Metallardagi polimorf o‟zgarish izotermik (harorat o‟zgarmasdan sodir bo‟ladigan)
jarayon bo‟lib, u issiqlik chiqarish yoki yutish xususiyatiga ega. Boshqacha qilib aytganda,
polimorf o‟zgarishda qayta kristallanish sodir bo‟ladi.
Birgina elementning bir necha turdagi kristall panjara ko‟rinishlari polimorf qatorni
tashkil qiladi. Bu qator
,
,
,
…bilan belgilanadi. Metallardan Fe, Sp, Co, Ti va boshqalar
polimorfizm xossasiga egadir.
Temir 1539
0
C da kristallana boshlaydi, natijada hosil bo‟lgan kristall panjara turi
markazlashgan kub katakcha (K8) shaklida bo‟ladi. Demak, 1392
0
C dan 1539
0
C gacha K8
shaklida (
-modifikatsiya) bo‟ladi. Sovish harorati 1392
0
C ga yetganda kristall katakchaning
shakli o‟zgaradi (K8→K12), yani polimorf o‟zgarish ro‟y beradi. Harorat 911
0
C gacha
pasayganda ya‟na polimorf o‟zgarish ro‟y beradi (K12→K8). Yoqlari markazlashgan (K12)
kub katakcha ya‟na hajmi markazlashgan (K8) kub katakchaga o‟tadi.
Yoqlari markazlashgan kub katakcha temirning
-modifikatsiyasi deyiladi, 911
0
C dan
kichik haroratda hosil bo‟lgan markazlashgan kub katakcha
-modifikatsiya deyiladi. Demak,
qizdirilganda ham xuddi shu jarayon qaytariladi (
→
→δ),
-hamda
-modifikatsiyalarning
kub katakchalari shakli bir xil bo‟lganligi uchun
-modifikatsiyani yuqori haroratli
-
modifikatsiya deb ham ataladi.
Metallardagi polimorf o‟zgarishlar faqat o‟zgarmas harorat oralig‟igagina bog‟liq
bo‟lmasdan, balki y‟uqori bosim ta‟sirida allotropik shakl o‟garishi sodir bo‟lishi mumkin.
Masalan, bosim ostidagi polimorf o‟zgarishlarni texnikada qo‟llanishiga misol qilib sun‟iy
olmos olish jarayonini ko‟rsatish mumkin. Uglerod yuqori harorat ta‟sirida olmos
modifikatsiyasiga o‟tadi. Sun‟iy olmos texnikaning turli sohalarida keng qo‟llaniladi.
Dostları ilə paylaş: