bo‘lgan

avtomat po‘latlar mustahkam po‘lat sifatida, uglerod miqdori

me’yordagidan ko‘p bo‘lgan po‘latlar esa sifati yaxshilangan

po‘lat sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli avtomat po‘latlar

(Pb=0,08—0,15 %) AS14, AS40 va hokazo tarzda markalanadi,

bunda raqamlar foizning yuzdan bir ulushlari hisobidagi uglerod

miqdorini ko‘rsatadi. Selenli avtomat po‘latlarda markaning

oxiriga E harfi qo‘yiladi, masalan, 5E.

List po‘latlar (qozonbop po‘latlar) quyidagi markalarda

ishlab chiqariladi: 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K; ularda

uglerod miqdori 0,08 dan 0,28 % gacha bo‘ladi.

Bir qoliðda quyish uchun (ayniqsa, transport mashina-

sozligida) mo‘ljallangan uglerodli po‘latlar foizning yuzdan bir

ulushlari hisobidagi uglerod miqdorini ko‘rsatadigan raqam va

L harfi bilan markalanadi, masalan, 15L, 40L.

2.4. Rangli metallar va ularning qotishmalari

Rangli metall qotishmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi

Xalq xo‘jaligida rangli metallar va ularning qotishmalarining

ahamiyati katta. Xalq xo‘jaligining ba’zi sohalari, masalan,

aviatsiya sanoati, raketasozlik, elektrotexnika va radiotexnikada

rangli metallar va ularning qotishmalari asosiy konstruksion

material hisoblanadi. Rangli metallarga oltin, kumush, platina,

mis, aluminiy, rux, magniy, qo‘rg‘oshin, qalay, titan, nikel

va boshqalar kiradi. Shularning ichida biz aluminiy va mis

qotishmalariga oid ma’lumotni ko‘rib chiqamiz.

Aluminiyning ishlanishi va markalanishi

DST 11069-64 ga ko‘ra aluminiy 13 markada ishlab chiqari-

ladi. Aluminiy markasi tozalik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘li-

nadi. 1-guruhga tarkibida 0,0001% gacha qo‘shimchalar bo‘lgan



28


nihoyatda toza aluminiy kiradi va ular A-999 bilan markalanadi.

2-guruhga juda toza aluminiylar,  jumladan, A-995, A-99, A-

97, L-95 markalilar kiradi. 3-guruhga esa texnikaviy jihatdan toza

aluminiylar: A-85, A-8, A-7, A-6, A-5, A-0, AE va Ac kiradi.

Faqat A harfli  markalarda qo‘shimcha element 1% ga yetadi. Sof

aluminiy elektrotexnikada, asosan, kimyoviy apparatlar, alu-

min qog‘oz, elektr simlari ishlab chiqarishda, aluminiy qotish-

malari  esa mashinasozlikda keng ishlatiladi.



Aluminiy qotishmalarining turlari

Aluminiy qotishmalari 2 guruhga: deformatsiyalanadigan va

quymabop qotishmalarga bo‘linadi.

Aluminiyning bosim bilan ishlash uchun mo‘ljallangan

deformatsiyalanadigan qotishmalari deformatsiyabop qotish-

malar deyiladi. Bular, o‘z navbatida, termik yo‘l bilan pux-

talanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalarga bo‘linadi:

a) termik yo‘l bilan puxtalanmaydigan aluminiy qotishmasi

jumlasiga A1-Mp va A1-Mg qotishmalari kiradi. A1-Mp

tizimidagi qotishmalar AMg harfi bilan markalanadi. Masalan:

AMs, AMg, AMgZ, AMg5 AMg7 va h.k. Markadagi raqam

magniyning % miqdorini ko‘rsatadi;

b) termik yo‘l bilan puxtalanadigan aluminiy qotishmalari

ichida eng ko‘p ishlatiladigani duraluminiydir. Duraluminiy

tarkibiga mis Cu  va marganes  Mg kiradi. Duraluminiy A-Cu-

Mg  harflari bilan belgilanadi, uning belgilanishida raqamlar

ham bo‘ladi. Masalan: D1, D6, D16.

D—duraluminiy ekanligini, raqam tartib raqamini bildiradi.

Agar, qotishma tarkibiga rux qo‘shilsa, uning puxtaligi yanada

oshadi. Ulardan V95 markalisi ko‘p ishlatiladi. Aluminiyning

deformatsiyabop qotishmalariga uning bolg‘alash, prokatlash,

shtamplash yo‘li bilan ishlanadigan qotishmalari kiradi.

Masalan: AK4, AK5, AK6 markalardagi raqamlar tartib

raqamini bildiradi. Aluminiyning quymabop qotishmasi – bu

qotishmalar ichida eng ko‘p tarqalgan A1-Si tizimidagi qo-

tishmalar bo‘lib, ular siluminlar  deb ataladi.

Siluminlarning ba’zi markalarida ma’lum miqdorda Si, Mg,

Zp, P elementlari bo‘ladi. Aluminiyning quymabop qotish-

malari AL harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan: AL1,

AL2, ALZ, ..., AL18, AL19V AL2 — normal silumin bo‘lib,

A-8 magnoliydir.



29


Mis elementlari va qotishmalarining turlari

DST 859-66 ga ko‘ra, misning quyidagi markalari mavjud:

MOO, MO, M1, M2, MZ, M4.

MOO da 99,99 %, MO da 99,95 %, M1 da 99,90 %, M2 da

99,70 %, MZ da 99,5 %, M4 da 99 % mis bo‘ladi.

Juda toza mis navlarining elektr o‘tkazuvchanligi yuqori

bo‘lganligi uchun ular radiotexnika va elektrotexnikada keng

qo‘llaniladi. Qolgani, asosan, mis qotishmalari tayyorlash

uchun ishlatiladi. Mis qotishmalari ikki guruhga: latunlar va

bronzalar guruhiga bo‘linadi.



Latunlar. Asosan, mis bilan ruxdan iborat qotishmalar

latunlar  deb ataladi. Texnikaviy latunlar tarkibida rux miqdori

45 % ga yetadi. Latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi.

L62, L68, L — latun ekanligini, 62 — misning % miqdorini

ko‘rsatadi. Latun tarkibida ruxdan boshqa legirlovchi elementlar

bo‘lishi mumkin. Masalan: LS74-3, LO70-1, LAN59-3-2,

LMs-58-2. Markadagi birinchi son misning % miqdorini,

qolgan sonlar tegishli elementlarning % miqdorini ko‘rsatadi.

Bu maxsus latun tarkibida elementlar quyidagicha belgilanadi.

A — aluminiy, S — qo‘rg‘oshin, O — qalay, J — temir, N —

nikel, Mn — marganes, K — kremniy. Masalan: LMs58-2 -

Si—58 %, Ms—2%, 2Z—40%. Latun markasi oxirida L harfi

bo‘lsa,  quymabop, L harfi bo‘lmasa, deformatsiyabop latunlar

deyiladi. Masalan: Ak 80-3l.

Tarkibida mis miqdori ko‘p (A96, L90, L85 markali)

latunlar tayyorlanadi. Bunday latunlar tompak deb ataladi.



Bronzalar. Misning qalay, aluminiy, qo‘rg‘oshin, berilliy

va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalari bronza deb

ataladi. Mis bilan qalaydan iborat qotishma qadimdan ma’lum

va bu qalayli bronza deyiladi. Tarkibida qalay bo‘lmagan

qotishmalar ham bor, bular maxsus bronzalar deb ataladi.

Bronzalar BR harfi tarkibidagi elementlarni bildiruvchi harflar

va shu elementlarning o‘rtacha % miqdorini ko‘rsatuvchi

raqamlar bilan markalanadi. Masalan: BrONST11-4-3 da 11 %

qalay, 4 % nikel, 3 % qo‘rg‘oshin, qolgani misdan iborat.

Deformatsiyabop bronzalar: Br, Of 6,5-0, 25-BrOF-4-0,25,

BrOTs-4-3, quymabop bronzalar: BrOg-10, BrOTsSN-3-7-5-1,

BrOTsS12-5, BrOF10-1, aluminiyli bronzalar BrA bilan bel-

gilanadi. Masalan: BrA7, BrAMs9-2, BrAJS7-1,5-1,5 va h.k.

30


Misning yuqorida ko‘rib chiqilgan qotishmalardan (latun va

bronzalardan) tashqari, nikel bilan hosil qilgan qotishmalari

ham bor. Bunday qotishmalar MN harflari, legirlovchi ele-

mentlarni bildiruvchi harflar, nikelning va legirlovchi element-

larning % miqdorini belgilovchi raqamlar bilan markalanadi.

MNMs-3-12, MNJMs-68-2,5-15 monel qotishma, MNMs-15-20



neyzilbor, MN SAR milxior deb ataladi.

Nikel juda aniq va korroziyabardosh buyumlar tayyorlashda

ishlatiladi.

2.5. Kukun metallurgiyasi

Metall va metallmas materiallar kukunlaridan turli xil de-

tallar tayyorlash usuli kukun metallurgiyasi deyiladi. Bu usulda

tayyorlangan detallar geometrik shaklining aniqligi, yuza g‘adir-

budurligining kichikligi, yeyilishga chidamliligi, metallning te-

jalishi, metallni kesib unga ishlov berishda dastgoh va kesgich-

larga zarurat yo‘qligi, malakali ishchilar talab etmasligi, ish

unumdorligining yuqoriligi, maxsus xossali detallar tayyor-

lanishi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra mashinasozlikda tobora

keng qo‘llanilmoqda. Masalan, kukun materiallardan avtomobil

va traktorlarning moy nasosi materiallari, paxta terish mashi-

nalarining shpindellari, sirpanish podshiðniklari, turli xildagi

kesuvchi asboblar, kavsharlanadigan qattiq qotishmali plastin-

kalar va boshqalar tayyorlanadi.



Kukun materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasi

Ma’lumki, detallarni kukun metallurgiyasi usulida tayyor-

lashda  metall va metallmas materiallar kukunlari asosiy

xomashyo hisoblanadi. Ularning strukturasi tayyorlash usuliga

boq‘liq. Kukunlarni tayyolashda mexanik, kimyoviy va fizik-

kimyoviy usullardan foydalaniladi.

Mexanik usulda kukun olishda shar tegirmonlardan foy-

dalaniladi. Bunda qurilmaning asosiy qismi barabancha cho‘yan,

po‘lat va qattiq qotishmadan tayyorlangan sharchalar bilan

kukunga aylantirilgan shaklda yoki mayda material bo‘laklari

solinib berkitiladi. Baraban ma’lum tezlikda aylantiriladi, natijada

material kukunga aylanadi.



31


Kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda metall oksidlaridan

metallni qaytaruvchi gazlar (N

2

, CO) ta’sirida ishlab olingan



tuz eritmalari elektrolizlanib, Fe, Cu, Ni, W va boshqa

metallar kukunlari olinadi. Metall kukunlari, o‘lchamlariga

ko‘ra, o‘ta mayda (0,5 

µm), juda mayda (0,5—10 µm), mayda

(10—40 

µm), o‘rtacha (40—150 µm), yirik (130—500 µm)

xillarga, shakliga qarab — yassi, teng yoqli, tolali turlarga

ajratiladi. Temir kukunlari PJ,2K, PJ,4C va boshqa markalarda

ishlab chiqariladi.

PJ — temir kukun ekanini, raqam kimyoviy tarkibiga ko‘ra

guruhini, harflar, masalan, „K“ — yirik (êðóïíûé), „C“ —

o‘rtacha (ñðåäíèé), „M“ — mayda (ìåëêèé) ekanini

bildiradi.

Kukun materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasi

quyidagicha:

••••• kukun materiallar tayyorlash;

••••• kukunlardan shixta olish;

••••• presslash;

••••• termik ishlash;

••••• qo‘shimcha ishlov berish.

Kukun materiallardan olingan detallar shartli ravishda

quyidagicha markalanadi. Masalan: JGr 1-20 Pf, bu yerda

J — temir kukunni, 1 % grafit, g‘ovakligi 20 % bo‘lib, struk-

turasi perlit va ferritdan iborat yoki J GR N7 D2 - 0,8, bu

yerda asosi temir, 1 % grafit, 7 % nikel, 2 % Si bo‘lib, zichligi

6,8 bo‘ladi. Qattiq qotishmalar bir karbidli: BK4, BK6, VKV

va hokazo, uch karbidli: TT7K14, ikki parhezli: T15K6,

T5K10, TZO K4 kabi markalanadi.



Suyuqlanuvchi model yordamida quyma olish

Bu usulda quyma olish uchun oson suyuqlanuvchi material –

parafin, stearin, mum va boshqalardan quymaning modeli

tayyorlanadi. Buning uchun po‘lat, bronza yoki latundan model

etaloni yasalib, bu etalonni oson suyuqlanuvchan qotishmaga

botirish yo‘li bilan pressqolið tayyorlanadi. Ana shu pressqolið

suyuqlantirilgan parafin, stearin bilan 3—6 atm bosim ostida

to‘ldirilib, juda aniq model hosil qilinadi. Tayyorlangan bir

necha model blok holida yig‘iladi va quyish tizimiga tushiriladi.

Yig‘ilgan modellar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil



32


silikati eritmasi (C

2

H



5

O

4



) bilan kvars kukuni qorishmasiga 2—3

marta botirib olinadi (har gal botirib olinganda blok sirtiga kvars

kukuni sepiladi). Bunda modellar sirtida 2—3 mm qalinlikdagi

o‘tga chidamli silliq qoplam hosil bo‘ladi, modellar bloki havoda

2—3 soat davomida quritiladi va opoka ichiga solib, atrofi qalin

aralashma bilan zich qilib to‘ldiriladi. Opoka mufelli pechda

qizdiriladi. Bunda modellar va quyish tizimi suyuqlanadi va

tashqariga oqib chiqadi, natijada modellar quyish tizimi bo‘shab

qoladi, ya’ni hosil bo‘ladi. Bu usulda hosil qilingan qoliðlar

qiyin suyuqlanuvchan va kesib ishlanishi qiyin bo‘lgan

qotishmalar, quymalar olishda keng  qo‘llaniladi.

Takrorlash uchun savollar

1. Temir — uglerod tizimi qanday tasniflanadi?

2. Temir — uglerod diagrammasidagi asosiy nuqta va chiziqlar

nimani bidiradi?

3. Fe — Fe

3

C tizimining faza va tarkibiy tashkil etuvchilari nima-



lardan iborat?

4. Sovitilganda Fe — Fe

3

C qotishmalarining tuzilmasi qanday



shakllanadi?

5. Temir — uglerod tizimining qotishmalari qanday tasniflanadi?

6. Uglerodli sifatli asbobsozlik po‘latlari qanday tasniflanadi?

7. Rangli metallarga qanday metallar kiradi?

8. Eng ko‘p ishlatiladigan aluminiy qotishmalaridan qaysilarini

bilasiz?


9. Latunlar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?

10. Bronzalar to‘g‘risida qanday ma’lumotga egasiz?

11. Kukun material qanday tayyorlanadi?

12. Kukun materialdan tayyorlangan detallar qanday markalanadi?

?

33


 

           

          

 

 



III B O B

PO‘LATGA TERMIK VA KIMYOVIY ISHLOV BERISH

Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida

quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

••••• metallarga termik ishlov berish;

••••• po‘latlarga termik ishlov berish nazariyasi asoslari;

••••• po‘latlarni me’yorlash, toblash, yumshatish va bo‘shatish;

••••• po‘latlarga kimyoviy-termik, termomexanik va mexano-

termik ishlov berish;

••••• termik ishlov berish jihozlari.

   3.1. Po‘latni yumshatish turlari

Po‘latni faza o‘zgarishlaridan yuqori haroratgacha qizdirib,

so‘ngra sekin sovitish (odatda, pech bilan birga) yumshatish

deyiladi. 11-rasmda yumshatish turlari keltirilgan.

Sekin sovitilganda po‘latlar faza va tuzilishi jihatdan muvo-

zanatga yaqin keladi. Yumshatishdan keyin yuzaga kelgan

tuzilmalar temir-sementit diagrammasida ko‘rsatilgan. Yum-

shatilgandan keyin po‘latning qattiqligi va puxtaligi pasayadi.

Yumshatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: po‘latni qayta

kristallash (donlarini maydalash), ichki zo‘riqishlarini yo‘qo-

tish, qattiqligini pasaytirish va ishlanuvchanligini yaxshilash.

Ko‘p hollarda yumshatish termik ishlov berish bilan birga

olib boriladi. Quymalar, pokovkalar, prokatlarni yumshatish

(masalan, yirik quymalarni yumshatish) oxirgi termik ishlov

berish jarayoni sanaladi.

1- tur va 2- tur yumshatish farqlanadi. 1- tur yumshatish-

da oldingi ishlov berishda paydo bo‘lgan muvozanat holatidan

chetlanish qisman yoki batamom yo‘qoladi. Bu yumshatish faza

o‘zgarishlari bilan bog‘liq emas.

1-tur yumshatish

Diffuzion  yumshatish

Past haroratda  yumshatish

Rekristallash



11-rasm. Yumshatish turlari.

3 – Materialshunoslik



34


Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin