О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Kristall jismlarning xossalari 
Konstruksion materiallarning xossalari xilma-xil bo‟lib, ularni fizikaviy, kimyoviy, 
mexanikaviy va texnologik xossalarga ajratilish qabul qilingan.
a) Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, zichligi, issiqlik o‟tkazuvchanligi, 
suyuqlanish harorati, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig‟imi, elektr o‟tkazuvchanligi, 
magnit xossalari kiradi. 
Rangi deb, metallning unga tushgan yorug‟lik nurlarini qaytara olish xususiyatiga 
aytiladi. Masalan, mis qizg‟ish ranglarni, alyuminniy kumushsimon oq ranglarni qaytaradi.
Zichligi hajm birligida to‟plangan massa bilan xarakterlanadi.
Suyuqlanish - qattiq holatdan suyuq holatga o‟tish jarayonidar. Temirning suyuqlanish 
harorati 1539 
0
C, qalayniki 232 
0
C, misniki 1083 
0
C.
Issiqlik o’tkazuvchanligi, bu metallarning issiqlikni yutib, sovitilganda uni qaytarish 
xususiyatidir. 
Issiqdan kengayuvchanligi, bu qizdirganda metallarning kengayib, sovitilganda qisqarish 
xosasidir.
Metallning issiqlik sig’imi deb, qizdirilganda ma‟lum miqdordagi issiqlikni yutish 
xususiyatiga aytiladi.
Metallning o‟zidan elektr toki o‟tkazish xususiyatiga elektr o’tkazuvchanligi deyiladi.
b) Metallarning kimyoviy xossalari. Metall va qotishmalarning kimyoviy xossalari, bu 
ularning oksidlanishga, tashqi muhit, havo, namlik, kislota va boshqalarning ta‟siridan 


yemirilishiga qarshi to‟ra olishi xossalaridir. Aytib o‟tilgan omillar ta‟siridan kimyoviy 
yemirilishga metallarning korroziyasi deyiladi.
Korroziya 2 turga bo‟linadi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya elektr toki o‟tmaydigan muhitga, masalan, quruq gaz, benzinda ro‟y 
beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish pechlari ichki armaturasining 
oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.

Elektrokimyoviy korroziya tok o‟tkazuvchi muhitning (namlik, nam havo, kislotalar
ishqorlar, . . .) metallga ta‟siri oqibatida yuz beradi. Metall va qotishmaning tarkibi bir xil 
emasligi tufayli bunday korroziya hosil bo‟ladi. Metall va qotishmalardan foydalanish vaqtida 
ularning qo‟llanilish sohasi va ishlash muhitiga bog‟liq ravishda ularning kimyoviy tarkibini 
et‟iborga olish zarur, shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko‟rish (laklar, 
buyoqlar, oksid pardalar bilan qoplash) lozim bo‟ladi.
v) Mexanikaviy xossalari. Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari ta‟siriga qarshilik 
ko‟rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi. Metallning asosiy mexanikaviy 
xossalariga uning mustahkamligi, plastikligi, elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi. 
Amalda materiallarning bu mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik - metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq deformatsiya 
paydo bo‟lishiga qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik – metallning o‟zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi deformatsiyalanishga
qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Elastiklik - metallning kuch ta‟siri to‟xtatilgach, o‟zining dastlabki shaklini tiklash 
xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar) ta‟siridan 
yemirilishga qarshilik ko‟rsatish xossasidir.
g) Texnologik xossalari. Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda turli 
texnologik ishlovlar (quyish, bolg‟alash, payvandlash, kesib ishlash) ga moyilligi, ularning
texnologik xossalari deyiladi.
Payvandlanuvchanlik deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq holatgacha 
qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga aytiladi.
Bolg’alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg‟alanib va prokatlanib 
ishlanuvchanlik xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki bosim ta‟sirida 
kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi xossalari 
ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin