O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə6/7
tarix06.06.2020
ölçüsü195,91 Kb.
#31804
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org


Termoreaktiv plastmassalar issiqlik va bosim ta’sirida shakl

olib, jarayon o‘zgarmas, qaytarilmas bo‘ladi. Ya’ni termoreak-

tiv massalardan olingan buyumlar yumshamaydi va qayta ishla-

nmaydi.

Termoreaktiv plastmassalar fenolformaldegid, karbamid

smolasi, metallar asosida olinadi.

Plastmassa tarkibiga polimerlardan tashqari quyidagi kom-

ponentlar ham kirishi mumkin:

1) organik va mineral to‘ldirgichlar — kukun holida yoki

tolasimon materiallar;

2) plastifikatorlar — massaga yuqori plastiklik beradi va

ishlanishni osonlashtiradi;

3) stabilizatorlar — uzoq vaqtgacha polimerning fizik-

kimyoviy xossalarini saqlovchi materiallar;



18-rasm. Plastmassalarning fizik-kimyoviy xossalari.

Kichik solishtirma og‘ir-

likka  ega

Detalga keyinchalik  ish-

lov berish kerakmas,

kam mehnat talab etiladi

Detal olishda chiqindi

chiqmaydi

Plastmassalarning fizik-kimyoviy

xossalari

Kimyoviy mustahkam

(100 kg/sm

2

 gacha) va



yeyilishga chidamli

Plastmassa kamyob material emas,

zaxirasi ko‘p xomashyolardan tay-

yorlanadi



61


4) rang beruvchilar — kerak bo‘lgan rangni beradi.

Yuqoridagi komponentlarning hammasini plastmassalar

tarkibiga qo‘shish shart emas. Ular texnik maqsadga qarab

qo‘shiladi.

Plastmassaning asosiy xossalari: solishtirma og‘irligi 2—2,3

g/sm


3

, ba’zan 1g/sm

3

; mexanik mustahkamligi 1000 kg/sm



3

gacha; issiqlikka chidamliligi 70—300 °C.

Plastmassalarni ishlash usullari: prokatlash, shtamplash,

presslash, bosim ostida quyish, payvandlash, kesib ishlov

berish va boshqalar.

Kompozitsion termoreaktiv plastmassalar, bular polimer

materiallar bo‘lib, ularning tarkibiga fenolaldegid, fenol-

formaldegid, karbamid, kremniyorganik asosdagi materiallar,

har xil to‘ldiruvchilar kiradi.

Kompozitsion materiallardan texnik maqsadlar uchun,

ya’ni elektroizolatsion, issiqlikka chidamli, namga, kimyoviy

muhitga chidamli, friksion, antifriksion, rentgen nuriga chi-

damli buyumlar tayyorlanadi. Ular kukun, tabletka, granula

shakllarida bo‘lishi mumkin.

4.3. Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish

Sun’iy ravishda tayyorlangan plastmassani ishlash, asosan,

kukun, tabletka, granula holidagi materiallarni yumshoq-oquv-

chan holatga o‘tkazib ishlashdan iborat. Buning uchun bosh-

lang‘ich materialga issiqlik va bosim bilan bir vaqtning o‘zida

ta’sir ko‘rsatiladi. Bunday ishlash usullariga: presslash, bosim

ostida quyish, ekstruziya, kalandrlash va boshqalar kiradi.

Qizdirish – yuqori chastotali tok bilan bajariladi. Plastmassa

yaxshilab tozalanib, moylanadi va unga zarur miqdorda mate-

rial  solib qizdiriladi. Harorat +5 °C aniqlikda bo‘lib, presslash

harorati avtomatlar yordamida rostlab turiladi.

Jarayon aniq haroratda materialning yumshoq-oquvchan

holatga o‘tishi bilan bajariladi. Bosim asta-sekin maksimumga

ko‘tariladi. Presslash vaqtida gaz va bug‘ ajralib chiqadi, shuning

uchun pressni bir necha marta ko‘tarib bosish bilan gazlar

chiqarib yuboriladi, aks holda yoriqlar, bo‘shliqlar hosil bo‘-

lishi mumkin.

Ekstruziya usuli bilan sterjenlar, quvurlar va boshqalar

olinadi.

62


4.4. Bosim bilan presslab quyish

Sun’iy ravishda tayyorlash jarayonida bosim bilan presslab

quyishda dastlabki material yumshoq-oquvchan holatga  alohida

qizdirish kamerasida o‘tkaziladi. Bunda puansonning bajargan

ishi materialni siqish uchun xizmat qiladi.

Bosim bu yerda katta bo‘lib, 1500—2000 kg/sm

2

 gacha yetadi.



Bu usul bilan chuqur yupqa devorli buyumlarni olish mumkin.

Press-qoliðning konstruksiyasi murakkab hamda material ko‘p

isrof bo‘ladi. Shunga qaramasdan, murakkab konstruksiyadagi,

shakldagi buyumlarni olishda ishlatiladi. Buyum olish uchun

gidravlik presslardan foydalaniladi. Tayyor buyumni qoliðdan

chiqarish ham kichik gidravlik presslar yordamida bajariladi.



Ekstruziya  — polimer materialni mushtuk orqali siqib

o‘tkazish jarayoni bo‘lib, mushtukning kesimi olinadigan ma-

terial kesimini tashkil etadi. Ekstruziya usuli bilan olinadigan

mahsulot profillari har xil bo‘ladi.

Tayyor mahsulot transportyor yordamida qabul qilib oli-

nadi.



Termoplastdan plyonka olish

Plyonka olish uchun ekstruzion mashinaning kallagiga

tushgan termoplast halqasimon qirqim orqali siqiladi va mush-

tuk hamda dornlardan o‘tib, truba (quvur) hosil qiladi. Trubaga

bosim ostida havo bilan puflanadi va hosil bo‘lgan ikki qavatli

plyonka sovitgich hududidan o‘tib, qabul qiluvchi roliklar or-

qali barabanga o‘raladi. Shunday usul bilan olingan plyonkaning

kengligi 1400 mm, qalinligi esa 0,050—1 mm bo‘ladi. Bunda

tezlik 150 m/min gacha, plyonkaning diametri va qalinligi

havoning bosimi hisobiga avtomatik tarzda moslanadi.



4.5. Plastmassalarni payvandlash

Sun’iy ravishda tayyorlangan plastmassa detallarni bir-biriga

payvandlash uchun detal qirralari yumshatiladi va bosim ostida

biriktiriladi. Faqat termoplastik plastmassalargina payvandlanadi.

Qizdirish yumshoq holatgacha, qisqa vaqt ichida o‘tkaziladi.

Ko‘p termoplastlarning aniq erish harorati bo‘lmaydi. Qizdi-

rish yumshatish haroratidan yuqori va ajralish haroratidan past

darajada bajariladi. Yuqoriroq haroratga qizdirilsa, payvandlash

joylarida plastmassa ajralishi, bo‘linishi va chok erib ketishi

mumkin.


63


Payvandlash qizdirilgan asbob yordamida, yuqori chas-

totali tokda, ultratovush, gaz yordamida va boshqa usullar bilan

bajariladi.

Eng ko‘p tarqalgan usul qizdirilgan gaz oqimida payvand-

lashdir. Yumshagan chok materiali qo‘l bilan yopishtiriladi.

Plastmassalarni yelimlab biriktirish ham mumkin.



4.6. Plastmassalarga mexanik ishlov berish

Sun’iy ravishda tayyorlangan kesish asboblari bilan plast-

massani ishlashda uning kichik issiqlik o‘tkazuvchanligini, issiq-

likka chidamsizligini hisobga olish kerak. Kesish vaqtida plast-

massa tarkibidagi to‘ldiruvchilar tez yeyiladi. Shunga binoan,

plastmassani ishlash talabga javob bera oladigan qattiq qotish-

malar va tezkesar po‘latlardan tayyorlangan asboblar yorda-

mida bajariladi.

Ishlash vaqtida plastmassa yumshashi mumkin, bunday

hollarda shakl buziladi. Shuning uchun uni sovuq havo bosimi

bilan sovitib turiladi. Frezalash, randalash, pardozlash, teshik

va rezba ochish jarayonlari bajariladi. Bunday jarayonlarni

bajarish metall kesish dastgohlari yordamida amalga oshiriladi.

Soda (10—12 %), ohak (5—8 %) va qum (82—85 %) larni

pechga yuklab, 1350°C atrofida eritiladi. Shishalarni quyib,

bosim ostida ishlab, zarur shaklli, maqsadli detallar tayyor-

lanadi. Ular xalq xo‘jaligida keng ishlatiladigan material bo‘lib,

yaxshi xossalarga ega. Ayniqsa, har xil haroratdagi ish sharoitida

yuqori plastiklikka ega.

Rezinaning asosi kauchuk bo‘lib, unga har xil to‘ldiruvchi-

lar (plastifikatorlar, vulkanizatorlar, rang beruvchilar, oltingu-

gurt va h. k) komponentlar kiritiladi. Kauchukning sintetik va

tabiiy xillari bo‘ladi. Mustahkamlikni oshirish uchun buyumga

har xil to‘qima materiallari qo‘shiladi. Qo‘shimchalar to‘qima

mashinalar yordamida aralashtiriladi. Rezina buyumlar bosim

ostida shakl berish bilan birga olinadi.

Rezinani  vulkanizatsiya qilish jarayoni deb, buyumni

120—150°C gacha qizdirib, bosim bilan biriktirishga aytiladi.

Xom rezinani vulkanizatsiya qilish qizdirilgan bug‘ yoki qiz-

dirilgan havo bilan bajariladi. Kauchukni vulkanizatsiya qilishni

sovuq holda ham bajarish mumkin, lekin sifati past bo‘ladi.

Rezinadan tasmalar, shinalar, har xil buyumlar tayyorlanadi.

Rezinada 25—30 % C bo‘lib, gaz holidagi qotishma sovitiladi

va unga shakl berib, ebonit hosil qilinadi.



64


4.7. Rezina materiallar

Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavur

etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiðed shinalari,

o‘tkazgichlarning izolatsiyalari va shunga o‘xshagan xalq xo‘jaligi

mashina mexanizmlarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina

materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifika-

torlar, vulkanizatsiya reagentlari, tezlashtiruvchilar va bosh-

qalarni qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda

ko‘p xususiyatlarga ega materialdir. Bulardan eng muhimi uning

elastiklanuvchanligidir, ya’ni 100 % qotish xususiyati mavjud.

Rezinadagi aralashmaning 10—98 % ini kauchuk tashkil qiladi.

Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib,

daraxt „yig‘isi“ degan iborani anglatadi, ya’ni daraxtni kesganda

undan suyuqlik ajralib chiqadi, demakdir.

Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchuk tashuvchi

(hosil qiluvchi) o‘simliklardan (daraxtlardan) olinadi. U etilda,

benzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi.

Kauchuk 90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past

haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi.

Texnikaning intensiv taraqqiyoti tufayli faqat tabiiy kau-

chukdangina emas, balki sintetik kauchuklar (SK)dan ham

foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Etil spirti, asetilen, butan, eti-

len, benzol, ba’zi uglevodorodlar sintetik kauchuk hosil

qilishning asosiy materiali hisoblanadi.

Rezinalar vazifasiga yoki ishlatilishiga qarab umumiy va

maxsus turlarga bo‘linadi.

Umumiy turdagi rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning

kuchsiz eritmalarida, havo (50—18 °C) muhitida ishlatilishi

mumkin. Bunday rezinalardan mashina shinalari, transport

tasmalari, kabellarning izolatsiyalari va turli buyumlar tayyor-

lanadi. Masalan: TK, natriy butadionli sintetik kauchuk (SKB),

butadion stirolli (SKS-30,SKS-Za), butadion-metilstirolli (SK

MS-30) kauchuklar. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan

rezinalar, o‘z navbatida, moyga, benzinga, issiq va sovuqqa,

elektroizolatsiya gazlariga va suyuqliklarga chidamli bo‘lgan

turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turi bo‘lib,

unga armaturali rezinalar kiradi.

Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar quyidagi turlarga

bo‘linadi: Y7 — benzinga chidamli; natriyli (polixloroprenli

kauchuk), butadion-nitrilli (SKN-18, SKN-26, SKN-40),



65


butadionli (SKBM), butadion stirolli (SKS-10 SKSM-10)—

sovuqqa chidamli shinalar, transportyorlar, issiqbardosh rezi-

nalar.

Baland va past haroratda, agressiv muhitda va amaliy

ishlarda kauchukning o‘zi toza holda ishlatilmaydi. Yuqori fizik-

mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun rezinaga ingrediyentlar

deb ataluvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bular quyidagilardir:

1. Vulkanizatsiyalangan (qattiqlashtirilgan) rezinani shishi-

radigan eng asosiy modda bu oltingugurt. Bunda ma’lum

haroratda oltingugurt atomlari kauchukning molekulalari bilan

reaksiyaga kirishib, kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi.

Hozir 93 % rezina oltingugurt bilan qattiqlashtiriladi. Agarda

oltingugurt miqdori 1 —35 % bo‘lsa — yumshoq, 25—20 %

bo‘lsa — yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa — qattiq rezina hosil

bo‘ladi.

2. Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular or-

ganik va noorganik bo‘ladi. Organik moddalar  metall

oksidlaridir; noorganigi — oletaks, koptaks, sogtaks.

3. To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari

— kaolin, kukun qo‘shimchalar, aktivmasi — bor, talk.

4. Plastifikatorlar — plastiklikni oshiradi.

5. Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezina-

ning tez ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday

materiallar turiga neoden D (fenilbetanaftilimin) va aldol

(aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar kiradi.

6. Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini

yaxshilash bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri

qurumdir,  shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi.

Oq va boshqa rangli rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar

qo‘shiladi.



Takrorlash uchun savollar

1. Metallmas konstruksion materiallar qanday tasniflanadi?

2. Plastmassalarga qanday ishlov beriladi?

3. Presslash orqali quyish jarayonini tushuntiring.

4. Plastmassalarni qanday payvandlash usullari bor?

5. Plastmassalarga qanday mexanik ishlov beriladi?

6. Rezina qanday hosil qilinadi?

7. Rezina materiallarning qanday turlarini bilasiz?



?

5 – Materialshunoslik



66


 

           

          

 

 



V   B O B

METALLARNI SINASH USULLARI

Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish orqali quyidagi

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

••••• metallarni sinash usullari;

••••• metallarning qattiqligini Brinell usulida aniqlash;

••••• metallarning qattiqligini Shor usulida o‘lchash;

••••• metallarning qattiqligini Vikkers usulida o‘lchash;

••••• metallarni cho‘zilishga tekshirish.



5.1. Metallarni sinash

Odatda, metallarning mexanik xossalari deganda, uning

quyidagi ko‘rsatkichlari tushuniladi:

••••• mustahkamligi — metallning deformatsiyaga va yemirilishga

qarshilik ko‘rsatishi;

•••••  plastikligi — metallning qoldiq deformatsiyada yemiril-

masdan turish xususiyati.

Metallarda plastiklikning kamligi yoki yo‘qligi mo‘rtlik

deyiladi.

Mexanik xossalar konstruktor va texnologlarga yuklama-

larning chegarasini belgilash va mashinalarni ishlatish sharoitini

aniqlash imkonini beradi.

Mexanik xossalar tavsiflarining son qiymatlari, ya’ni zo‘ri-

qishlar yoki deformatsiyalar qiymatlari mexanik sinovlar nati-

jasida olinadi. Mexanik sinovlardan metallarning tayyorlanish va

ishlov berish sifatini nazorat qilishda keng ko‘lamda foyda-

laniladi.

Qo‘yilgan kuchlar ta’sirida detal o‘lchamlari va shaklining

o‘zgarishi  deformatsiya deyiladi. Deformatsiya jismga qo‘yilgan

tashqi kuchlar ta’sirida yoki jismning o‘zida sodir bo‘ladigan

fizik-kimyoviy jarayonlarda vujudga keladigan ichki kuchlar

ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Bunda vujudga keladigan

zo‘riqishlar o‘q yo‘nalishida cho‘zilishning oddiy holida quyi-

dagiga teng bo‘ladi:

σ = P / ,

bunda: P – kuch (N); F – jismning ko‘ndalang kesim yuzi (m

2

).


67


Jismda normal va urunma zo‘riqishlar vujudga keladi. Mu-

vaqqat (tashqi) zo‘riqish bilan ichki zo‘riqishlarni bir-biridan

farqlash lozim.

Muvaqqat zo‘riqishlar tashqi yuklama ta’sirida vujudga keladi

va muvozanatlashadi.

Ichki zo‘riqishlar tashqi kuchlar ta’sirisiz, berilgan jism

doirasida vujudga keladi va muvozanatlashadi.

Ichki zo‘riqishlarning hosil bo‘lishi deformatsiyalarning jism

hajmi bo‘yicha notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ichki

zo‘riqishlar haroratning metall hajmi bo‘yicha notekis taqsim-

lanishi natijasida vujudga keladi. Masalan, metall tez isitilganda va

sovitilganda metallning tashqi va ichki qatlamlari notekis

kengayadi (siqiladi). Bunday zo‘riqish issiqlikdan zo‘riqish

deyiladi. Bundan tashqari, ichki zo‘riqishlar termik ishlov

berishdagi faza o‘zgarishlari natijasida ham vujudga kelishi

mumkin. Bunday zo‘riqish faza (tuzilish) zo‘riqish deyiladi.

Ichki zo‘riqishlar quyidagicha tasniflanadi:

Jismning butun hajmida muvozanatlashadigan I tur zo‘-

riqish, u makrozo‘riqish  deyiladi.

Bitta donining (kristallitning) yoki bir necha blokning

hajmida muvozanatlashadigan II tur zo‘riqish, u mikro-

zo‘riqish deyiladi.

Kristall katakcha o‘lchamlariga yaqin hajmlarda muvo-

zanatlashadigan III tur zo‘riqish, u submikroskopik zo‘riqish

deyiladi.

Ichki zo‘riqishlar metallarning xossalariga va ularda sodir

bo‘ladigan o‘zgarishlarga katta ta’sir etadi.

Deformatsiya elastik va plastik bo‘lishi mumkin.

Tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin to‘liq yo‘qoladi-

gan deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Elastik

deformatsiya metallning tuzilishi va xossalarida katta o‘zgarishlar

keltirib chiqarmaydi.

Elastik cho‘zilish qiymati juda kichik bo‘ladi va Guk

qonuniga binoan yuklamaga chiziqli bog‘lanishda bo‘ladi:

σ = E(∆l/l),

bunda: 

l/l — kristallning nisbiy elastik deformatsiyalanishi;



E — elastiklik moduli, u metallning bikirligini, ya’ni elastik

deformatsiyalarga qarshilik ko‘rsatishini tavsiflaydi, N/m

2

.



68

Elastiklik moduli atomlararo bog‘lanish kuchlariga bog‘liq

bo‘ladi, metallning tuzilishiga esa bog‘liq bo‘lmaydi.

Agar tashqi yuklama olingandan keyin jism dastlabki shak-

lini tiklamasa, qoldiq yoki plastik deformatsiya vujudga keladi.

Plastik deformatsiya ko‘chishlar (dislokatsiya) vujudga

kelishi va siljishi bilan bog‘liq, u sirpanish va moslashish bilan

amalga oshishi mumkin. Agar deformatsiya vaqtida zo‘riqish

chekli qiymatiga yetsa, metall yemiriladi. Yemirilish ikki xil

bo‘ladi: mo‘rt va qovushoq yemirilish.

Mo‘rt yemirilishda atomlararo bog‘lanishlar buziladi va

plastik deformatsiya bo‘lmaydi. Odatda, mo‘rt yemirilish

donlarning chekkalarida sodir bo‘ladi va sinish kristall xusu-

siyatli bo‘ladi. Lekin sof mo‘rt yemirilish amalda uchramaydi.



Qovushoq yemirilish oldidan anchagina plastik deformatsiya

sodir bo‘ladi. Sinish tolali bo‘ladi, chunki yemirilish donning

butun sirti bo‘yicha sodir bo‘ladi. Metallning yemirilishi, ko‘-

pincha, murakkab xususiyatga ega bo‘ladi.



5.2. Qattiqlikni aniqlash

Qattiqlik deganda, metallarning plastik deformatsiyaga

qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi.

Qattiqlikni o‘lchash uslublarining keng tarqalganligi quyi-

dagi sabablar bilan tushuntiriladi: buyumlar sifatiga tez baho

berish mumkin, buyumlar yemirilmaydi va sirti buzilmaydi.

Qattiqlikni aniqlashning bosib kiritish, urgich bilan urib

ko‘rish, tirnash usullari qo‘llaniladi.

Qattiqlikni Brinell usuli bilan o‘lchash

Qattiqlikni Brinell usuli bo‘yicha aniqlashda metallning yas-

si yuzasiga o‘zgarmas yuklama bilan diametri 2,5; 5 va 10 mm

bo‘lgan qattiq po‘lat zoldir botiriladi (19- rasm).

Sharcha orqali namunaga beriladigan yuklamaning sirtda

sharcha qoldirgan sferik iz yuzasiga nisbati Brinell usuli bo‘yicha



qattiqlik soni deyiladi. Brinell usuli bilan qattiqlik (HB)ni

ushbu formuladan aniqlash mumkin:

      

2

2



2

,

(



)

P

HB

D D

D

d

=

π



bunda: P — yuklama (N), D — sharcha diametri (mm); d — iz



diametri (mm).

69


20- rasmda qattiqlikni Brinell

usuli bilan aniqlash sxemasi

ko‘rsatilgan.

Qattiqlikni amalda aniqlash

uchun chuqurchaning diametri

o‘lchanadi va shu asosda max-

sus jadvallardan qattiqlik soni

topiladi.

Brinell usulini qattiqligi

4500 HB dan katta bo‘lgan me-

tallar uchun qo‘llash tavsiya

etilmaydi, chunki po‘lat shar-

cha deformatsiyalanishi mum-

kin  va  natija  noto‘g‘ri  bo‘ladi.

Brinell bo‘yicha qattiqlik

soni HB va cho‘zilishdagi pux-

talik chegarasi 

σ

v



 orasida em-

pirik yo‘l bilan topilgan quyi-

dagi nisbatlar mavjud:

a

P



M

,

)



0

5

7



1

0



5

2

1



B

H

(



t

a

l



o

P



σ

v

3



4

3

,



0

B

H



=

a

P



M

,

)



0

5

7



1

>

B



H

(

t



a

l



o

P

σ



v

2

6



3

,

0



B

H

=



i

s

a



m

y

u



q

y

i



n

i

m



u

l

A



σ

v

6



2

,

0



B

H

=



z

e

j



a

v

a



z

n

o



r

b

n



a

g

l



i

t

a



h

s

m



u

Y

σ



v

5

5



,

0

B



H

=

n



a

y



o

h

c



g

n

a



r

l

u



K

σ

v



6

/

)



0

4

-



B

H

(



=

i

r



a

l

a



m

h

s



i

t

o



q

x

u



R

σ

v



9

0

,



0

B

H



=

19-rasm. Qattiqlikni Brinell

usuli bo‘yicha aniqlash

moslamasi.

Sinala-

yotgan

detal



20-rasm. Qattiqlikni Brinell usuli bilan aniqlash sxemasi.

D

d

0

1



2

3

4



5

70


Qattiqlik Brinell usuli bilan gidravlik va mexanik yuritmali

presslarda aniqlanadi.




Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin